4-mavzu. Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari Reja



Yüklə 198,08 Kb.
səhifə9/19
tarix22.12.2023
ölçüsü198,08 Kb.
#189960
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
M4-5

Fb=FS +Ft+Fm

bu yerda:Fb -asosiy vositalarni boshlang’ich qiymati;


Fs-asosiy vosita sotib olish qiymati;
Ft - transport xarajatlari qiymati;
Fm - qurish yoki o’rnatish xarajatlari.
Asosiy fondlarning boshlang’ich qiymati korxona tomonidan qancha mablag’ sarflanganligini bildiradi.
Asosiy fondlarga eskirish (amortizatsiya) hisoblashning bir qator usullari mavjud, ya’ni :
1.CHiziqli usul – ob’ekt qiymatining eskirish hisoblanayotgan qismi xizmat muddati davomida bir tekisda amartizatsiya ajratib boriladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
Fb-Ft
N am = --------------
T
Fb-asosiy vositalarni boshlang’ich qiymati;
Ft –asosiy vositalarni tugatilish qiymati
Tx–asosiy fondlarning me’yorlangan xizmat muddati.
Amortizatsiya ajratma miqdorini bir me’yorda hisoblash usuli bilan aniqladi, asosiy fondlarning bir me’yorda jismoniy va ma’naviy eskirishiga mo’ljallangan. Bunday mo’ljal jismoniy eskirishga nisbatan haqqoniydir. Ma’naviy eskirishda holat bunday emas. Fan, texnika, ishlab chiqarish texnologiyasi notekis rivojlanadi. Ma’naviy eskirish ko’pchilik holatlarda bir me’yorda emas, tez surhatlarda bo’ladi. SHuning uchun tadbirkor asosiy fondlarning tezlik bilan eskirgan holida, yangisi bilan almashtirish imkonini beradigan amortizatsion ajratmaga ega bo’lishi kerak. Bu muammoni asosiy fondlar amortizatsiyasini tezlashtirib, jadallashtirilgan usulda hisoblash mumkin.
2.Ishlab chiqarish usuli- bu usulda ish birligiga to’g’ri keluvchi eskirish summasi hisoblab olinadi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
Na2= Fb – Ft * P
P-asosiy vositalarni bajarishi kerak bo’lgan ish hajmi.
3.Kamayib boruvchi usul- ya’ni qahtiy belgilangan eskirish me’yorini qo’llash mumkin bo’lsada, ko’pincha to’g’ri chiziqli usul asosida normal eskirish me’yoriga nisbatan ikki kara ko’paytirilgan me’yor qo’llaniladi, ya’ni amartizatsiya me’yori 20% bo’lsa, bu ikkiga ko’paytirilib amalga oshiriladi. (20 x2)
Misol. Asosiy vositalarni amortizatsiya ajraatiladigan qismi 260000 so’mga teng bo’lsa, foydalanish muddati 5 yil bo’lsa, tugatilish qiymati 26000 so’mga teng bo’lsa, u holda
1 yil uchun 260000+100 * 40=104000
2 yil uchun (260000- 104000)+100 * 40= 156000+100*40 = 62400
3 yil uchun (156000- 62400)=100 * 40+ 93600+100*40 = 37440
4 yil uchun (93600-37440)+100 * 40= 56160+100*40 = 22464
5 yil uchun 56160-22464-26000=7696
Bu usulni avfzalligi shundaki asosiy vosita yangiligi davrida amartzatsiya miqdori yuqori darajada ajratiladi.
4.Sonlar yig’indisi usuli- eskirish asosiy vositalarni xizmat qilish muddati yig’indisi orqali aniqlanadi. Yuqori misol asosida ko’rib o’tamiz.
1+2+3+4+5q15
1 yil uchun (5:15) *260000=86666
2 yil uchun (4:15) *260000= 69333
3 yil uchun (3:15) *260000= 52000
4 yil uchun (2:15) *260000= 34666
5 yil uchun (1:15) *260000= 17333
Jadallashtirilgan amortizatsiya samarasi
Hozirgi vaqtda notekis amortizatsiya rivoj topmoqda. Bunda, foydalanishning birinchi yillarida jihozlar qiymatining katta qismi ishlab chiqarish xarajatlariga qo’shiladi. Masalan, birinchi yilda – 50%, ikkinchi yilda – 30%, uchinchi yilda – 20%. Bu korxonada inqiroz sharoitida qilingan xarajatlarni tezroq qoplab va ularni jihozlar narxini yangilash imkonini beradi.
Asosiy kapitaldan jadallashtirilgan amortizatsiya ajratmasi talab yoki taklif va boshqa holatlardan bog’liq bo’lmagan holda kapital mablag’ lar jamg’ arilishi rag’batlantiriladi.
Birinchidan, soliq hissasini qo’shimcha qisqarishi, soliqqa tortilgan balans foyda qisqarishiga to’g’ri keladi, soliq darajasining progressivligi qisqarib boradi. Masalan, balans foyda 3 barobarga qisqarsa, soliq kam stavkada to’langanda, sof foyda 2 barobarga qisqaradi.

Yüklə 198,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin