4-mavzu. Bilish falsafasi(gnesologiya)


Ilmiy metodlar va metodologiya



Yüklə 99,96 Kb.
səhifə12/17
tarix19.05.2023
ölçüsü99,96 Kb.
#117662
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
4-MAVZU. BILISH-WPS Office

Ilmiy metodlar va metodologiya. Ma’lumki, har bir fan sohasida ilmiy izlanishlar olib boruvchi tadqiqotchi obektni o’rganishga kirishar ekan, o’rganayotgan predmet yoki hodisa haqidagi bilimlarga birdaniga ega bo’lmaydi. Buning uchun u predmet yoki hodisa ustida ma’lum davr ichida tinmay turli xil izlanish va tadqiqotlar olib borib, o’z tadqiqot jarayonida turli xil yo’llar, usullar va vositalardan foydalanadi, ruhiy va aqliy jarayonlarni kechiradi.Shundan keyingina o’zi tadqiqot olib borayotgan predmet yoki hodisa yuzasidan ma’lum yangi bilimlami hosil qilishi mumkin.
Tadqiqotchining o’z tadqiqoti jarayonida yangi bilimlarga erishish uchun qo’llaydigan turli xil usullari, yo’llari va vositalari ilmiy bilishning metodlari deyiladi.
Ilmiy bilishning metodlari tadqiqotchining tadqiqot obektini bilishi uchun qo’llagan amaliy va nazariy faoliyat usullaridir. Bu metodlarning ilmiy bilishdagi vazifasi:tadqiqotchiga o’rgariayotgan predmet yoki hodisa haqida, uning tabiati va mohiyatini, ularni ifodalaydigan qonun va qonuniyatlami ochishda yordam berishdan, shu asosda tadqiqotning muvaffaqiyatli bo’lishini ta’minlashdan iboratdir.
Ilmiy tadqiqot ishlarida tadqiqotning xarakteri va uning natijasida hosil bo’lgan yangi bilimlar tadqiqotchining o’z faoliyatida qanday metodlarni tanlaganiga, ulardan qanday foydalanganiga bog’liq. Tadqiqotchi tomonidan to’g’ri tanlangan metodlar tadqiqotning muvaffaqiyatli yakunlanishiga olib keladi. Aksincha, noto’g’ri tanlangan yoki noto’g’ri qo’llangan metodlar tadqiqotchini o’z izlanishlarida boshi berk ko’chaga kiritib qoyib,tadqiqotining muvaffaqiyatsiz, samarasiz bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Ilmiy bilishda to’g’ri tanlangan metod shu metod yordamida qilingan ilmiy kashfiyotga nisbatan qimmatliroq ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Bunday metod bilan tadqiqotchi bir emas, balki bir necha ilmiy kashfiyotlar qilishi mumkin.
Ilmiy bilish metodlarini o’rganish falsafada metodologiyaning paydo bo’lishiga olib keldi. Metodologiya ilmiy bilish metodlari haqidagi falsafiy ta’limot sifatida o’zida kishilar dunyoqarashi prinsiplarini, ularning bir butun amaliy va nazariy faoliyatlariga tadbiq etishni o’rganadi.
Ular quyidagilar:
Ilmiy bilishning eng umumiy metodlari.
Ilmiy bilishning empirik darajasiga oid umumiy metodlar.
Ilmiy bilishning nazariy darajasiga oid umumiy metodlar.
Ilmiy bilishning eng umumiy ilmiy-metodining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u tadqiqotchilarning har qanday ongli amaliy va nazariy faoliyatida, hamma va har qanday ilmiy tadqiqot sohasida qo’llaniladi.
Ilmiy bilishning empirik darajasiga oid umumiy ilmiy metodlari — bular ko’pchilik yoki bir guruh fan sohalarida qo’llaniladigan, ilmiy bilishning ‘empirik bosqichiga old bo’lgan mctodlardir.
Ilmiy bilishning nazariy darajasiga oid umumiy ilmiy metodlar esa, ilmiy tadqiqotlaming nazariy bosqichda qo’llanadigan metodlardir.
Ilmiy bilish ko’plab umumiy, xususiy va alohida konkret ilmiy metodlar yordamida vujudga keladi . Ilmiy bilishda metodlaming xilmaxil va ko’p bo’lishi insonning dunyoni bilib olish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi va uni chuqurroq bilishga imkon beradi.
Hozirgi zamon fanlarida ilmiy bilishning quyidagi metodlari mavjud: kuzatish va eksperiment, analiz va sintez,induksiya va deduksiya, umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish, tarixiylik va mantiqylik, ideallashtirish, modellashtirishva shu kabilar. Ilmiy bilishning bu metodlari o’zaro chambarchas bog’liq bo’lib, ular bilishning qaysi bosqichi va qaysi darajasida qo’llanishi, o’zlarining tabiati va xarakterlari bilan bir-birlaridan farq qiladi.

Yüklə 99,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin