4-Mavzu: O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishda o‘tish davri va taraqqiyot bosqichlari. Reja



Yüklə 173,1 Kb.
səhifə32/33
tarix02.01.2022
ölçüsü173,1 Kb.
#47039
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
1–Mavzu Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qu

uchinchidan, jamiyatning takomillashuvi, yangilanishi uchun kuchli va real siyosiy, iqtisodiy, madaniy imkoniyatlarni shakllantirish.

to‘rtinchidan, jamiyat a’zolari va tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlik asosida jamiyatning umumiy manfaatlarini uyg‘unlashtirish.

beshinchidan, jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar ta’sirini kuchaytirish, ularga ongli ravishda bo‘ysunish amaliyotini vujudga keltirish.

oltinchidan, siyosiy hokimiyatning o‘z vazifalarini to‘liq bajarishga kengroq va qulayroq imkoniyat yaratish, siyosiy hokimiyatga nisbatan jamiyat a’zolari ishonchini kuchaytirish, uning aholi tomonidan keng va faol-qo‘llab quvvatlanishiga erishish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

Mamlakatda kuchli demokratik jamiyat barpo etish maqsadida davlat hokimiyati vakolatlari ni kamaytirish, ya’ni davlat hokimiyati tasarrufida asosan, Konstitutsion tuzumni, mamlakatning mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq tartibot, mudofaa qobiliyati ni ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklarini, mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat erkinligini himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish, samarali tashqi siyosat olib borish kabi vazifalarni qoldirish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek strategik ahamiyatga molik masalalar, muhim iqtisodiy va xo‘jalik masalalari, pul va valyuta muommolasi bo‘yicha qarorlar qabul qilish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining huquqiy shart- sharoit larini yaratish ekologiya masalalari umumrespublika transport va muhandislik kommunikasiyalarini rejalash tirish, yangi tarmoqlarni vujudga keltiradigan ishlab chiqarishni barpo etish masala-lari davlat miqyosida hal etilishi, davlatning boshqa barcha vazifalarni bajarishga doir vakolatlari esa mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organ lari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlariga berib borish jarayonlari boshlandi. Shuningdek davlat organlari faoliyatini nazorat qilish vakolatlarini ham asosan o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga berish belgi-langan. Nodavlat, notijorat tashkilotlar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish uchun avvalo manfaatlar va ijtimoiy manfaatlar tushunchasini o‘rganish talab etiladi. Ijtimoiy-siyosiy munosabatlarda ijtimoiy manfaatlarni hisobga olish, turli qatlamlar va guruhlarning siyosiy ehtiyojlari hamda manfaatlarini uyg‘unlashtirish, ularni qondirishning ahamiyati demokratik fuqarolik jamiyati takomillashib borgani sayin yanada kuchayadi. Ma’lumki, manfaatlar - individlar va guruhlarning ijtimoiy hatti – harakatlarining belgilovchi sabablaridir. O‘z vaqtida Tomas Gobs: «Hokimiyatga intilish inson hulqini harakatga keltiruvchi kuchlarning dushmanligi-shaxsiy manfaatlarning mantiiqiy natijasidir» -deb ko‘rsatgan edi. Gegel esa: «Inson o‘z ozodligini hayotga tatbiq qilishi lozim, bu uning bosh manfaatlarini tashkil qiladi, uning faoliyati shundan tashkil topadi. Manfaat–men faqat harakatlanuvchi, mening harakatlanishimning sub’ektiv irodasidir, shuningdek, manfaatli bo‘lish shunga tengki, men harakat qilayotganimda men ishtirok etishim lozim», - deb ko‘rsatgan edi. Fuqarolarning ma’lum ijtimoiy guruhga mansubligidan kelib chiqib, nodavlat va notijorat tashkilotlarga uyushishi natijasida manfaat uyg‘unlashuvi ro‘y beradi. Shaxsning qanday ijtimoiy guruhga a’zoligi uning manfaatlaridan qay biri ustuvor va barqaror ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqadi, u o‘zi uchun muhimroq bo‘lgan ijtimoiy guruhga a’zo bo‘ladi. Ana shunday ahamiyatli guruhlar ta’siri ijtimoiy tuzilmalar irodasini ifodalaydi. Bunday guruhlar manfaatlarini hukumat doimo e’tiborga olishi lozim. Institutlashgan ijtimoiy guruhlar shaklini olgan manfaatlar guruhlari turli mamlakatlarda ularning tarixiy tajriba va an’analaridan kelib chiqib, turlicha nomlanadi. Masalan, AQSH da manfaat lar guruhlari fuqarolik institutlari, volontyorlar tashkilotlari, umumiy manfaatlar guruhlari, bosim o‘tkazish guruhlari deb atalsa, G‘arbda nodavlat, notijorat tashkilotlari, xayriya tashkilotlari, jamg‘armalar kabi nomlar bilan ataladi. G‘arb sotsiologiyasida esa bu tashkilotlar manfaatlar guruhlari nomi bilan keng tarqaldi. O‘zbekistonda esa mustaqillikningilk davridan boshlab bu tashkilotlar jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ijtimoiy tashkilotlar nomi bilan keng ommalashdi. Nodavlat, notijorat tashkilotlar fuqarolarning ixtiyoriy birlashmasidir. Ular siyosiy partiyalardan farq qilib, hokimiyatni egallash, lavozimlarga nomzodlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanmaydilar. Lekin ular hukumat va boshqa siyosiy tashkilotlarga ta’sir qilish uchun harakat qiladilar. Bu sohadagi faoliyat siyosiy tashkilotlar vositasisiz bo‘lishi lozim. Shuningdek, siyosiy partiyalar faoliyatining muhim hususiyatlarini tahlil qilish nodavlat, notijorat tashkilotlar guruhlari, turli birlashmalar tashkilotlarning faoliyati va harakat doirasini o‘rganmay turib, amalga oshmaydi. Lekin klassik demokratik nazariyalarda siyosiy guruhlarning maqsadlari ma’lum bir siyosiy yo‘lni amalga oshirish uchun hokimiyatni egallash hisoblangan bo‘lsa, manfaatlar guruxlarining maqsadi siyosatga ta’sir ko‘rsatishdan iboratdir deb ifodalangan. Siyosiy partiya asosan turlicha siyosiy manfaatlar, ko‘rsatmalar va yo‘nalishlarga ega bo‘lgan kishilarni birlashtirsa, manfaatlar guruhlari ko‘proq o‘z a’zolari uchun xos bo‘lgan manfaatlar, asosan bir yoki bir necha muammolarni hal qilishga o‘z diqqat e’tiborini qaratadi. Nodavlat, notijorat tashkilotlari-fuqarolik jamiyati institutlari samarali raqobat yo‘llarini va siyosiy jarayonda ommaviy tarzda qatnashish usullarini shakllan tiradi. Ular o‘z manfaatlarini himoya qilgan holda davlatning u yoki bu sohadagi siyosati harakatlarini muvozanatda saqlab turish imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Shuningdek nodav lat, notijorat tashkilotlar har biri alohida fuqaro, shaxsga, siyosiy etakchiga ta’sir o‘tkaza olish va unga siyosatda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi.

