4-Mavzu: O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishda o‘tish davri va taraqqiyot bosqichlari. Reja



Yüklə 173,1 Kb.
səhifə29/33
tarix02.01.2022
ölçüsü173,1 Kb.
#47039
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
1–Mavzu Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qu

Uchinchi – Bevosita ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich tadrijan o‘tish sharoitida kuchli ijtimoiy himoya siyosati;

To‘rtinchisi- Davlat boshqaruvida odamlarning ongli ishtiroki, qaror qabul qilish, ularning ijrosini ta’minlash, nazorat etish jarayonlarida demokratik faol ishtiroki.

Beshinchisi- O‘zini-o‘zi boshqarishda demokratik sivilizatsiya, o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining haqiqiy rasmiy huquqiy maqomi 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida» gi qonunda aniq belgilab berilgan.

Ushbu qonunning qabul qilinishi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning qator siyosiy va huquqiy mavzulardagi chiqishlarida 1992 yildayoq mahallaning nufuzini ko‘tarish, iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ulkan masala ekanligi qayd etilgan edi.

Mahallaning mavqeini ko‘tarish, birinchidan xalqimizning azaliy an’analarini, qadriyatlarini tiklash va takomillashtirishga, ikkinchidan, davlat hokimiyati vazifalarini quyi boshqaruv idoralariga,mahallalarga bosqichma bosqich o‘tkazishdek, demokratik talablarga javob bo‘lish imkonini berishini isbotlab, mahallalarni moddiy ta’minlash, idora usulini shakllantirish, huquqlarini rasman kengaytirish, mamlakat boshqaruv tizimidagi ishtirokini kengaytirish kabi masalalarni o‘rtaga qo‘ygan edi.

Birinchi Prezidentimiz 1992 yil 12 sentyabrda imzolagan «Respublika, mahalla xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida» gi qarori asosida mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish tizimi sifatida yagona, yaxlit tashkiliy-tarkibiy maqom kasb etdi.

2.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 16 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Fuqarolarning davlat boshqaruvdagi rolini oshirib, bu maqsad - vazifalarni amalga oshirish yo‘lida davlatning rolini izchil kamaytirib borish va ayni paytda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqa rish organlari mahallaning faoliyat ko‘lami hamda vakolatlarini kengaytirish, aholi turli qatlam va guruhlarining tub manfaatlarini ifodalaydigan va himoya qiladigan siyosiy va ijtimoiy institutlar, nodavlat, no hukumat tuzilmalar rolini ahamiyat kasb etadi.

Haqiqatan ham, ana shunday olijanob maqsadlarga erishish yo‘lida hech shubhasiz, mahallaning o‘rni va ahamiyati beqiyos ekanini tushunish, anglash qiyin emas” degan edi.

O‘zbekiston Mustaqillikka erishganidan boshlab demokratik jamiyat qurishga harakat qila boshladi. Shu munosabat bilan mahalla va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqa rish organlari shakllandi. Bu organ o‘zini-o‘zi boshqarish organi sifatida fuqarolik jamiyatini tashkil etuvchi institutga aylanib bormoqda. «Mahalla» arabcha so‘z bo‘lib, shahar ichidagi shahar ma’nosini anglatadi. Tarixchi olim Narshaxiy «Buxoro tarixi» asarida bundan 1100 yil ilgari bir necha mahalla xalqni boshqaruv uslubi ekanligi haqida Buxoroda bo‘lganligi haqida ma’lumot bergan. Bizning mintaqamizda mahalla ma’muriy - hududiy tuzilma sifatida e’tirof etilgan. Alisher Navoiyning «Hayratul Abror» (yaxshi kishilarning xayratlanishi) asarida quyidagi misra uchraydi. «Shaharlar otini maholat etib, bo‘ldi uch yuz shahar Xiriot etib» Mahallaning «shahar ichidagi shaharcha» degan mazmuni yuqoridagi tanbehdan ko‘rinib turibdiki, o‘rta asrlarda Xiri deb atalgan Xirot shahri yuz «shaharcha»- mahalladan tashkil topgan ekan.

Demak, qadim zamonlardayoq bugun biz ta’rif berayotganimiz fuqarolik jamiyati ning, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining ilk kurtaklari namoyon bo‘la boshlagan. Sharqda bu jarayon ming yillik tarixga ega bo‘lgan mahallalar ko‘rinishida rivojlangan bo‘lsa, g‘arb mamlakatlarida kishilarning o‘z manfaat qiziqishlarini jamiyatda kechayotgan jarayonlardan kelib chiqib ifodalash va himoya qilish maqsadida har xil uyushmalar, partiyalar, jamiyatlar harakatlar va boshqa tuzilmalar sifatida paydo bo‘lishiga asos solindi. O‘zoq yillar mahalla tarixi va sotsiologiyasini tadqiq etgan D. Karlayl yozadi: «Oila va do‘st yoronlar mahalla turmushining bosh asosi bo‘lib kelgan va shundayligicha qoladi.

Uning fikricha shaxsiy munosabatlar tamal toshi sanaladi. Ular «Sulola» ataluvchi, kishilarni birlashtiruvchi o‘ta muhim tarmoq tuzilmasini yaratdi.

Davlat boshlig‘i siyosiy va ijtimoiy qarashlarda o‘zini-o‘zi boshqarishning xalqi miz an’analari va qadriyatlariga mos usuli mahallalar tizimiga yuksak baho beriladi. I.A. Karimov mahallaning tarixiy-ijtimoiy, ma’naviy va hozirgi huquqiy holatidan kelib chiqib, uni jamiyatning o‘zimizga xos milliy yaxlit tashkiliy instituti, ya’ni ijtimoiy jamiyat ichidagi ixcham kichik jamiyat sifatida qaraydi va «mahallaning qo‘lidan kelmaydigan ish yo‘q» - deydi.

Davlat rahbari o‘zini-o‘zi boshqaruv organlari, tashkiliy-amaliy faoliyatiga yalpi maqomiy tus beradi. Mahalla uz hayotida kechayotgan barcha katta –kichik ishlar uchun mas’ul ekanligini o‘qtiradi. Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish va demokratik huquqiy jamiyatni shakllantirish, uning ijtimoiy ma’naviy asoslarini belgilash, demokratik jamiyatning dunyo tan olgan e’tirof etgan tamoyillariga rioya qilish, muhim vazifadir.

Biz Respublikamizda shunchaki jamiyat emas, demokratik ochiq jamiyat qurmoqdamiz. Davlatimiz o‘zining siyosiy ta’limoti negizida demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning dastlabki bosqichida mustaqil davlat hayotining yangi demokratik asoslarini yaratishga musharraf bo‘ldi.

O‘zini-o‘zi boshqarishga asoslangan fuqarolik jamiyati ijtimoiy makondir. Bu makonda «Qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘zini-o‘zi kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi», jamiyatda barqarorlikni ta’minlab, fuqarolik jamiyati asoslarining demokratik qaror topishiga omil bo‘ladi.

O‘tish davrida, ayniqsa, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayoni ibtidosida demokratik institutlar hamda jamoat tashkilotlarining, jumladan, mahalliy, o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining vujudga kelishi, qaror topishi va rivojlanishi, ularning Konstitutsiyaviy–huquqiy maqomlarining aniq belgilanishi normal holat bo‘lib, u jamiyatchilik fikri ning sog‘lomlashishiga, jamiyat barqaror ligiga uning siyosiy ijtimoiy, iqtisodiy ma’naviy tubdan yangilanishiga olib keldi. Davlat bosh islohotchi sifatida, ijtimiy manfaatlarni yaxshi o‘ylab, tabaqalashtirish hamda bosqich ma-bosqich uyg‘un ro‘yobga chiqarish maqsadida demokratik institutlarni shakllantirdi, fuqarolik jamiyati elementlari imkoniyatlarini oshirdi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov siyosiy ta’limotida kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tishning nazariy-amaliy muammolari o‘z amaliy echim mexanizmlari bilan favqulodda ajralib turadi. Birinchi Prezidentimiz 80-yillarning o‘rtalaridayoq, ushbu g‘oyani o‘rtaga tashlab «Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari» siyosiy qurilish dasturining ishlab chiqilishiga rahbarlik qildi.

Milliy mustaqillik davriga kelibgina fuqarolarning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning qonuniy maqomini mustahkamlash, ularni fuqarolik jamiyatining asosiy institutiga aylantirishga doir jiddiy islohotlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi mahalla maqomini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatida mustahkamladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida o‘zini o‘zi boshqarish organlariga quyidagi huquqiy ta’rif berilgan: «Shaharda, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi». Konstitutsiyaviy asos dan kelib chiqib, 1999 yil 14 apreldi qabul qilingan «fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi (yangi tahriri) Qonunning 1-moddasida fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish tushunchasi quyidagicha ta’riflandi: «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarishi-fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlari dan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analar dan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir». Ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi tushunchasi va uning huquqiy maqomlari rivojlantirildi va ular ilg‘or demokratik mamlakatlardagi huquqiy mezonlar darajasida ifodalana boshlandi.

Mustaqillik yillarida mahalla tarixiy va rivojlangan mamlakatlardagi tushunchada aniq belgilangan ijtimoiy-demografik, madaniy-ma’naviy va hududiy-ma’muriy birlik sifatida maqomga erishib, u o‘z hududidagi fuqarolar o‘rtasida an’ana va urf-odatlar birligi, insoniy, xo‘jalik, huquqiy munosabatlar birligini tashkil etgani holda o‘zaro ijtimoiy munosabatlarni bog‘lab turish vositasiga aylandi.

Mamlakat Birinchi Prezidenti I.A.Karimov mahallalarni fuqarolik jamiyatining asosi deb, bildi va uni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘rib kelmoqda. I.A.Karimov 1995 yildayoq, shunday fikrni bildirgan edi: «Ma’lumki, asrlar mobaynida mahallalarda ko‘pdan-ko‘p hayotiy muammolar o‘z echimini topib keladi. To’y-marakalar, hayitu-hasharlar ham mahalla ahlisiz o‘tmaydi. Mahallalarda siyosiy, iqtisodiy va boshqa masalalarga doir jamoatchilik fikri shakllanadi. Bu esa xalqimiz ning turmush tarzi, ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan tafakkur tarzidir. Binobarin, hayotning o‘zi maxallalarni rivojlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlashni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda ko‘p qirrali islohotlar amalga oshayotgan bir paytda mahalla jamiyat uchun ishonchli tayanch va ta’sirchan kuch bo‘lib xizmat qilishi lozim».

Mustaqillik davrida mahallaning tashkiliy, ijtimoiy va huquqiy maqomini mustahkamlash borasida chuqur islohotlar amalga oshirildi. Eng avvalo mahalla atamasi tarixda birinchi marta Konstitutsiyaga kiritildi. Unga aholining o‘zini-o‘zi boshqaruvining noyob shakli sifatida konstitutsiyaviy maqom berildi. 1992 yilda O‘zbekiston Prezidentining «Respublika «Mahalla» xayriya jamg‘armasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Prezidenti 1998 yildagi «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini qullab-quvvatlash haqida» gi, 1999 yildagi «Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida» gi farmonlari, shuningdek, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan qator farmon, qarorlar, qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarning e’lon qilinganligi fikrimizning yorqin isbotidir.

Hozirgi davrda mahalla yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar ikkita yo‘nalishni nazarda tutadi. Birinchisi, ma’naviy vazifa bo‘lib, u xalqimizning ming yillik tarixidagi noyob, eng aziz an’analarni, qadriyatlarni qaytadan tiklash va rivojlantirish dan iborat. Ikkinchisi siyosiy vazifa bo‘lib, I.A.Karimovning mahalla institutini bugungi zamon talablariga muvofiq tarzda tiklash barobarida viloyat, shahar, tuman hokimliklari zimmasiga yuklangan ko‘pchilik vazifa va huquqlarni fuqaro larni o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga, ya’ni mahallalarga berib, ular maqomini joy-joyiga qo‘yib, shu tariqa jamiyatimiz hayotini demokratiyalashda yangi va juda muhim imkoniyatilarga erishish.

Mamlakat Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‘zining ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasidagi ma’ruzasida o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini jamiyat va davlat boshqaruvi dagi rolini oshirish zarurligini yana bir bor ta’kidlagan edi. «Xayotimizni erkinlashtirish yo‘nalishlarining yana bir muhim yo‘li-markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bosqichma–bosqich o‘tkaza borishni ta’minlashdir» Albatta, davlat tomonidan mahallalarga katta boshqaruv vakolatlarini berishda ularning aholi faolligini oshrishdagi o‘rnini yuksaltirish ko‘zda tutiladi. Chunki, mahalla fuqarolar yig‘inlarida etarlicha huquq bo‘lmasa, ular o‘zini-o‘zi boshqarish funksiyalarini bajara olmas edilar. Shuningdek, mahallalarning aholi va davlat oldida mas’uliyat sezishlari uchun ham avvalo huquqqa ega bo‘lishlari lozim edi. Shu bilan birga, ko‘plab qonunlar loyihalari, Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgarishlarni o‘zida ifodalagan umumxalq referendum lariga tayyorgarlik kurish va o‘tkazish avvalo, mahalla ahli va faollari tomonidan muhokama qilinmoqda va qo‘llab–quvvatlanmoqda. Boshqacha aytganda, maxala lar siyosiy qarorlar qabul qilishda jamoatchilik ishtirokini faollashtirishning muhim vositasi ekanligini hayotning o‘zi isbotladi.

Mamlakat siyosiy hayotida fuqarolarning siyosiy qarorlar qabul qilishdagi ishtirokini ta’minlab beruvchi asosiy bo‘g‘in-bu mahalla fuqarolar yig‘inlaridir. Shuningdek, fuqarolar ning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish qobiliyatiga ega bo‘lgan birdan-bir boshqaruv tizimi ham mahalla fuqarolar yig‘inlaridir.

Respublika «Mahalla» xayriya jamg‘armasi, uning viloyat, shahar, tuman bo‘limlari bilan hokimliklar hamkorligida har yili «Eng yaxshi mahalla», «Eng ibratli oqsoqol», «Mahalla jonkuyari», «Eng tadbirkor mahalla oqsoqoli» shiori ostida muttasil ko’rik-tanlovlar o‘tkazib kelindi. Ko’rik tanlovlar g‘oliblari har yili obro’li komissiyalar tomonidan maxsus nishonlar, qimmatli esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar. Mazkur tadbirlar mahallalarni obodonlashtirish, ozoda saqlash, ayniqsa yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

3.Huquqiy demokratik davlatda saylov qonunlari va uni o‘tkazish muhim o‘rinni egallaydi. Buning yorqin isbotini fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga saylov o‘tkazish ham istisno emas, 2001 yil may-iyun oylarida mamlakatimizda o‘zini-o‘zi boshqarish organlari mahalla, ovul qishloq, shaharcha fuqarolar yig‘inlariga o‘tkazilgan saylov bu soha rahbarlarining yetuk kadrlar hisobiga sifat jihatdan o‘zgarishiga olib keldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 2001 yil 12 apreldagi «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga saylov o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorida tashkilotchilik qobiliyatiga hamda aholi o‘rtasida yuqori obro‘-e’tibor va hurmatga sazovor bo‘lgan, davlat hokimiyati organlari vakolatlarining bir qismi bosqichma-bosqich fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga berilishi munosabati bilan ushbu organlar oldida turgan vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan shaxslar orasidan fuqarolar yig‘inlari rais va ularning maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar tanlash maqsadi qo‘yildi.

Saylov kompaniyalari davridagi tashkiliy ishlar va amalga oshirilgan chora tadbirlar natijasida mamlakatimiz bo‘yicha fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga saylovlar ijtimoiy-siyosiy hamda tashkiliy jihatdan yuksak saviyada, fuqarolarning ijtimoiy faolligida amalga oshdi. Saylovlarda 12 mlnga yaqin fuqarolar ishtirok etdilar.

Fuqarolarning 9627 yig‘inida, shu jumladan 1556 shaharcha, qishloq va ovul yig‘inlarida, qishloqlardagi 4151 mahallalar va shaharlardagi 2138 mahallalar yig‘inlarida, shuningdek jamoatchilik asosida faoliyat ko’rsatayotgan 1782 mahalla fuqarolar yig‘inlarida saylovlar bo‘lib o‘tdi.

O‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bo‘lgan saylovlar aholining keng qatlamlari uchun ijtimoiy-siyosiy faollik bag‘ishladi va o‘ziga xos demokratiya maktabi vazifasini ham o‘tadi. Shuningdek, 2003 yilning noyabr-dekabr oylarida o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga yangi saylov kompaniyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur saylovlarda 12 mlndan ortiq mamlakatdagi katta yoshli aholining qariyb 97 foizi (2001 yilda bu ko‘rsatkich 85% edi) ishtirok etdi. Saylovlarda mamlakatdagi fuqarolar yig‘inlarining, 8360 raislari (oqsoqollari) shuningdek, ularning 80 mingta maslahatchilari saylandilar. Mazkur saylovlar fuqarolarning siyosiy madaniyati va huquqiy ongi yuksalganligini ko‘rsatadi. 35 ta yig‘in raisligiga va oqsoqolligiga ko‘rsatilgan, nomzodlar saylanmay qoldilar. 74 yig‘inda rais va oqsoqollarning 2,5 yillik faoliyati qoniqarsiz deb topildi. Barcha saylovlar davomida ko‘rsatilgan 21306 ta nomzodlardan 8360 tasi saylanganligi, ularning muqobillik asosida o‘tganligini, fuqarolarga tanlash imkoniyati berilganligini ifodaladi.

2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan «Obod mahalla yili» dasturini (2003 yil 7 fevral) hayotda tadbiq etish natijasida barcha mahallalarda ulkan ishlar amalga oshirildi. Mahallalardagi kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish maqsadlarida 2765 ta oilaga 2005,5 mln so‘m hajmdagi mablag‘lar ajratildi. 5528 ta mahalla hududida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish natijasida hammasi bo‘lib, 176418 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Mahallalarda maishiy xizmat markazining 995 ta yangi shahobchasi barpo etildi. Mamlakat bo‘yicha 383 ta yangi mahalla guzarlari qurilib, ularga 20407, 6 mln so‘m mablag‘ sarflandi.

2003 yil 16 avgustda o‘tkazilgan umumxalq hasharida 27.158 mln kvadrat metr maydonlar obodonlashtirildi. Bu hasharda 12,5 mln aholi ishtirok etib, undan «Mahalla» jamg‘armasi va uning mahalliy bo‘limchalariga 1034 mln so‘m pul kelib tushdi. Mazkur mablag‘lar aholini ijtimoiy himoya qilishga ko‘maklashish, mahallalarda sport turlarini rivojlantirish sport majmualari qurish, turli kurik tanlovlar o‘tkazishga sarflandi: Mahallalarda «Obod mahalla» yilida 1720 km uzunlikda gaz quvurlari o‘tkazilib, 174 ta qishloq tabiiy gaz bilan ta’minlandi, 1277 km suv quvurlari o‘tkazilib, 350 qishloqqa suv etib bordi, 1384 ta mahalla, 74748 ta aholi xonadoniga telefon o‘tkazildi.



Yüklə 173,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin