4-mavzu. Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari Reja



Yüklə 198,08 Kb.
səhifə6/19
tarix22.12.2023
ölçüsü198,08 Kb.
#189960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
M4-5

Fq = V/F

bu yerda, V - mahsulot hajmi, so’m;


F -korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondining o’rta yillik qiymati.
Misol. Korxona 150 mln so’mlik asosiy vositaga ega, yil davomida 800 mln so’mlik mahsulot ishlab chiqargan bo’lsa.


Fq=800/150=5,3

Fond qaytimi (fondaotdacha)ni oshirish muhim halq xo’jaligi vazifasi, bu ayniqsa bozorga o’tish davrida dolzarb.


Fan-texnika taraqqiyoti sharoitida fond qaytimi (fondaotdacha)ning o’sishi murakkablashadi, chunki mehnat sharoitini yaxshilash, tabiatni asrash va hokazolarga yo’naltirilgan xarajatlar ko’payishi, joriy etishga ehtiyojman jihozlarni almashtirishi bu ko’rsatkichni pasaytiradi.
Mahsulotning fond sig’imi – fond qaytimi (fondaotdacha)ning teskari qiymati bo’lib, har bir so’m chiqarilgan mahsulotga asosiy fondlar qiymatining ulushini ko’rsatadi. Agar fond qaytimi (fondaotdacha) oshishga mayl etilishi lozim bo’lsa, mahsulotning fondga talabchanligi esa pasayishga mayl bo’lishi kerak, ya’ni


Fs = F/Q

Bu yerda;


Fs –fond sig’imi
Q -mahsulot hajmi, so’m;
F -korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondining o’rta yillik qiymati.
Bizning misol bo’yicha Fs=150+800=0,18
Mehnatning fond bilan ta’minlanganligi har bir ishlovchi hisobiga qanchadan asosiy vositalar to’g’ri kelishini bildiradi va u quyidagi formula bilan ifodalanadi:


Fbt = F + Xym,

Bu yerda, Xym – xodimlarning yillik o’rtacha miqdori


Korxona ishining samaradorligi ko’p miqdorda mehnatni fond bilan qurollanganligi darajasi bilan bog’liqdir. Bu ko’rsatkich korxona asosiy ishlab chiqarish fondi qiymatining ishchilar soniga nisbati sifatida aniqlanadi. Bu miqdor uzluksiz o’smog’i kerak, chunki texnik-qurollanish bunga bog’liq, demak mehnat unumdorligiga ham bog’liq.
Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  • smena davomida uskunalar bekor turib qolishini qisqartirish va uning oldini olish;

  • uskunalarning smenalik koeffitsientini oshirish;

  • bekor turuvchi uskunalarni qisqartirish va tugatish;

  • ta’mirlash va profilaktika tadbirlarini o’z vaqtida va sifatli ravishda amalga oshirish;

  • uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning malakasini oshirish;

  • ishlab chiqarishni tashkil etishni va resurslar bilan ta’minlashni yaxshilash.




Yüklə 198,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin