Asosiy fondlarning tarkibi va tasnifi. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning turli xil ko’rsatkichlari mavjud bo’lib, ularni shartli ravishda ikki guruhga bo’lib o’rganamiz:
Umumlashtiruvchi va qiymat ko’rsatkichlari, ya’ni ular asosiy fondlarning turli guruhlarda dinamika va statistiq baholashda, tahlil qilishda va zaxiralarni aniqlashda foydalaniladi.
Xususiy va natural ko’rsatkichlar, ya’ni ishlab chiqarish fondlarining faol qismi- ishchilar, mashina va jixozlardan foydalanish darajasini ifodalaydi.
Asosiy fondlarni rejalash va hisoblash natural ko’rsatkichlari va puldagi ifodasida olib boriladi. Asosiy fondlarni natural shaklida baholashda mashinalar soni, ularning unumdorligi, quvvati, ishlab chiqarish maydoni kattaligi, va boshqa son miqdorlari ko’rsatiladi. Bu ma’lumotlar korxona ishlab chiqarish quvvatini hisoblashda, ishlab chiqarish dasturini tuzishda, jihoz mashuldorligini oshirish rezervlarini rejalashtirishda, jihozlar balansini tuzishda ishlatiladi. SHu maqsadda jihozlarning inventarizatsiyasi va pasportizatsiyasi olib boriladi va uning ko’payishi hamda kamayishi hisob-kitobi yuritiladi.
Asosiy fondlarning pulda ifodalangan yoki qiymatli baholash, asosiy fondlarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni rejalashtirish, eskirish darajasini aniqlash va amartizatsion ajratma miqdorini hamda xususiylashtirish hajmini aniqlash uchun kerak.
Asosiy fondlarni baholashning bir necha shakllari mavjud, ular ishlab chiqarishda ishtirok etish muddati va asta-sekin, ishlab chiqarish jarayonida eskirishi, bu davrda takror ishlab chiqarish sharoitlarining o’zgarishiga bog’liq bo’lib, boshlang’ich, tiklangan va qoldiq narxlarda bo’ladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarning boshlang’ich narxi – bu, uni sotib olish yoki tayyorlash, olib kelish va o’rnatish (montaj) uchun qilingan xarajatlar summasidan tashkil topadi.
Tiklangan narxi - zamonaviy sharoitda asosiy fondlarni qayta tiklashda qilingan xarajatlar summasi tushunilib, odatda u fondlarni qayta baholash vaqtida o’rnatiladi.
Qoldiq qiymati - asosiy fondlarning boshlang’ich yoki tiklangan narxi va ularning eskirishi summasi oralaridagi farqi asosida aniqlanadi.
Asosiy fondlarning yuqori qiymatga ega bo’lishi va uzoq muddat xizmat qilishini talab etishi, korxonaning katta miqdordagi pul mablag’larini ushlab qolishga olib keladi. Bu esa o’z navbatida undan samarali foydalanishni taqazo etadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni xususiy va natural ko’rsatkichlarining uch guruhga birlashtirish mumkin:
asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning vaqt bo’yicha darajasini aks ettiruvchi ekstensiv (jixozlardan vaqt bo’yicha) foydalanish ko’rsatkichi;
asosiy fondlardan quvvati unumdorligi bo’yicha foydalanish darajasini aks ettiruvchi intensiv (jixozlarni unumdorligi) foydalanish ko’rsatkichi;
barcha omillar ta’sirini hisobga oluvchi, ham intensiv va ham ekstensiv, asosiy fondlardan foydalanishning integral ko’rsatkichi.
Birinchi guruhga - jihozlardan ekstensiv foydalanish koeffitsienti, jihozlar ishining o’zgarishi koeffitsienti, jihozlarni ish bilan band qilish koeffitsienti, jihozlar ishi smena tartibi (rejimi) vaqti koeffitsienti.
Jihozlardan ekstensiv foydalanish koeffitsienti uskunalardan amalda haqiqiy foydalanilgan vaqtini ifodalaydi va quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin: