4-mavzu. Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari Reja


Asosiy fondlarning amortizatsiya va emirilishi



Yüklə 198,08 Kb.
səhifə7/19
tarix22.12.2023
ölçüsü198,08 Kb.
#189960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
M4-5

4.2. Asosiy fondlarning amortizatsiya va emirilishi.

Korxona tasarrufidagi barcha asosiy fondlar ma’lum vaqt o’tishi, ishlab chiqarish jarayonida o’zining dastlabki holatini(sifatini) yo’qotib boradi. Ushbu holatni, ya’ni dastlabki holatni(sifatni) yo’qotib borishini iloji boricha uzoq muddat saqlanib qolishini ta’minlash zarur. Bu esa ishlab chiqarish jarayonida, ya’ni espluatatsiya jarayonida ma’lum xarajat(ajratma)larni talab qiladi. Bunda shuni alohida tahkidlash joizki, asosiy fondlar ma’lum vaqt o’tishi bilan ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonida bevosita ishtirok etmasa ham, ular ma’naviy eskirishi mumkin. Asosiy fondlarni ma’naviy eskirishi ham o’z navbatida, ya’ni uni utilizatsiya qilish uchun ma’lum xarajatlarni talab qiladi.


Asosiy fondlarning jismoniy eskirishi deganda asosiy fondlarning ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi natijasida butunlay yoki qisman to’zishi, yemirilishi tushuniladi. Ma’lum vaqt o’tgandan keyin ishlab chiqarishda ishlab turgan mehnat qurollari ishga butunlay va qisman jismoniy yaroqsiz bo’lib qoladi, bunday hollarda ular yangisi bilan almashtiriladi yoki ayrim qismlari kapital remont yoki modernizatsiya qilinadi. Jismoniy eskirish natijasida asosiy fondlarning qiymati yo’q bo’lib ketmaydi, balki tayyorlangan mahsulot qiymatiga ko’chiriladi.
Jismoniy eskirish boshqacha fizik eskirish deb ham ataladi. Fizik eskirish asosiy fondlarni foydalanish jarayonida yemirilishi va yaroqsiz holatga kelib qolishidir.
Odatda yemirilish intensiv ravishda foydalanishi va tabiat kuchlari ta’siri ostida yuzaga keladi.
Ma’naviy eskirish bu asosiy fond hali ishlab chiqarishga yaroqli bo’lsada, undan foydalanish iqtisodiy jixatdan samarasiz bo’lib qolishidir. Ma’naviy eskirishning bosh omili ilmiy texnika taraqqiyoti va asosiy fondlar ishlab chiqaruvchi soxada mehnat unumdorligini o’sishi hisoblanadi.
Birinchidan. Asosiy fondlar ishlab chiqaruvchi tarmoklardagi mehnat unumdorligi ortishi, shu turdagi kurilmalar baxosini pasayishiga olib keladi.
Korxonalarda faqatgina amalda ishlayotgan mashina va asbob-uskunalargina to’zimay, balki bekor turganlari ham to’ziydi (emiriladi). Mashina va asbob-uskunalarning jismoniy eskirish miqdori ularning xizmat qilish muddati va to’zish (emirilish) darajasiga nisbatan aniqlanadi.
Fan – texnika taraqqiyoti va mehnat unumdorligining o’sishi tufayli ishlab turgan mashina va asbob – uskunalar qiymatining kamaytirilishi hamda eskilariga nisbatan unumli va tejamli yangi mashinalar kashf etilishi, ularning ishlab chiqarishga joriy qilinishi natijasida ishlatilayotgan mashinalarning jismoniy yeyilish muddati tugamasdan turib qadrsizlanishi – asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi deb ataladi. Ma’naviy eskirish fondlarning bahosini vaqti – vaqti bilan qayta ko’rib chiqishni ko’p jihatdan zarur qilib qo’yadi. Eskirgan asosiy fondlarni yangilari bilan almashtirish rejali ravishda eng kam mehnat va mablag’ sarf qilish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida asta-sekin eskirib, o’z qiymatining ma’lum qismini amortizatsiya sifatida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot qiymatiga oz-ozdan ko’chirib boradi.
Amortizatsiya(lotincha amortisatio - qoplash), asosiy kapital (fondlar) amortizatsiyasiasosiy kapital (mashina va mexanizmlar, jihozlar va uskunalar, binolar va inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular qiymatining muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotga o’tib borishi.1
