4-mavzu. Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari Reja


Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash yo‘nalishlari



Yüklə 198,08 Kb.
səhifə17/19
tarix22.12.2023
ölçüsü198,08 Kb.
#189960
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
M4-5

4.4. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash yo‘nalishlari

Asosiy ishlab chiqarish fondlarning hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxona ishlab chiqarish quvvatini belgilaydi.


Korxonaning ishlab chiqarish quvvati – bu vaqt birligida rejada o’rnatilgan nomnoma va turlarda, natural ifodada ishlab chiqarish jihozlari va maydonlardan to’la foydalanib, ilg’or texnologiyani qo’llashni, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni yaxshilashni, mahsulot sifatini yaxshilashni ko’zda tutgan holda mahsulot chiqarishning maksimal imkoniyatidir.
Ishlab chiqarish quvvati, mehnat vositalariga solingan potentsial imkoniyatidan to’la foydalanish mumkin sharoitida, asosiy fondlarning ishlashini ifodalaydi. Qoidaga muvofiq, ishlab chiqarish quvvati berilgan mahsulotni rejalashtirgan birliklarda natural ifodada o’lchanadi (tonna, dona, metr).
Assortimenti ko’p mahsulotlar bo’lganda ishlab chiqarish quvvati shartli-natural birliklarda ifodalanishi mumkin. Agar korxona bir necha har xil mahsulotlar chiqarsa, ishlab chiqarish quvvati har biri bo’yicha alohida o’rnatiladi.
Korxona ishlab chiqarish quvvati yetakchi ishlab chiqarish Sexlari, uchastkalari yoki agregatlari quvvatlari bo’yicha aniqlanadi, ya’ni yetakchi ishlab chiqarish quvvati bo’yicha. Jihozlarning salmog’li qismi qaratilgan ommaviy mahsulotlar tayyorlash bo’yicha asosiy va eng ko’p jarayonlarni bajaradigan Sex, uchastka, agregat yetakchi hisoblanadi. Yetakchi ishlab chiqarishning ishlab chiqarish quvvatini quyidagi formulada hisoblash mumkin:


K=Us*Fmax/Mt

Bu yerda, K -Sex, uchastka ishlab chiqarish quvvati, qabul qilingan o’lchov birligida;


Us -Sexdagi yetakchi jihozlar soni;
Fmax - yetakchi jihozning maksimal darajadagi ish vaqti fondi, soat;
Mt -etakchi jihozda mahsulotga ishlov berishning mehnatga talabchanliligining progressiv normasi.
Jihozlar tarkibini belgilayotganda, yil boshida o’rnatilgan, hamda reja yilda ishga tushirilishi kerak bo’lgan hamma jihozlar turlari bo’yicha hisobga olinadi. Ishalab chiqarish quvvatini tavsivlovchi bir necha tushuncha ishlatiladi:
Kiruvchi ishlab chiqarish quvvati – reja davrining boshida, korxona ixtiyorida bo’lgan, ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko’rsatuvchi yil boshidagi quvvat;
CHiquvchi ishlab chiqarish quvvati – kiruvchi va kiritiluvchi quvvatlar yig’indisidan chiqarishi ko’tilayotgan quvvatni ayirish bilan aniqlanadigan yil oxiridagi quvvat;
Loyihali ishlab chiqarish quvvati - korxona qurilishi, qayta ta’mirlab qurishi va kengaytirilishi loyihasi bilan ko’zda to’tilgan quvvat.
Mavjud quvvatlarning ishlab chiqarish dasturiga muvofiq kelishini aniqlash uchun o’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati hisoblanadi, u yil boshidagi quvvatga yil davomida o’rtacha kiritiladigan quvvatni qo’shib, yil davomida o’rtacha chiqadiganini ayirish bilan topiladi. Formulada quyidagicha ifodalash mumkin:



Yüklə 198,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin