ko’rsatuvchi faktordir. Bundan tashqari, savodxonlikni oshirishda orfografiya
qanchalik ahamiyatga ega bo’lsa, punktuatsiya ham shuncha ahamiyatga egadir.
Orfografiya ham punktuatsiya ham grafik vositalar bo’lib, to’g’ri yozish to’g’ri
tuzish, to’g’ri ifodalash haqidagi ta‘limotdir.
Punktuatsiya stilistika bilan aloqodor, tinish belgilarining noto’g’ri
qo’llanilishi gar mazmunida g’alislik, mavhumlik, va noaniqlikni keltirib chiqaradi.
Masalan,
Ey tabib, qo’y, boqma dardim bedavolardan biri /M./ gapida uch holat
bor: a/ qo’y so’zidan keyin vergul o’qilmasa, ―tabib‖ ―qo’yboqar‖ ga aylanadi; b/
―dardim‖ dan keyin qo’yilsa, ―dardim‖ ―boqma‖ ga bog’lanadi;
―kesim+to’ldiruvchi‖ /boqma dardimni/ munosabati tug’uladi; v/ ―boqma‖dan
keyin qo’yilsa, ―ega+kesim‖ /dardim bedavolardan biri‖/ tug’uladi.
Punktuatsiya sintaksis bilan o’zviy aloqador. Punktuatsion qoidalar sintaktik
konuniyatlar, normalar asosida talqin qilinadi. Punktuatsiya
qoidalarini sintaktik
qonuniyatlarga bog’lab bayon qilishning /tushuntirishning, belgilashning/ o’z ilmiy
metodik tamoyillari va uslublari bor. Punktuatsiya qoidalarini aniqlashda mazkur
tilning barcha sintaktik stilistik hususiyatlari hisobga olinadi. Tinish belgilari
qo’llashni gap qurilishi, uning grammatik semantik shakllanishi boshqaradi.
Masalan, Muhayyo, Surayyo, Ra‘no, Muqaddas, Ko’zimni yashnatib, kiyibsiz atlas.
(X. Saloh) gapida vergul uch xil funksiya bor: 1)
uyushgan undalmalarni
biriktirish; 2) ularni gap bilan grammatik bog’lanmaganligi uchun gapdan ajiratish;
3) oborotdagi qisqa pauzani qoplash uchun qo’llanilganki, buni shu gapning konkret
sintaktik qurilishi taqazo qilgan.
Punktuatsiya sintaktik fonetika, gap intonatsiyasi bilan uzviy bog’langan.
Intonatsiya ovozning rang-barang tovlanishi, ko’tarilishi, kuliminatsyasi, pasayishi,
susayishi, tinishi /uzilishi/ tempi, tez va sekinligi, osoyishtaligi, sifati: cho’ziq,
qisqaligi, kuchli va
kuchsizligi; davriy va davomiyligi, takrorlanishi kabilar.
Intonatsiya juda murakkab bo’lib, urg’u, pauzalar, melodika kabilar uning
komponentlari hisoblanadi. Intonatsiya gap mazmun-mundarijasining
ajralmas
qismi: intonatsiyasiz gap shakillanmaydi, gapning komunikativ funksiyasini