K int. = M f/M t
bu yerda, Kint -Jihozlardan intensiv foydalanish koeffitsenti
Mf, Mt -vaqt birligida jihozning texnik asoslangan mahsulot ishlab chiqarish miqdori (jihozning pastport ma’lumotlariga asosan olinadi).
Misol. Dastgoh smena davomida u 180 dona mahsulot birligini ishlab chiqardi, uning pasport bo’yicha belgilangan ishlab chiqarish quvvati bir soatda 200 dona mahsulot birligiga teng bo’lsa. Unda,
Kint. =180/200=0,9
Demak, jihoz quvvatidan 90% foydalanildi.
Jihozlardan foydalanishning integral koeffitsienti jihozlardan foydalanishning ekstensiv va intensiv koeffitsientlarining hosilasi sifatida aniqlanadi va jihozlarni vaqt bo’yicha hamda quvvati bo’yicha ekspluatatsiya qilinishini tasvir etadi.
bizning misolda K ek=0,85; K int.=0,9, demak integral foydalanish koeffitsienti:
Kint.f. = Keks. x Kint. ya’ni 0,85x0,9 = 0,76
SHunday qilib, bu ko’rsatkich miqdori hamma vaqt oldingi ikki ko’rsatkich miqdorlaridan past, chunki u jihozlardan ekstensiv, ham intensiv foydalanish kamchiliklarini bir yo’la hisobga oladi. Ana shu ikki omillarni hisobga olganda dastgoxdan faqatgina 76% foydalanilgan.
Asosiy fondlardan yaxshi foydalanishning natijasi hammadan oldin ishlab chiqarish hajmining oshishidir. SHuning uchun asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish samaradorligining umumlashtiruvchi ko’rsatkichi ishlab chiqarilgan mahsulotni uni ishlab chiqarishida ishlatiladigan jami asosiy fondlar bilan andozalash tamoyili asosida qurilishi kerak.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarning o’rtacha yillik qiymati quyidagicha aniqlanadi:
Fo’q. = F1+ F2/ 2
bu yerda,F1 - korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil boshidagi qiymati, so’m;
F2 - korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil oxiridagi qiymati, so’m;
Fond qaytimi (fondaotdacha) asosiy fondlardan foydalanishning eng muhim ko’rsatkichidir.
Fond qaytimi – bir so’mlik asosiy vositaga to’g’ri keluvchi tovar mahsulotni ifodalaydi, uni aniqlash uchun quyidagi formula ishlatiladi:
Dostları ilə paylaş: |