2. Demokratik jamiyat qurishga doir islohotlar fuqarolik jamiyati institutini shakllantirish, siyosiy partiyalarning mustaqil tashkilot sifatidagi maqomini oshirishga yo‘naltirilgan. 2004 yilda bo‘lgan saylovlarda siyosiy partiyalarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatishining to‘la huquqlar berilishi xalq deputatlari kengashlari-vakillik organlaridan esa bu kabi huquqning olib qo‘yilishi partiyalarning jamiyatda tutgan o‘rnini yanada yuksak ko‘tarishga qaratilgandir.

O‘zbekistonda Mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyatining muhim instituti bo‘lgan siyosiy partiyalarning demokratik tamoyillar asosida faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan barcha huquqiy asoslar Konstitutsiya va qonunlarda o‘z ifodasini topdi. Jumladan: «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida» gi qonunda siyosiy partiyalar tuzish, ularning faoliyat ko‘rsatish prinsiplari, partiyaga a’zolik, siyosiy partiya faoliyatining kafolat lari, ustavi, ro‘yxatga olish, partiyalarning mulkiy munosabatlariga doir barcha huquqiy maqomlari mujassamlashgan.

O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimini qaror toptirishning kafolatlaridan biri ga aylandi. Mazkur qonunlarga binoan siyosiy partiyalar fuqarolarning siyosiy irodasi shakllanishini ta’minlash uchun erkinlik huquqiga ega bo‘ldilar, partiyalarning o‘zaro huquqiy tengligi, shuningdek, ularning jamiyat oldidagi ma’suliyati qonunlash tirildi. Saylovlarni ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazish oddiy bir demokratik qadriyatga aylan di. Mamlakatda fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan demokratik siyosiy tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, uning demokratik prinsiplari, siyosiy tizimni rivojlantirish masalalari Prezidentning Birinchi chaqiriq Oliy Majlisning VI va XIV sessiyalari, Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning I, VIII va IX sessiyalaridagi ma’ruzalarida, shuningdek «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolat lari» nomli asarida, uning Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi (2005 yil 28 yanvar) da nazariy va konseptual jihatlardan asoslab berildi.

Hozirgi o‘tish davri va demokratik mezonlar har bir siyosiy partiyani mustaqil institut sifatida o‘z ijtimoiy bazasi bo‘lgan ijtimoiy tabaqalar manfaatlari va dunyoqarashiga mos harakat dasturlariga ega bo‘lish, siyosiy plyuralizmni shakllantirib, turlicha qarashlar raqobati va musobaqasi asosida fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun zamin tayyorlashni talab etmoqda.

Hozirgi paytda Respublikada 306 ta Respublika ahamiyatiga molik jamoat birlashmalari faoliyat ko‘rsatib, ulardan 64 tasi xalqaro tashkilot lar maqomiga ega. Ulardan 48 tasi jamg‘arma, 78 tasi jamiyat, 5 tasi siyosiy partiya, 42 federatsiya, 16 kasaba uyush masi, 2 tasi ijtimoiy harakat, 20 tasi markaz, 48 tasi assotsiatsiya 20 tasi uyushma, 5 tasi qo‘mita, 22 tasi turli nomlarda rasmiy ro‘yxatdan o‘tganlar. Shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan 2237 ta jamoat birlash malari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Hozirgi davrda O‘zbekistonda 5 ta siyosiy partiya. O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, O’zbekiston Ekologik partiyasi hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi faoliyat ko’rsatmoqda ( qarang 5 –ilovada).

Oliy Majlisda O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasining 28 ta, O‘zbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasining 10 ta, «Milliy tiklanish» demokratik partiya sining 18 deputatdan iborat partiya fraksiyalari qonun chiqarish jarayonlarida faol qatnashmoqda. Mustaqillikning dastlabki davrlarida O‘zbekiston «Mahalla» hayriya jamg‘armasi tashkil topdi. O‘tish davri ichida «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro nohukumat hayriya jamg‘armasi «Ekosan» xalqaro va «Salomatlik» jamg‘armasi, xalqaro «Amir Temur» jamg‘armasi, xalqaro «Imom Buxoriy» jamg‘ar masi, «Oltin meros» jamg‘armasi, Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamg‘armasi, «Xalq birligi» harakati, «Nuroniy» jamg‘armasi, O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Ijtimoiy fikr ma rkazi». Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar Palatasi, Milliy Matbuot markazi, Baynalminal madaniy markazi, «Ustoz» jamg‘armasi, O‘zbekiston tadbirkor «ayollar» uyushmasi, «Ayol va salomatlik», ayollarning «Mehr» tashkiloti, Ayollar resurs markazi, «Ayol va jamiyati» instituti kabi xotin-qizlar muammolarini echish va ular manfaat larini ifodalaydigan nodavlat tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekistonda BMT ning rivojlanish dasturlari asosida o‘nlab xorijiy tashkilot lar faoliyat ko‘rsatmoqda. SHuningdek, «Britaniya kengashi», Kondrat Adenauer jamg‘arma sining Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha vakolatxonasi, Fridrix Ebert jamg‘armasi vakolatxonasi. Ta’lim va tillar o‘rganishda hamkorlik qilish bo‘yicha Amerika Kengashi (AKSELS), Yunesko vakolatxonasi, Germaniyaning «Gyote instituti», Fransiyaning «Al yans Franse» kabi o‘nlab xorijiy mamlakatlar nodavlat tashkilotlari vakolatxonalari filiallari O‘zbekistonda faoliyat yuritmoqda.

3. Nodavlat, notijorat tashkilotlarning funksiyalari turli tumandir. Lekin ular ning asosiy funksiyalaridan biri turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatlarini birlashtirishdan iboratdir. Guruhlar a’zolarining ayrim olingan manfaatlari siyo siy jarayonlarga manfaatdor guruhlar vositasida aniq, bir tizimga solingan talablar tarzida tatbiq etadi. Shuningdek, nodavlat, notijorat tashkilotlar ko‘plab ayrim manfaatlarni agregatsiya qilish (munozaralar va muhokamalar yordamida turli manfaatlarni uyg‘unlashtirish va ular o‘rtasida ma’lum bir munosabatlar tizimini) ham amalga oshiradi.

Nodavlat, notijorat tashkilotlar tomonidan ma’lum bir ijtimoiy guruhning turli manfaatlari bir tizimga solinib, ularning keng jamoat chilik xohish irodasi sifatida davlat va hukumat organlariga etkazilishi, siyosiy qarorlar qabul qilish muhim ahamiyatga ega. Bunda ko‘plab manfaatlar guruhlari va ijtimoiy qatlamlar o‘rtasida kelishuv va muvofiqlashuv ruy beradi. Shuningdek, manfaatlar guruhlari faoliyatida keng ishtirok etish uning a’zolari huquqiy siyosiy madaniyatlarining shakllanishiga, demokratik sharoitlarda jamoat ishlarida faol ishtirok etishlarini rag‘batlan tirishga amaliy tajriba sifatida katta yordam beradi. Nodavlat, notijorat tashkilotlar ichida faqat siyosiy partiyalargina, siyosiy faoliyat bilan bevosita shug‘ullanishi mumkin. Siyosiy partiyalarning davlat bilan xalq o‘rtasidagi munosabat larida turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning siyosiy manfaatlarini va irodalarini ifodalashi muhim ahamiyat kasb etadi. Siyosiy manfaatlar deb, ijtimoiy faoliyat sub’ektlarining o‘z holatini siyosiy kurash vositasida barqarorlashtirish hamda yaxshi lashni ob’ektiv va sub’ektiv imkoniyatlarini anglashiga aytiladi. Siyosiy manfaatlar sub’ektlari asosan ijtimoiy qatlamlar, individ va tashkilotlardan iboratdir. Ijti moiy qatlamlar sinfiy, etnik, kasbiy, hududiy, demografik, mehnat jamoasi ko‘rinish lariga ega bo‘ladi. Siyosiy manfaatlar harakteri tuzumga nisbatan turlichadir. Siyosiy manfaatlar tuzumini o‘zgartirish, uni modernizatsiya qilish, shuningdek, mavjud tuzumni barqaror saqlashga yo‘nal tirilishi mumkin. Ijtimoiy taraqqiyotga nisbatan mafaatlar ning harakteri progressiv, reaksion va mo‘‘tadil shakllarda ifodalanadi. Hozirgi davrda AQSH da tadbirkorlar manfaatlarini ifoda etuvchi manfaatlar guruhlari uyush malarga a’zo bo‘lib, Mustaqil Biznes Milliy Federatsiyaga birlashganlar. Germaniyada esa nemis kasaba uyushmasi federal birlashmasi, nemis ish beruvchilar federal birlash masi, Germaniya sanoatchilari federal birlashmasi, soliq to‘lovchilar uyushmasi, Demok ratik olimlar uyushmasi, nemis sport uyushmasi kabi bir qancha manfaatlar guruhlari faoliyat ko‘rsatadi. Hududiy, mintaqaviy va federal darajalarda, vrachlar, madaniyat arboblari, turli iste’molchilar uyushmalari va tashki lotlar faoliyat ko‘rsatadi. Germaniyada 4-5 ming ana shunday birlashmalar faoliyat yuritmoqda. Boshqa rivojlangan mamlakatlarda ham manfaat guruh lari jamiyatning asosiy qismini tashkil etadi. AQSHda 1 mln dan ko‘proq nodavlat notijorat tashkilot lar faoliyat ko‘rsatadi. Ularda Amerika aholisining 7,8 foizi xizmat qiladi.

AQSHda aynan jamoat tashkilotlari sog‘liqni saqlash ta’lim, madaniyat, san’at va fuqarolarni ijtimoiy ta’minlash va muhofazalash sohasida davlatning asosiy hamkori hisoblanadi.

Rivojlangan 22 ta mamlakatda ish bilan band aholining 4,9 foizi bevosita nodalat sohasida mehnat qiladi. Bu ko’rsatkich Niderlandiyada-12,4%, Irlandiyada -11,5%, Belgiyada- 10,5%, Isroil da 92%, Avstraliyada 7,2%, Buyuk Britaniyada 6,2% tengdir. Keyingi 10 yil ichida ijtimoiy-siyosiy hayotda nodavlat, notijorat tashkilotlar va siyosiy partiyalar o‘rtasidagi munosabatlarda ma’lum o‘zgarishlar yuz berdi. Partiyaviylikka intilishning susayishi sababli ko‘plab kishilar manfaatdor guruhlarining o‘sishi tezlashdi. Nodavlat, notijorat tashkilotlarning hokimiyatga dahldor maqsadlari, parlament vositasida hal qilinishi lozim bo‘lgan muam molar faqat partiyalar bilan hamkorlikda bajarilishi yoki hal bo‘lishi mumkin.

Demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridan biri, bu ko‘ppartiya-viylik bilan bir qator da o‘z a’zolarining, yuksak siyosiy madaniyatiga tayangan manfaatlar guruhlari ning mavjudligi, ularning jamiyat va davlat ning barcha institutlari bilan o‘zaro teng huquqlilik asosida munosabatda bo‘lishidir (9 ilovaga qarang). Siyosiy partiyalar o‘z o‘rnida nodavlat notijorat tashkilotlarining turli manfaatlarini birlashtiradi, o‘z manfaatlari yo‘lida bu guruhlardan foydalanadi va hamkorlik qiladi.

4. O‘zbekistonda davlat mustaqilligi e’lon qilingan dastlabki yillardan boshlab, mamlakat Prezidenti boshchiligidagi hukumat fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish maqsadidan kelib chiqib, nodavlat notijorat tashkilotlarni demokratik tamoyillar asosida isloh etishga muhim e’tibor berib kelmoqda.

Mustaqillik davridagi demokratik islohotlar natijasi o‘laroq, 1992 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan barcha qonunlar majmuasi mamlakatimizda demokratik o‘zgarishlarni chuqurlashtirish orqali fuqarolik jamiyatini qurishga qaratilgan.

Ayniqsa Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning VIII sessiyasida qabul qilingan «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsip lari to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunning 2-moddasiga binoan demokratik islohot larni chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga doir qonun hujjat larini takomillashti-rishning asosiy prinsiplari quyidagicha ifodalandi:

qonun ustuvorligini, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud tarmoqlari o‘rtasida muvozanati, ulardan har birining haqiqiy mustaqilligini ta’minlash:

xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari asosida inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarini ta’minlash:

siyosiy hayotning, davlat va jamiyat qurilishining, barcha jabhalarini izchil erkinlashtirish:

nodavlat notijorat, jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa demokratik institutlari yanada mustahkamlanishi hamda rivojlanti rilishi uchun kafolat va sharoitlarni ta’minlash:

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini har tomonlama mustah kamlash va davlat hokimiyati markaziy organlarining vakolatlarini joylardagi boshqaruv organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish, ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan mudofaa va havfsizlikni ta’minlovchi tuzilmalar faoliyati ustidan jamoat nazorati mexanizmini shakllantirish va kuchaytirish

Mustaqillik davrida mamlakatda demokratik jamiyat qurishning huquqiy asoslari yaratildi. Konstitutsiyaning g‘oyalari, maqsadlari, ruhi, uning har bir qoidasi BMT ning «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi», asrlar mobaynida ilg‘or va etakchi mamla katlarda shakllangan demok ratik qadriyatlar, milliy davlatchilik, shuningdek, bir necha ming yillardan buyon avloddan avlodga meros bo‘lib kelayotgan milliy va Sharqona davlat, hamda jamiyatni adolatli idora etish, mamlakatni boshqarishda xalqning ham bevosita ishtirok etishi an’analarini o‘zida mujassam lashtirdi.

Milliy mustaqillikning dastlabki davridayoq mamlakatda fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lida uning institutlaridan biri bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarning erkin va mustaqil faoliyat yuritishlari katta ahamiyatga egadir. Konstitutsiyasining alohida «Jamoat birlashmalari» deb nomlangan bobi Respublikada fuqarolik jamiyati va ko‘ppar tiyaviylik tizimini qaror toptirish uchun ham huquqiy, ham amaliy jihat lardan shart-sharoitlar yaratdi. Unga binoan jamoat birlashmasi, kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar kabi tushunchalarga huquqiy aniqlik kiri tildi. Endi ular demokratik talqinlar asosida ta’riflana bosh landi. Ayniqsa Konstitutsiyaning 58-moddasidagi «Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etili shini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlash malari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi». 34-moddadagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalari, siyosiy partiya larga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish,

(7 ilovaga qarang ) ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek, hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas», degan fuqarolik jamiyat mustaqilligini ta’minlashga doir huquqiy prinsipning e’tirof etilishi Respublikaning O‘zbekistonda saylov tizimi uchun Konstitutsiyaning «Saylov tizimi» deb nomlangan bobining 117 moddasiga binoan respublika «Fuqarolari erkin ravishda vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar».

Hozirgi davrga kelib, O‘zbekistondagi nodavlat, notijorat tashkilotlar, jamoat tashkilotlari va siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari O‘zbekiston Respub likasining jamoat birlashmalari to‘g‘risida» gi qonun (1991 yil fevralda qabul qilingan, 1997 yil aprelda esa qushimcha, o‘zgartirishlar kiritilgan) O‘zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida» gi qonun (1992 yil, iyun), O‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonuni, (1996 yil noyabr), O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi yangi taxriridagi qonuni (1999 yil, aprel) O‘zbekiston Respublikasining «Nodavlat, notijorat tashkilotlari to‘g‘risida» gi qonuni (1999 yil aprel), O‘zbekiston Respubli kasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» yangi taxrirdagi qonuni (1998 yil may) kabilar bilan muvofiqlashadi.

Oliy Majlis tomonidan 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan «Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga binoan «Nodavlat notijorat tashkiloti-jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari o‘rtasida taqsim lamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir. Nodavlat, notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, hayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi.

O‘zbekistonda amaldagi qonunchilikka binoan nodavlat notijorat tashkilotlariga quyidagi huquqlari berilgan.

o‘z a’zolari va qatnashchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.

ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish.

davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish.

o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatish.

ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish hamda belgilangan tartibda nashrlik faoliyatini amalga oshirish:

ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish.

o‘z ramziy belgilarini ta’sis etish.

o‘z faoliyatiga talluqli masalalar yuzasidan yig‘ilishlar, konferensiyalar o‘tkazib turish.

qonun hujjatlariga muvofiq vakolatlar ochish va filiallar tashkil etish.

Mamlakatda «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» konseptual siyosiy dasturni amalga oshirish maqsadlaridan kelib chiqib, markaziy davlat organlarining ayrim vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich berib borish asosida jamiyat qurilishini erkinlash tirish jarayonlari boshlandi», «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» konseptual siyosiy dasturni bajara borib, siyosiy hokimiyat organlarining mahalliy tizimini mustaxkamlash, ularga markaziy hokimiyat vakolatlarini berib borish asnosida nomarkazlashtirish islohotlarini o‘tkazish, bu sohadagi ijroiya hokimiyat tizimlarini vakillik organlari va nodavlat, jamoat tashkilotlari tomoni dan kuchli nazorat etish mexanizmlari va huquqiy asoslarini yaratishga doir islohotlarni amalga oshirish ham fuqarolik jamiyatini qurish talablaridan biridir.




Yüklə 173,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin