Ikkinchidan, jadallashtirilgan amortizatsiya asosiy vositalar real bahosidan ajratiladi.
Asosiy kapitalni jadallashtirilgan amortizatsiyasi normasi ko’pchiligi muvaffaqiyatli yillar ichida samarali hisoblanadi. Tanglik tabiatdagi qiyinchiliklar yuzaga kelgan davrlarda esa amortizatsiya siyosati ta’sirchanligi pasayadi. Talab va taklif, konyunktura qanchalik yomon bo’lsa, foydadan foydalanish shunchalik qiyin bo’ladi. O’z o’zini moliyalashtirish imkoniyatlari kamayadi, davlat tomonidan amortizatsiya siyosatiga imtiyozlar beriladi, xususiy sarmoya jalb etish holati kamayadi. Jadallashtirilgan amortizatsiya imtiyozi, teng darajada davlat byudjetiga mablag’ tushumini qisqaritadi.
Natijada davlat tartibga solish vositalari sifatida xo’jalik maqsadlarida byudjet xarajatlaridan foydalanishi qo’llaniladi. Bular birinchi navbatda davlat kreditlari, subsidiyalari va kafolatlar shu jumladan xususiy sektorni tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar, harid sarflarini qoplash ham kiradi.
Asosiy fondlarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning bir shakli jihozlarni modernizatsiya qilishdir. Bunda ikkinchi shakl ma’naviy eskirishni to’la yoki qisman bartaraf etish va texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni takomillashgan, o’xshash jihozning darajasigacha ko’tarish maqsadida asosiy fondlarni yangilash tushuniladi.
Jihozlarning modernizatsiyasi bir necha yo’nalishda olib borilishi mumkin:
ishlab turgan mashinalarning konstruktsiyasini, ularning tavsiflovchi (ko’rsatkichlarini) texnik imkoniyatini oshirish maqsadida takomillashtirish;
jihozlar unumdorligini oshirish imkonini beradigan dastgox (stanok) va mexanizmlarni mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash;
jihozlarni dasturli boshqaruvga o’tkazish.
Agar, jihozlar modernizatsiya qilinish natijasida yillik ishlab chiqarish hajmi oshsa, mehnat unumdorligi ko’tarilsa va mahsulot tannarxi tushsa, qilingan tadbir iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarish rentabelligi oshirishi shart. Unga erishish uchun foydaning nisbiy o’sishi, modernizatsiya uchun qilingan xarajatlar natijasida ishlab chiqarish fondlari qiymati oshganligidan katta bo’lishi kerak.
Misol. Asosiy apparatlarni modernizatsiyasi natijasida yillik mahsulot ishlab chiqarish 48000 tonnadan 52000 tonnagacha o’sdi. Mahsulot tannarxi 400 ming so’mdan, har bir tonnasi uchun, 390 ming so’mgacha tushdi. Modernizatsiya xarajatlari 1000 mln. so’m. Ishlab chiqarish fondlari modernizatsiyagacha – 5,0 mlrd. so’m edi. Modernizatsiyagacha yillik foyda 2000 mln. so’m edi. Tannarxi tushishidan yillik tejam summasi: (400000-390000) x 52000=520 mln. so’m.
Modernizatsiya xarajatlari tannarx tushishi hisobida ikki yilda qoplanadi (1000:520=2). Faqat tannarx tushishi hisobida foydaning yillik summasi 26 %ga oshadi(520,0/2000,0x100=26).