4-mavzu ona tili punktuatsiyasining asosiy tamoyillari



Yüklə 385,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix10.11.2022
ölçüsü385,02 Kb.
#68311
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-kurs 4-ma\'ruza

Ko‘r hassada axtarar… nurni. 
Darhaqiqat, ko’zi ojiz odam hassasi orqali o’ziga yo’l qidiradi, uning 
ko’rligini bilmagan kishi esa hassaning harakatidan o’ziga xos xulosa chiqarishi 
mumkin. Bu, avvalo, hassaning harakatida ko’rinadi. Chunki hassa, aynan ko’zi 
ochiqlar uchun nur bajargan vazifani bajarmoqda. Buni tushunish uchun esa fikrlar 
oqimi va tuyg’ular dinamikasida bir oz to’xtash, avvalgi voqelikni tahlil qilish 
imkoni bo’lishi kerak. Ko’p nuqta bu yerda dastlab she‘rni ikkiga ajratyapti. Pauza 


va ma‘nolar harakatning o’ziga xos oqimini ham ta‘minlayapti. Uning ostiga bir 
necha hayotga teng mazmun singdirilgan. 
Ko’p nuqtani satr o’rtasida qo’llaganda, shoir, avalo, poetik pauza va uning 
badiiy-estetik funksiyasiga tayanadi. Chunki, so’zsiz ifoda, mantiqiy pauza orqali 
katta poetik g’oya, poetik usul yuzaga chiqishi mumkin. 
Masalan, ―Ko’maklashding… rahmat… ket endi‖ she‘rida ko’p nuqta aynan 
mantiqiy pauza bo’lib, tomonlarning o’zaro munosabati va niyatining amalga 
oshishida muhim o’rin tutgan. ―Ko’maklashding‖ so’zidan keyin kelgan ko’p 
nuqta lirik qahramonning o’zi murojaat qilayotgan odamga nisbatan o’ta kuchli, 
keskin tuyg’ulari borligini, ular bir-biriga yordam beradi-yu, ammo birga 
bo’lolmasligini anglatyapti. Keyingi o’rinda esa so’zlovchining irodasi kuchli 
ekanligini ko’rsatishda eng nozik nuqtani ko’rsatish, ya‘ni, oldidagi odam ketishini 
xohlamasa-da, ketishi kerakligini ifodalashga xizmat qilyapti. Bunda, ikkala 
tomonning kechinmasi emas, ketishi muhim ekanligiga urg’u berilgan. Demak, bu 
yerda psixologik holatni tasvirlash uchun ham ko’p nuqta ishlatilgan. 
Anvar Obidjon o’z she‘rlarida ko’p nuqtani uning an‘anaviy vazifasi – fikrlar 
davomiyligini ifodalash uchun ham ishlatgan. 
Yirtiq paypoq nafaqa kutar… 
Bu yerda ko’p nuqta kinoya usuli orqali aytilgan fikrning davomini ochib 
bermoqda. Matn tarkibida esa majoz ham mavjud. Undagi paypoq, konkret shaxs 
obrazi bo’lishi haqiqatga yaqinroq. Uning yirtiq epiteti bilan sifatlanganida ham 
uning uzoq yillar ishlab, o’zining bor imkoniyatlarini ishga solgani va oxiri chorasiz 
qolgani va aynan shu davrda nafaqa, ya‘ni, yordam kutishi shart va tabiiyligi 
ko’rsatilgan. Lekin bu oddiy holni anglash uchun uni majoziy obraz va kinoyaviy 
usulda berilishida turli ma‘no bor. 
Tinish belgilarining ishlatilishidagi olima R. Jo’rayevaning: ―ko’p nuqta so’z 
san‘atining muhim xususiyati so’zning yangi, ochilmagan ma‘naviy qirralarini 
topish va uni muhrlash hamda bu ijodiy topilma o’quvchini qamrab olishida 
ko’rinadi‖, degan fikrida ham ko’zga tashlanadi. Olima o’z monografiyasida, 
ijodkorlarning tinish belgilarini bir yoki qo’shaloq qo’llashi natijasida o’ziga xos 


