4-mavzu. Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari Reja


Uskunalarni yuklanish koeffitsienti



Yüklə 198,08 Kb.
səhifə16/19
tarix22.12.2023
ölçüsü198,08 Kb.
#189960
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
M4-5

Uskunalarni yuklanish koeffitsienti ham uskunalardan vaqt bo’yicha foydalanishni tavsiflaydi. Smenalilik koeffitsientidan farqli ravishda, u mahsulotning mehnat sig’imini hisobga oladi. U mazkur uskunada tayyorlangan barcha mahsulotlar mehnat sig’imining uning ishlash vaqti fondiga nisbati orqali aniqlanadi. Mazkur misolda ushbu koeffitsient quyidagicha bo’ladi:

Korxonada asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni to’liq baholash uchun ekstensiv ko’rsatkichlardan tashqari, ularning quvvat bo’yicha yuklanish tabiatini o’rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda yuqorida aytib o’tilganidek, texnologik uskunalar amaldagi unumdorligining, ya’ni texnik asoslangan progressiv unumdorlikning normativ unumdorlikka nisbati asosida, ya’ni uskunalardan intensiv foydalanish koeffitsientidan foydalanish, uni quyidagi formula bo’yicha hisoblash mumkin:

Bu yerda: VF  vaqt birligida uskunada ishlab chiqarilgan haqaqiy mahsulot miqdori;
VP  vaqt birligida uskunada texnik jihatdan asoslangan mahsulot ishlab chiqarish normasi.
Misol. Pasport ma’lumotlari bo’yicha dastgohda bir soatda 100 ta buyum yasash mumkin, amalda esa shu vaqt ichida faqat 80 ta buyum tayyorlandi. U holda Kint=0,8 (80:100), ya’ni dastgohdan quvvat bo’yicha foydalanish 80 foizni tashkil qildi.
Uskunadan integral foydalanish koeffitsienti uskunadan ekstensiv va intensiv foydalanish koeffitsientlarining ko’paytmasi orqali aniqlanib, uning vaqt va quvvat bo’yicha band bo’lishini (foydalanilishini) kompleks xarakterlaydi.
Bizning misolimizda Keks = 0,71 va Kint = 0,8 bo’lganligi tufayli, uskunadan integral foydalanish koeffitsienti quyidagiga teng bo’ladi:

Har bir korxona o’z tasarrufidagi asosiy ishlab chiqarish fondlaridan iloji boricha unumli foydalanishga intilishi lozim. Bunga fondlarni ish bilan ta’minlashni yaxshilash tufayli ishlab chiqarish va mahsulotlarni sotish hajmini oshirish, nisbiy xarajatlarni kamaytirish, foydani oshirishdan tashqari asosiy fondlarda jamiyatning o’tmishda narsa holiga aylangan mehnati mujassamlanganligi ham zaruriyat tug’diradi.
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligiga turli omillar ta’sir qiladi. Ular qatoriga quyidagilarni kiriish mumkin:

  1. ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi;

  2. asosiy vositalar o’rtacha yillik summasi;

  3. ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlar mehnatining samaradorligi;

  4. asosiy asosiylarning tarkibiy tuzilishi;

  5. asosiy vositalar alohida turlaridan foydalanish samaradorligi.

Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
Tashkiliy yo’nalishlar bo’yicha:

  1. ishlab chiqarishni tashkil etishni va resurslar bilan ta’minlashni yaxshilash.

  2. asosiy vositalarning faqat korxonaga ish beradigan qisminigina olish;

  3. smena davomida uskunalar bekor turib qolishini qisqartirish va uning oldini olish;

  4. uskunalarning smenalik koeffitsientini oshirish;

  5. bekor turuvchi uskunalarni qisqartirish va tugatish;

  6. eskirgan va ma’naviy talabga javob bermaydigan asosiy vo-sitalarni hisobdan chiqarish;

  7. asosiy vositalarni farqlash va tarkiblashni qayta o’zgartirish;

•asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning muvofiq shakllarini belgilash va h.k.
Texnik yo’nalishlar bo’yicha:

  1. ta’mirlash va profilaktika tadbirlarini o’z vaqtida va sifatli ravishda amalga oshirish;

  2. eskirgan asosiy vositalarni yangilari bilan almashtirish;

  3. avtomatlashtirilgan tizimni yaratish;

•mexanizatsiyalashni kuchaytirish va h.k.
Ekspluatatsion yo’nalishlar bo’yicha:
•uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning malakasini oshirish;
bir smenalik va ko’p smenalik;

  1. ishlab chiqarish hajmiga qarab asosiy vositalarni texnik holat va harakatini boshqarish;

  2. asosiy vositalar qarovi yuzasidan mashul shaxslarni ajratish;

asosiy vositalar bo’yicha javobgarlik markazlarini belgilash va x.k.



Yüklə 198,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin