Ratsional bilish.Ratsional, abstrakt-mantiqiy tafakkur hodisalar olamining qonuniyatli aloqalarini bilishga imkon beradi, bu esa insonga tashqi dunyoni bemalol tushunib olish va tevarak-atrofdagi voqelik hodisalari va jarayonlaridan oz manfaatlari yolida foydalanish uchun zarurdir. Ratsional bilishning asosiy shakli tushunchadir. Tushuncha bu tajriba malumotlarini umumlashtirish natijasidir, dunyoni organish yakunidir. Tushunchalarning paydo bolish jarayoni organilayotgan predmetning bir qator ikkinchi darajali alomatlari va xossalarini etiborga, hisobga olmaslik, ulardan chalgishdir, abstraktlashishdir. Tushunchaga tarif berish torroq tushunchani kengroq tushuncha ostiga qoyishdir. Masalan: olma meva, fil hayvon, Erkin odam, terak daraxt va hakozo. Tushunchalarning paydo bolishi bu biluvchi inson ongi faoliyatining oliy maxsulidir. Bilish jarayonida tushunchalarni ifodalabgina qolmasdan, balki ularni qollay bilish ham kerak. Tushunchalarni qoshib biz hukmshakllantiramiz, hukmlarni bir-biri bilan qoshib ulardan aqliy xulosa chiqaramiz. Hukmtafakkurning shunday shakliki, unda inson narsani uning aloqalari va munosabatlarida ifodalaydi. Gnoseologik nuqtai nazardan, hukm bu biron bir narsani tasdiqlash yoki inkor etish yoli bilan voqelikni aks ettirish shaklidir. Shu boisdan hukm tasdiqlovchi («hozir yomgir yogmoqda» kabi) yoki inkor etuvchi («bugun yomgir yogmaydi» kabi) hukmlarga bolinadi. Agar biz ikki yoki bundan koproq hukmni bir-biri bilan tenglashtirib, taqqoslab, solishtirib korsak, u holda biz yangi hukmga ega bolishimiz, yani aqliy xulosachiqarishimiz mumkin. Aqliy xulosaning, mantiqiy natijaning chinakam togri bolishi uchun ikki shart zarur. Birinchisi: mantiq ilmida asoslar deb atalgan dastlabki hukmlar haqiqiy bolmogi, yani voqelikka mos kelmogi lozim. Ikkinchisi: boshlangich asoslardan aqliy xulosa chiqarish jarayonining ozi mantiq ilmining qonunlariga muvofiq togri bolmogi lozim. Dunyoni bilish bu nafaqat nazariy, balki hayotiy, amaliy jarayondir. Falsafiy nuqtai nazardan qaraganda, insoniyatning amaliyoti bu insoniyatning tabiatni ongli ravishda va maqsadga muvofiq tarzda ozgartirishga qaratilgan faoliyatidir, bu insoniyatning ijtimoiytarixiy sharoitlar bilan birga qaralgan mehnat jarayonidir. Amaliyot hamisha ijtimoiy harakterda boladi, kishilar ortasidagi aloqa va munosabatlarsiz amaliyot bolishi mumkin emas. Amaliyot tarixiydir, u qurshab turgan tabiatni ham, insonning ozini ham, kishilarning turmush sharoitini ham ozgartirishdan iborat. Gnoseologik kategoriya sifatida amaliyot subekt bilan obekt ortasidagi shunday munosabatni ifodalaydiki, bunda subekt obektni biron-bir jihatdan ozgartirish maqsadida unga ongli ravishda tasir korsatadi. Amaliy faoliyat jarayonida, obektning ozgarishi tasiri ostida subekt ham ozgaradi, uning amaliy qobiliyati va malakasi chuqurlashadi, fikrlash doirasi kengayadi, ongi va xotirasi boyiydi, dunyoqarashi ozgaradi. Amaliy bilishning oliy darajasi yani bilishning mezonidir. Bilish jarayoni ijtimoiy-tarixiy amaliyot natijasida va vositasida sodir boladi. Kishilarning amaliy faoliyati ozi ozgartirishga qaratilgan obektga va ozi erishmoqchi bolgan maqsadga bogliq holda turli shakllarda namoyon boladi. Eng keng, falsafiy manoda, amaliy faoliyatdagi kishilarning obektga nisbatan konkret-tarixiy birligi bolgan jamiyat amaliyot subektibolib chiqadi. Bunda obektiv reallikning odamlar tasir otkazadigan tomoni esa amaliyot obektiboladi. Moddiy ishlab chiqarish va jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning ozgarishi amaliyotning eng muhim shakllaridir. Amaliyot nazariy bilimdan yuqori turadi. U nafaqat umumiylik, balki bevosita voqelik hislatiga ega. Amaliyotda asosiy qarama-qarshiliklar ideal qarama-qarshilik (subektiv reallik sifatida) va moddiy qarama-qarshilik (obektiv reallik sifatida) birga qoshilishadi. Amaliyot bu voqelikni insoniyat oldida turgan maqsadlarga muvofiq tarzda uzluksiz ozgartirish jarayonidir. Agar jamiyatda biron-bir amaliy ehtiyoj paydo bolsa, bu bilish jarayoniga onlab universitetlarga qaraganda koproq asos boladi, chunki amaliyot ehtiyojlari ilmiy bilishning ozini olga siljitadi. Amaliyot bilish jarayoniga boshidan oxirigacha «amaliyot nazariya, yana amaliyot yana nazariya» tarzidagi formula boyicha kirib borib uni boyitadi. Amaliyotdan ajralgan bilish bolishi mumkin emas. Faqat amaliyotgina u yoki bu nazariyaning togri yoki notogriligini korsatib beradi. Amaliyot ozgarmas emas, fan yutuqlari tufayli u doimo takomillashib, boyib va rivojlanib boradi. Bilish va amaliyot bir-biridan ajralmasdir. Amaliyot bilish haqiqatligining asosiy nuqtasi, harakatlantiruvchi kuchi, maqsadi va mezonidir.