Sezgilar,bu shunday kanallarki, ularning vositasida odam qurshab turgan olam bilan boglangan, olam haqida bevosita axborot olib turadi. Sezgilar abstrakt tafakkur amalga oshishining asosi bolgan ozuqadir. Sezgixissiy bilishning eng oddiy shakli, obektivlik bilan subektivlikning qorishmasidir, u manbai jihatidan obektiv va u yoki bu sezgi azolarining tuzilishiga boglik holda shakli jihatidan subektivdir. Garchi sezgi bilish uchun yagona kanal bolsada, birgina sezishning ozi tashqi dunyoni butun yaxlitligi, chuqurligi va konkretligi bilan anglab olish uchun yetarli emas. Sezgi subektga organilayotgan obektning ayrim tomonlari yoki xossalarini bilishga yordam beradi, ammo ozining tabiiy cheklanganligi sababli obektni yaxlit holida bilishga imkon bermaydi. Shuning uchun bilish sezishdan idrok qilish tomon boradi. Idrokbu bir sezgi emas, u turli xil sezishlarning jamul-jami, kombinatsiyasidir. Biz idrok qilish orqali predmetning ayrim tomonlarini emas, balki uni yaxlit holda aks ettiramiz. Masalan, sharsimon, yashil-qizil, yaltiroq, xushbuy, chuchuk-nordon narsalarni xis qilishlar birgalikda ongimizda olma obrazida assotsiatsiyalashadi. Xissiy bilishning idrokdan keyingi bosqichi tasavvurdir. U sezishdan ham, idrok qilishdan ham sifat jihatdan farq qiladi. Tasavvur bu xissiy idrok bilan tushuncha ortasidagi oraliq bosqichdir. Sezish va idrok qilishdan farqli olaroq, tasavvur endi subekt bilan obektning bevosita ozaro tasiri bolib chiqmaydi. Ilgari biron-bir hodisa yoki predmetni idrok etgan, korgan odam ularning obrazlarini hatto ular bizning sezgilarimizga tasir etmagan taqdirda ham xotirlab, koz oldiga keltirishi mumkin. Bundan tashqari, biz tasvirlashlariga asoslanib, masalan, ilgari ozimiz hech qachon kormagan tropik changalzorlarni tasavvur qila olamiz. Birok sezgi va idrokdan farqli olaroq, tasavvur ilgari idrok etilgan predmetni gavdalantirar ekan, uning konkret-xissiy detallarining hammasini emas, balki faqat eng muhim, harakterli qismlari, tomonlari va belgilarini ifodalaydi. Idrok borliqdagi predmet va hodisalarni yaxlit holda, bir butun korinishda, ularning hamma asosiy tashqi belgi va xususiyatlarini umumlashtirgan holda inikos ettiruvchi hissiy bilishning nisbatan yuqoriroq shaklidir. Idrok predmet va hodisalarning bir butun yaxlit hissiy obrazdir.U his qilish va sezgilar shakllaridagi obrazlami jamlab ifodalovchi xususiyatga ega. Biroq, insonning hissiy bilishi idroklar shakllarida yuzaga kelgan hissiy malumotlar inson miyasida qayta ishlanib, hissiy bilishning yangi, yuksak shaklini hosil qiladi. Bu tasavvurdir.