Bilish va oz-ozini anglash. Inson voqelikni aks ettirish bilan bir qatorda ozi haqida fikr yuritish, ruhida kechayotgan jarayonlarni tahlil qilish, xatti-harakatlarini boshqarishdek qobiliyatga ham ega. Ozini ozgalardan ajrata bilish, oziga munosabat, imkoniyatlarini baholash oz-ozini anglash sifatida namoyon boladi. Oz-ozini anglashda ozini bilish, baholash va tartibga solishdek unsurlarni ajratish mumkin. Bu unsurlar oz-ozini anglashning sohibiga subektiga kora farqlanuvchi muayyan shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatga xosdir. Shaxsning oz-ozini anglashi haqida gap ketar ekan, u ozini alohida organizm, oila, ijtimoiy guruh, millat, madaniyatga mansubligini va yuqoridagi xususiyatlaridan qati nazar alohida va betakror «Men» sifatida anglashdek bosqichlarni bosib otishini takidlash zarur. Insonning kamol topish jarayoni, oz-ozini anglashning rivojlanishi oziga xos xarakter kasb etadi. Masalan, dastlabki davrda bolada avvalo, boshqalar tomonidan berilgan tasavvur va baholar ustunlik qiladi. Bolaning tafakkuri osishi bilan, u olamni mustaqil anglay boshlaydi va ozining imkoniyatlarini ozi baholashga organib boradi. Aynan mana shu davrda togri yolga qoyilgan tarbiya muhim ahamiyatga ega boladi. Chunki, aynan mana shu tarbiya tasirida bolada oz imkoniyatlarini togri baholash ham yoki unga ortiqcha baho berib yuborish holati ham shakllanib qolishi mumkin. Shaxsning oz-ozini anglash jarayonida u mansub bolgan madaniyat, turli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy omillar ham kuchli darajada tasir korsatadi. Ana shunday xilma-xil tasirlar mavjudligi shaxsning oz-ozini anglashi, baholashi va faoliyatini tartibga solishi, nazorat qilishini taminlaydi. Aks holda ozgina iqtisodiy qiyinchilik, kichkinagina ijtimoiy muammo shaxs hayotini izdan chiqarib yuborishi, turli xil tasirlar domiga tortishi mumkin. Buni tushunib olish bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash tobora keskinlashib va intensivlashib borayotgan bir sharoitda ayniqsa muhimdir.