Hisobdan chiqarish koeffitsenti (Kh.ch) yil mobaynida hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarning yil boshidagi qiymatiga nisbati sifatida quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Kh.ch = Av.chiq./Av bunda: Avdb.b.k – asosiy vositalarning davr boshidagi boshlang’ich qiymati; Avh.ch – hisobot davrida hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar. Mazkur koeffitsentlar barcha asosiy vositalar hamda ularning alohida turlari va guruhlari bqyicha hisoblanadi, qator yillar mobaynidagi qzgarishi ko’rib chiqiladi va tegishli xulosalarga kelinadi.
Asosiy vositalar tuzilmasi tarmoq ixtisosligidan kelib chiqib aniqlanadi va korxonaning ishlab chiqarish va texnik ta’minoti xususiyatlarini aks ettiradi. U korxona asosiy vositalari umumiy summasida va noishlab chiqarish, aktiv vapassiv qismining hajmiga hamda ularning yil mobaynidagi o’zgarishlari va dinamikasiga bog’liqdir.
Mazkur ko’rsatkichlar asosida korxona tuzilmalari bo’yicha asosiy vositalar samaradorligi, texnik jihozanishning darajasi, qo’l mehnati kamayishi va ishlab chiqarish samaradorligi oshishi haqida hulosalar chiqarish mumkin. Asosiy vositalar tuzilmasini hisob-kitob qilish uchun 3-shakldagi «Asosiy vositalar harakati haqidagi hisobot» ma’lumotlari qo’llaniladi. Bu ko’rsatkichlarni asosiy vositalar holatining yaxshilanish (yomonlashish) sabablarini aniqlagan holda dinamikasini o’rganib, hisob-kitob qilish zarur.
Asosiy vositalar boshlang’ich qiymatining qoldiq qiymatiga nisbatan keskin o’sishi koeffitsientlarda eskirish ko’payganligi va ular yaroqliligi kamayganligini, ya’ni holati yomonlashganini ko’rsatadi.
Qoldiq qiymatining boshlang’ich qiymatga nisbatan keskin o’sishi asosiy vositalar yangilangan, ularning eskirishi qisqargandan dalolat beradi. Eskirishni kamaytirish, ya’ni asosiy vositalar holatini yaxshilash usullaridan biri o’z vaqtida kapital ta’mirlash, yangilarini xarid qilish, shuningdek, ma’naviy va jismoniy eskirgan uskunalarni hisobdan chiqarishdan iboratdir. Bu tadbirga erkin raqobat hukm surib turgan bozor munosabatlari sharoitida ahamiyat berish lozim.
Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik korxonaning texnik jihatdan ta’minlanganligini, mehnat va ishlarning mexanizatsiyalashganligi va avtomatlashganligini koeffitsient orqali ifodalaydi. Bu ko’rsatkichlar orqali har bir korxonaning moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash mumkin. SHu tufayli ushbu ko’rsatkichlar asosiy ko’rsatkichlar hisoblanadi(6-jadval).
4.2.2-jadval
Asosiy vositalar (Av.) bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko’rsatkichlar3
ishlab chiqarish uskunalari summasining eng katta smenadagi ishchilar soniga nisbati
I.us/Is
3.Natijaning fondlilik darajasi(Fond sig’imi)
1 so’m natija qo’rsatkichiga qancha Av. summasi to’g’ri kelishini ko’rsatadi
Av./Q
4. O’z mablag’larining (Um.) Av. bilan ta’minlanganligi
1 so’m o’z mablag’lariga qancha Av. summasi to’g’ri kelishini yoki o’z mablag’larinnig kapitallashganlik darajasini ifodalaydi
Av/O’m
1. Fondlar bilan qurollanganlik darajasi asosiy ishlab chiqarish vositalari qiymatining (boshlang’ich baholanishi bo’yicha) eng katta smenadagi ishchilar soniga nisbatidir. U ishchilarning mehnat qurollari (asosiy vositalar) bian ta’minlanganlik darajasini aks ettiradi va quyidagi formular orqali aniqlanadi: