Kf.t= Avi/Is, bunda: Kf.t – xodimlarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligining koeffitsienti; Avi – asosiy ishlab chiqarish vositalari qiymati; Is – eng katta smenadagi ishchilar soni. Tahlil qilish uchun 3-shakl moliyaviy hisobot va 1-T shakl statistik hisobotdan ma’lumotlar olinadi.
2. Texnik ta’minlanganlik koeffitsienti (Kt.t) ishlab chiqarish uskunalari summasining (ya’ni asosiy vositalar aktiv qismining) eng katta smenadagi ishchilar soniga nisbati sifatida hisoblanadi va quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Kt.t=I.us/Is, bunda: Kt.t – texnik ta’minlanganlik koeffitsienti; I.us – ishlab chiqarish uskunalari summasi. 3. Mahsulotning fond sig’imi 1 so’m natija qo’rsatkichiga qancha asosiy vosita summasi to’g’ri kelishini ko’rsatadi va quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Fc = Av./Q Fond sig’imi kapital qo’yilmalari (investitsiyalar)ni tejash yoki ko’paytirish bilan uzviy ravishda bog’liq bo’ladi. Masalan, mahsulot fond sig’imi pasayib, uning ishlab chiqarish hajmi doimiy yoki o’suvchi bo’lganda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish sharoitlari yaxshilanadi, demak, kapital qo’yilmalarini tejash uchun imkoniyat tug’iladi. Uni topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Ek= Fc.o’z x Q Bu yerda:
Ek – kapital qo’yilmalarni tejash, so’m;
Fc.o’z – hisobot yilida mahsulot fond sig’imining o’tgan yildagiga nisbatan o’zgarishi, so’m.
4.3. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish ko’rsatkichlari Bozor munosabatlari sharoitida korxonalarning asosiy vositalari bilan yetarli darajada ta’minlanganligini o’rganish bilan bir qatorda, ularning samaradorlik ko’rsatkichlarini o’rganish asosiy o’rinda turadi. CHunki, asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta’minlangan bo’lsa-yu, lekin ulardan samarali foydalanmasak, u holda korxonaning samaradorligi pasayib ketadi.
Asosiy vositalarning samaradorlik kursatkichlari korxona xo’jalik faoliyatiga baho berishning muhim ko’rsatkichlaridan biri sifatida olinadi.
Asosiy vositalardan (Av) foydalanish samaradorligi darajasidan umuman ishlab chiqarish samaradorligi kelib chiqadi. Asosiy vositalardan qanchalik ko’p foydalansa, shunchalik ko’p mahsulot chiqariladi, uning tannarxi arzonlashadi, mehnat samaradorligi, foyda va rentabellik yuqori bo’ladi.
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlarga: Asosiy vositalar mahsuldorligi, Asosiy vositalar daromadliligi, Asosiy vositalar rentabelligi, mashina va uskunalar quvvatlaridan foydalanish koeffitsienti kiradi(4.3.1-jadval).