Asosiy vositalar moddiy yoki jismonan va mahnan eskiradi. Moddiy eskirish mehnat vositalaridan foydalanish jadalligi va uning korxonada ishlatilgan muddatlari bilan belgilanadi. Ma’naviy eskirish fan va texnika taraqqiyoti natijasida mehnat vositalarining arzonlashuvi hamda iqtisodiy jihatdan mukammal bo’lgan yangi mehnat vositalarining yaratilishi va joriy qilinishi bilan bog’liq. Amortizatsiya me’yori asosiy fondlar turiga, xizmat qilish muddatiga ko’ra tabaqalashtiriladi. Amortizatsiya qiymati ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga kiritib boriladi. Mahsulot sotilgach, bu qiymat amortizatsiya ajratmalari ko’rinishida eskirgan jihozlar o’rniga yangisini sotib olish uchun zarur bo’lgan mablag’lar summasi tarzida jamg’ariladi.
Amortizatsiya ajratmalari – mahsulot tannarxiga kiritiladigan asosiy fondlar amortizatsiyasi summasi asosiy fondlarni qisman tiklash (kapital ta’mir va yangilash) va to’liq tiklash (renovatsiya) fondlarini yaratishga xizmat qiladi. Amortizatsiya ajratmalari me’yorlari asosiy fondlar qiymatiga proportsional ravishda hisoblanishi, ya’ni taxminiy foydalanish muddatiga tekis taqsimlanishi yoki kamayib boruvchi balans usulida – jadallashtirilgan tartibda hisoblanishi mumkin. Jadallashtirilgan tartibda foydalanishning birinchi yilida amortizatsiya me’yori 2 marta oshiriladi, ikkinchi yili qoldiq qiymatining 20% va shu tarzda ajratmalar nazarda tutiladi. Natijada asosiy fondlar qiymatining 23 qismi ular xizmat muddatining yarmidayoq amortizatsiyalanadi. Amortizatsiya me’yorlarining pasaytirilishi asosiy fondlarning yangilanishini sekinlashtiradi, oshirilgan me’yorlar mahsulot tannarxini qimmatlashtiradi. SHu sababli amortizatsiya ajratmalari davlat tomonidan tartibga solinadi. Amortizatsiya ajratmalari ta’minlanishi kerak bo’lgan asosiy shart asosiy fondlar eskirishini to’liq qoplashi va ularni takror yaratishni ta’minlashidir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat amortizatsiya ajratmalari normativlarini belgilab, jadallashtirilgan amortizatsiya orqali tadbirkorlarga soliqqa tortiladigan foyda summasini kamaytirishga imkoniyat yaratib beradi. Ayni paytda asosiy fondlar qiymatini hisobdan chiqarishni tezlatish tadbirkorni asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi bilan bog’liq ehtimoli bo’lgan zarar ko’rishdan saqlaydi, yangi texnika va texnologiyani tezroq joriy etishga rag’batlantiradi.
Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlarning o’zini yoki uning bahzi qismlarini yangilash vaqti kelguncha shu shaklda ma’lum fondda jamg’arilib turiladi va bu fondni amortizatsiya fondi deb ataydilar. Demak, amortizatsiya fondi – amortizatsiya ajratmalari hisobiga shakllanadigan maxsus fonddir.
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan moddiy aktivlar amortizatsiyasi degan tushuncha ham mavjud.
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bo’yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalarining summasi (hisoblangan eskirish);

  • lizing bo’yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, jadallashtiriladigan amortizatsiya summasi.

Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar eskirish, har oyda xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan natijali foydalanish muddatidan (biror xo’jalik faoliyati yurituvchi sub’ekt muddatidan ortiq emas) kelib chiqib hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli bo’ladi. Natijali foydalanish muhlatini aniqlash imkoni bo’lmagan nomoddiy aktivlar bo’yicha eskirgan normasi besh yilga hisoblanadi.
Ma’lumki, amortizatsiya ajratmalari belgilangan normalar bo’yicha tayyor mahsulotning tannarxiga kiritiladi va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Yüklə 198,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin