«Bankovskiy menedjment» darsligi muallifi P.S. Rouz2 risklarga kengrok tushuncha berib, u bank risklarini kuyidagi oltita asosiy turga ajratadi:
kredit riski;
foyda olmaslik riski;
likvidlik riski;
foiz riski;
tulay olmaslik riski;
bozor (rakobat, talab va taklif, inflatsiya va x.k.) riski.
Bank uchun ikkinchi darajada bulgan risklar tarkibiga P.Rouz siyosiy, suiiste’mol va valyuta risklarini kiritadi.
Shunday kilib, bank faoliyati turli tuman risklarga boglik bulib, ular «Bank tomonidan berilgan kredit uz vaktida kaytib keladimi?, «Keyingi oyda depozitlar salmogi oshadimi?, «Bank aksiyasining baxosi va bank foydasi oshadimi?, «Keyingi oyda (kvartalda) foiz stavkalari kanday buladi, ular bank foydasiga kanday ta’sir kursatadi?» kabi extimollik, tavakkalchilik bilan boglik xolda faoliyat olib boradilar. Shu xolatlarning taxliliga asoslangan xolda bank mablaglarni investitsiya kiladi, ijobiy natijaga erishishni maksad kilib kuyadi.
Kelib chikish sabablariga kura risklar ikkiga bulinadi: