4-MAVZU
1. Ona tili punktuatsiyasining asosiy tamoyillari (mantiqiy-grammatik
tamoyil, uslubiy tamoyil, differensiatsiya tamoyili)
Reja:
1.
Punktuatsiya haqida umumiy ma‘lumot.
2.
O’zbek punktuatsiyasining kelib chiqishi.
3.
Tinish belgilarining
amaliy ahamiyati.
4.
Punktuatsiyaning tilshunoslikning sohalari bilan aloqasi.
5.
O’zbek punktuatsiyasining asos va tamoyillari.
6.
Tinish belgilarining badiiy adabiyotdagi vazifasi
1. Tayanch so‘z va iboralar:
Punktuatsiya lotincha
p u n k t u m so’zidan olingan bo’lib, ―nuqta‖,
―o’rin‖, ―joy‖ tushunchalarini ifodalaydi.
Sistema - har biri alohida mustaqil (avtonom)bo’lgan murakkab mexanizmlar
(fonemalar tizimi,
morfemalar tizimi,
leksik
birliklar tizimi, sintaktik
konstruktsiyalar tizimi) o’rtasidagi aloqadorlikdan tarkib topgan makrotizim.
Struktura - bir butun tizim (makrotizim) tarkibidagi mikrotizimlar, ular
o’rtasidagi aloqalar mexanizmi.
Tinish belgilari - muayyan
tilda
yozma
nutqni
to‘g‘ri, ifodali,
mantiqli
bayon
qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlari (
ran bo‘laklari
)ning o‘zaro
mantiqiygrammatik munosabatlarini ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan muhim
grafik vositalar. Tinish belgilari markaziy, asosiy belgilar tizimiga (
harflar
va
Tinish
belgilari) mansub bo‘lib, u qo‘shimcha, yordamchi belgilar tizimidan (
raqamlar
,
turli
fanlarga
oid
ilmiy
belgilar,
bosmaxona
belgilari) maʼlum
jihatlari bilan farq
qiladi. Tinish belgilari ning
yozuvda
qo‘llanishi o‘ziga xos tizimga ega. Bu tizim —
Tinish belgilari miqdori, qo‘yilish tartibi va qo‘llanish prinsiplari yig‘indisi —
punktuatsiyanp
vujudga keltiradi. Bular yozuvning boshqa vositalari (harflar,
raqamlar,
diakritik belgilar
) xamda til birliklari (
so‘zlar
,
morfemalar
) bilan
ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan turlicha fikriy munosabatlar va psixologik holatlarni
ifodalashda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yozma nutqning tushunilishini
osonlashtiradi. Tinish belgilari ning asosiy vazifasi nutqning mazmuniy bo‘linishini
ko‘rsatish,
shuningdek, uning
sintaktik
tuzilishi va
intonatsion
jihatini aniqlashga
yordam berishdir.
Hozirgi
o‘zbek yozuvida
Tinish belgilari soni 10 ta:
nuqta
,
so‘roq
belgisi
,
undov belgisi
,
vergul
,
qavs
,
tire
,
ko‘p nuqta
,
nuqtali vergul
, qavs,
qo‘shtirnoq
.
Ularning aksariyati
19-asr
2yarmida ayrim gaz. va toshbosma kitoblarning nashr
etilishi bilan paydo bo‘lgan.
Tinish belgilari o‘z vazifasiga ko‘ra, 2 ga bo‘linadi: a) chegaralovchi Tinish
belgilari — muayyan sintaktik tuzilmaning yoki umuman
gapning
chegarasini
bildirish, bironbir gap bo‘lagini intonatsionmazmuniy jihatdan ajratib ko‘rsatish,
nutq
qaratilgan
shaxs
yoki
predmet
nomi
qamrab olingan, shuningdek, yozuvchi
(so‘zlovchi)ning subʼyektiv munosabati ifodalangan sintaktik tuzilma chegarasini
ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchi T.6.: qavs, qo‘shtirnoq, yagona qo‘shaloq belgi
sifatida qo‘llanuvchi vergul, ayni shu vazifadagi tire; b)
ajratuvchi
Tinish belgilari — mustaqil gaplarni, ularning qismlari (bosh va
ergash
gaplar
, bog‘langan va
bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning predikativ
qismlari)ni,
gapning
uyushgan bo‘laklarini
, birgalik
ergashishli
qo‘shma gagsharni,
gapning
ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini, nutqning bo‘linganligini ko‘rsatuvchi T.6.: nuqta,
so‘roq va undov belgilari, vergul, nuqtali vergul,
ikki nuqta
, tire, ko‘p nuqta. Baʼzi
Tinish belgilari ham chegaralash, ham ajratish vazifalarini namoyon eta oladi. Tinish
belgilari tuzilish jiqatdan ham 2 ga bo‘linadi: a) bir elementli Tinish belgilari —
vergul, tire, nuqta; b) ko‘p elementli Tinish belgilari Bu guruh, o‘z navbatida, 2
elementli (surok, va undov belgilari,
ikki nuqta, nuqtali vergul, qavs), 3 elementli
(ko‘p nuqta) va 4 elementli (qo‘shtirnoq) Tinish belgilari ga ajraladi. Qo‘llanish
o‘rniga ko‘ra, Tinish belgilari 3 guruhga bo‘linadi: gap oxirida qo‘llanadigan Tinish
belgilari (nuqta, so‘roq va undov belgilari), gap o‘rtasida qo‘lanadigan Tinish