ma‘no ottenkalarini va turli darajadagi hissiy munosabatlarni yuzaga chiqarishini 
ta‘kidlaydi. Garchi, olima o’z fikrlarini rus she‘riyati misolida isbotlasa-da, ammo, 
bu hodisa barcha xalqlar, jumladan, o’zbek she‘riyatiga ham xosdir. Buni Anvar 
Obidjonning ignabarga she‘rlarida tire, ko’p nuqta, so’roq, undov belgilaridan 
hamda ularning oxirgi ikkitasini qo’shaloq qo’llash natijasida, she‘rning 
mazmunidagi serqirralikka, yangi hissiy ta‘sirga olib chiqilganida ham ko’rishimiz 
mumkin. 
To’g’ri, shoir ignabarg she‘rlarida o’xshatish, istiora, jonlantirish kabi 
san‘atlar, ko’chimlarning metafora, metonimiya, epitet, kinoya, majoz, perifraza, 
litota, sinekdoxa, qiyoslash kabi turlaridan inson badiiy tafakkurining birinchi 
darajali shakli, obraz yaratish vositasi, assotsiatsiya hosil qilish, badiiy-estetik 
funksiyani bajaruvchi sifatida foydalanadi. Ayniqsa, obraz = metafora + simvol + 
mif formulasining bir oz qayta ishlangan; obraz = til + metafora + metonimiya + 
punktuatsiya; obraz = til + metonimiya + punktuatsiya variantlaridan unumli 
foydalangan. She‘r, qayd etilgan formulasiga asosan, tinish belgilariga alohida va 
o’ziga xos poetik vazifa ham yuklaydi. Tinish belgilarining xarakterli ekanligini 
ham isbotlaydi. Masalan: 
– Hayf senlarga sevgim va o‘zim! 
Bu o’rinda, tire she‘r dialogining bir qismi va unda ikkinchi tomon borligini 
bildiryapti. Ikkinchidan, so’zlovchining gapi muhim ekanligini ko’rsatish uchun 
keltirilgan. ― – Ona… ona… Juda tanish nom…‖; ― – Elga bering… to’yimdan 
ortsa‖ kabi she‘rlarda ham tire shu ma‘nolarda ishlatilgan. 
Anvar Obidjon she‘rlarida tire, ikki nuqta kabi ishoratlarning ko’plab 
qo’llanishi, shoirning‖… badiiy nutq tiplari va shakllaridan unumli 
foydalangan…‖ligini ko’rsatadi. Chunki, adabiyotshunos olim Yo’ldosh Solijonov 
qayd etganidek, ―…asar leksik, semantik, stilistik, fonetik va sintaktik jihatdan 
nihoyatda rang-barang ko’rinishlarga ega‖ bo’lsagina, badiiy puxta va mukammallik 
kasb etadi. Buni quyidagi she‘r misolida ko’rish mumkin. Unda shoir tirega 
badiyatni ifodalash vazifasini yuklagan: 
Och – yig‘lar, to‘q – tinglar qilpillab. 


Och va yig’lar, to’q va tinglar so’zlari o’zaro zidlik, kutilmagan voqea- 
hodisani ifodalash, obrazlarni konkret sharoitga olib chiqish, badiiy-estetik 
munosabatga kirishish va ega vazifasidagi so’z hamda u anlatgan obrazga e‘tibor 
berish uchun tire ishlatilgan. ―Qilpillab‖ so’zi esa obrazlarning majoziy 
xususiyatlarini ochib bergan. Demak, tire mazmunni ochishda asosiy vazifani 
bajargan. 
Anvar Obidjon ignabarg she‘rlarida o’ttiz bir o’rinda undov, olti joyda so’roq 
belgisidan foydalangan. Bundan tashqari undovni ikki marta takror qo’llagan, so’roq 
va undovni besh marta aralash ishlatgan. Bu esa she‘rlardagi hissiy ekspressivlikni 
va lirik qahramon hayratini ifodalash hamda o’quvchiga ham ta‘sir o’tkazishni
ta‘minlashda asosiy vosita hisoblanadi. Masalan, ―Ko’m-ko’k dala! Sap-sariq 
odam!‖ she‘rida g’oya metonimik asosda yuzaga chiqqan. Lekin uning ostidagi 
fojianing hissiy ta‘siri undov belgisi va uning ohangi yordamida paydo bo’ladi. 
―Shoir, jarning yoqasida yur!‖ she‘rida esa undov badiiy murojaatni kuchaytirib 
beruvchi vosita sifatida ishlatilgan. Bu orqali, mazmundagi asosiy g’oyaga, uni 
qabul qiluvchiga ta‘sir ko’rsatish maqsad qilingan. Shoir ushbu she‘rda matndan 
tashqaridagi elementlar borligini ham ko’rsatyapti. 
Yuqoridagi kuzatuvlardan kelib chiqqan holda, shoirning ignabarg 
she‘rlaridagi tinish belgilarini mazmun va asosiy g’oyani ochishdagi o’rniga qarab, 
quyidagicha turlarga ajratish mumkin: 
She‘rdagi ko’p nuqtalar mantiqiy pauza, psixologik holat, lirik kechinma 
ifodasi bo’lib, yangi poetik g’oya yuklash, badiiy niyatni va ta‘sirchanlikni 
oshirishda muhim ahamiyatga ega; 
Metaforik asosda ishlatilib, ramziylik kasb etadi, o’zi ham xarakterlanadi va 
obrazlarni xarakterlash, his-tuyg’uni ifodalash xususiyatiga ega; 
Personaj nutqini ajratish, badiiy murojaatni ko’rsatish, matndan tashqaridagi 
elementlarni ham ko’rsatish maqsadida ishlatiladi; 
Tinish belgilarini ishlatish shoirning individual uslubi ironik kayfiyatining 
yuzaga chiqishiga ham yordam beradi. 


Anvar Obidjon ignabarg she‘rlarida tinish belgilarining badiiy matndagi 
o’rnini to’g’ri belgilagan, ularni o’z ijodiy laboratoriyasidan o’tkazib qo’llagan. 
―San‘at – hayotning tili, uning yordami bilan reallik o’zi haqida
gapiradi‖ tamoyiliga amal qilgan. Natijada, shoirning ignabarg she‘rlari imkon 
darajada ixcham va mazmunan teran holga kelgan. 
2. 
Darsni mustahkamlash uchun savollar: 
1. 
―Puktuatsiya‖ so‘zining ma‘nosini izohlang? 
2. 
Punktuatsiya tarixi haqida gapiring? 
3. 
Punktuatsiya tilshunoslik bo‘limi sifatda? 
4. 
Fikrni ifodalshda tinish belgilarini o‘rni? 
5. 
Tinish belgilarining ma‘no farqlashi yuzasidan fikrlar? 
6. 
Punktuatsiyaning tamoyillari haqida? 

Yüklə 385,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin