4-mavzu. Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari Reja


– Rasm. Asosiy fondlarning bo’linishi



Yüklə 198,08 Kb.
səhifə2/19
tarix22.12.2023
ölçüsü198,08 Kb.
#189960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
M4-5

4.1.1– Rasm. Asosiy fondlarning bo’linishi
Ishlab chiqarishga oid asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadi. Ularga korxona binolari, kuch uzatuvchi moslamalar, mashina va qurilmalar, o’lchov asboblari, laboratoriya asboblari kiradi.
Ishlab chiqarishga oid bo’lmagan asosiy fondlar korxonaga xizmat ko’rsatuvchi soxaga qarashli bo’lgan imorat va inshoatlar, jixozlar hisoblanadi.
Asosiy fondlarning aniq belgili tomonlari bu qiymatining yuqoriligi va xizmat muddati uzoqligidir. Bundan tashqari bir vaqtning o’zida ilmiy texnika taraqqiyotiga va texnik daraja o’sishiga faol ta’sir etadi.
Jaxon mamlakatlarida global o’zgarishlar ro’y berayotgan, eng muhim resurslar cheklanganligi sezilib borayotgan, raqobat kurashi tobora keskinlashib borayotgan bugungi kunda mavjud asosiy fondlardan oqilona foydalanish, xar bir xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga tegishli noraqobatbordosh bo’lgan fondlarni muntazam ravishda innovatsion faoliyatga asoslangan holda o’zgartirib, yangilab borish zarur. SHundagina xar qanday xo’jalik yurituvchi sub’ekt tez o’zgaruvchan bozor sharoitlariga oson moslashadi, oxir oqibatda barqaror faoliyat kafolatlanadi. Bunga erishishning birdan – bir yo’li faoliyat ustida tinimsiz, muntazam tahlil, tadqiqot, ish olib borish, bozorni o’rganish, uning natijalariga asoslangan holda raqobatbardosh, xaridorgir tovarlar ishlab chiqarishni, xizmat ko’rsatishni amalga oshirish hisoblanadi.
Asosiy fondlar ulardan foydalanish maqsadiga ko’ra ishlab chiqarishda bevosita va bilvosita qatnashishiga qarab, ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va qatnashmaydigan fondlarga ajratiladi.
Ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlarning maqsadi moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etishga qaratilgan bo’lsa, ishlab chiqarishda qatnashmaydigan asosiy fondlarning maqsadi xodimlarning moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir.
Asosiy vositalarni iqtisodiyotning tarmoklari va turlari o’rtasida taqsimlashda ular yordamida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki xizmatlar qanday tarmok yoki faoliyatning turiga taalluqliligiga karab, tegishli asosiy vo­sitalar ham usha tarmok yoki faoliyat turiga kiritiladi, masalan, xalk xo’jaligining tarmoklaridagi, shu jumladan soha ishlab chiqarishidagi asosiy vositalarning qanday maqsadda foydalanishi va qanday ishlarni bajarishiga karab, quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. Imoratlar - bo’larga Sex, ombor, tajribaxona, idora, o’t o’chirish deposi, garaj va shunga o’xshash mehnat sharoitini yaratib beruvchi, tashki atmosfera ta’siridan himoya qiluvchi va moddiy boyliklarni saqlash uchun xizmat qiluvchi binolar kiradi.

  2. Inshootlar - bo’larga mehnat buyumlarining o’zgarishi bilan boglik bo’lmagan, texnikaviy vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladigan suv minorasi, ko’priklar, temir yo’llar, asfalg’t kuchalar, devorlar, nasos stan- tsiyalari, kanallar va xokazolar kiradi.

  3. O’tkazuvchi moslamalar - bo’lar yordamida elektr va issiklik energiyasi, hamda mexanika energiyasi o’tkaziladi, bir inventardan ikkinchi inventarga suyuk va gazsimon moddalar yuboriladi. Bunday moslamalarga elektr o’tkazish yo’llari, gaz suv va bug o’tkazuvchi kuvur yo’llar, telefon o’tkazuvchi simlar, kabellar va xokazolar kiradi.

  4. Mashina va asbob uskunalar, shu jumladan:

a) kuchlantirish mashinalari va asbob-uskunalar (issiklik va elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi generatorlari, transformatorlar, yordamchi stantsiyalarning asbob-uskunalari);
b) ish mashinalari va asbob-uskunalar (mahsulotni yaratish yoki ishlab chiqarish xususiyatidagi xizmatlarni bajarish jarayonida mexanik ta’sirni ko’rsatuvchi mashinalar, jumladan tokarlik stanoklari, tikuv mashinalari, kranlar, kompressorlar);
v) o’lchov va tartiblovchi uskunalar, moslamalar va tajribaxonaning asbob- uskunalari;
g) hisoblash texnikasi;
d) boshqa xil mashina va asbob-uskunalar.

  1. Transport vositalari - samolyotlar, avtomashinalar, vagonlar, kemalar, aravalar, avtobuslar va xokazolar kiradi.

  2. Uskunalar - asosiy vositalarning ushbu turiga mehnat buyumlariga ishlov berishga xizmat qiladigan mexanizatsiyalashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilmagan qo’l mehnatining qurollari yoki mashinalari kiradi.

  3. Ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari, jixozlar va boshqa asosiy vositalar - xo’jalik va idora inventarlari, idora jixozlari, yozuv mashinalari, telefon apparatlari, texnika kutubxonalari va boshqa buyumlardan iborat.

  4. Ishchi va mahsuldor xayvonlar.

  5. Ko’p yillik daraxtlar - mevali va dekorativ daraxtlar.

  6. Boshqa asosiy fondlar.

Asosiy vositalar foydalanilishiga qarab harakatdagi, zaxiradagi va harakatsiz yotgan asosiy vositalarga bo’linadi.
Xo’jalik jarayonida foydalanilayotgan barcha asosiy vositalar harakatdagi asosiy vositalar deb hisoblanadi.
Zaxiradagi asosiy vositalar deb kapital tuzatishdagi va eskirishi natijasida ishdan chikkan mehnat vositalarini almashtirish uchun muljallangan vositalarga aytiladi. Buxgalteriya hisobi har bir sub’ektda mavjud zaxiradagi asosiy vositalar ushbu sub’ektga kerakli miqdorda bo’lishini nazorat qilib borishi va ularning me’yordan oshishiga yo’l qo’ymasligi kerak.
Harakatsiz yotgan asosiy vositalar deb sub’ektning o’zida yoki uning ayrim bo’linmalarida ishlab chiqarish faoliyatining to’xtab qolishi (tegishli tashkilotlar tomonidan to’xtatib qo’yilishi) natijasida ishlatilmayotgan va sub’ektning omborlarida bekor turgan mehnat vositalariga aytiladi.
Asosiy vositalardan foydalanish uziga xos xususiyatlarga ega bo’lganligi sababli, ularni baholashda quyidagi xususiyatlarni hisobga olish zarur. Ya’ni asosiy vositalarni sotib olish, ko’rish, ishlab chiqarish yoki holatini yaxshilash uchun tulangan summa, asosiy vositalarni sotib olish, ko’rish, ishlab chiqarish yoki holatini yaxshilash bilan boglik to’g’ridan-to’g’ri harajatlarni, jumladan undan maqsadli foydalanish uchun zarur bo’lgan o’rnatish va sinab ko’rish bilan boglik harajatlarni uz ichiga oladi.
Aktiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyumlari shaklini o’zgartiruvchi, ya’ni bevosita ta’sir etuvchi fondlar (mashinalar, asbob-uskunalar, texnologik liniyalar, o’lchov va to’g’rilash asboblari, transport vositalari) kiradi.
Passiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyumlariga bilvosita ta’sir etuvchi, ya’ni ishlab chiqarish jarayonining normal o’tishiga kerak sharoit yaratuvchi ishlab chiqarish fondlari kiradi (bino va inshootlar, h.k.). Asosiy fondlar tarkibini o’rganishda ularning strukturasi (tuzilmasi) masalasiga ham ehtibor berish kerak bo’ladi.
Asosiy fondlarning strukturasi deb, uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarning, guruhlarning har birinining umumiy qiymatidan nisbatga aytiladi.
Asosiy fondlar tuzilmasi quyidagi turlarga ajratiladi:

  1. Texnologik tuzilma.

  2. Tasviriy tuzilma

  3. Tarmoq tuzilmasi.

  4. Hududiy tuzilma.

  5. Takror ishlab chiqarish tuzilmasi.

Tasviriy tuzilmaning har xil vaqtda o’zgarishidan soha ning texnik darajasini va asosiy fondlardagi kapital sarflashning samarasini tasavvur qilsa bo’ladi.
Asosiy fondlarning strukturasiga kontsentratsiyalash, ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish, kombinatsiyalashtirish, yangi korxonalar qurish va modernizatsiyalashga sarflangan kapital mablag’larning texnologik tuzilishi, korxonalarning hududiy joylashishi, tayyorlanadigan mahsulotning xususiyati va hajmi ta’sir ko’rsatadi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi qancha ko’p bo’lsa, shuncha ishchi mashinalar va asbob – uskunalarning tutgan o’rni ko’proq bo’ladi. Texnologik tuzilish asosiy fondlarning qismlari nisbatini ko’rsatadi. Tarmoq tuzilishi soha tarmoqlaridagi asosiy fondlarning tarkibi bilan ifodalanadi.
Hududiy tuzilma asosiy fondlarining hududiy taqsimlanishi va ularning nisbati bilan belgilanadi.
Takror ishlab chiqarish strukturasi yangi qurilish va qayta qurish, qayta qurollantirish va asosiy fondlarni kengaytirishning nisbati va tutgan o’rnini ifodalaydi.(3.2 – rasm)
Asosiy fondlar barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar (korxonalar, tashkilotlar, firmalar, muassasalar va boshqalar) faoliyatida asosiy va muhim ahamiyatga ega. Xulosa qilib shuni tahkidlash joizki, asosiy fondlarsiz istalgan faoliyatni, ya’ni ishlab chiqarish jarayoni, xizmat ko’rsatish jarayonini tasavvur qilish mumkin emas.






Yüklə 198,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin