4.18-rasm. Alyumihiy qirindilarini yog‘sizlantirish va quritish liniyasi:
1-bunker; 2-plastinkasimon oziqlantiruvchi; 3-elak; 4, 8-elevator; 5-quritish barabani; 6-oqizish navi;
7- barabansimon elak; 9-temirni ajratish moslamasi;
10-qirqichli transpartyor.
yog‘ va boshqa organik aralashmalarni yonishi yuz beradi. Shu bilan birga metall qisman oksidlanadi va kuyadi. Quritgich mazut yoki tabiiy gaz bilan isitiladi. Turli metall asosli qirindilarni yog‘sizlantirish liniyasining texnik xarakteristikasi quyidagi 4.1-jadvalda keltirilgan.
4.1–jadval.
Turli metall asosli qirindilarni yog‘sizlantirish liniyasining texnik xarakteristikasi
Ko‘rsatgichlar
|
Alyuminiy asosli, %
|
Bronza-latun asosli, %
|
Dastlabki qirindi tarkibi: %:
suv
|
20 gacha
|
10-16
|
moylovchi-sovutuvchi suyuqlik
|
12-18
|
10-16
|
erkin temir
|
8 gacha
|
10 gacha
|
tuproq chiqindilari
|
6 gacha
|
4 gacha
|
Harorati: 0S:
kuydirish
|
350-400
|
300-350
|
barabanga kirishdagi qirindilar
|
700 gacha
|
700 gacha
|
barabandan chiqishdagi qirindilar
|
200 gacha
|
200 gacha
|
ajralayotgan gazlar
|
200
|
200
|
Qirindilarni yog‘sizlantirishda va quritishda minimal oksidlanishni va 0,05 foizdan kam tarkibli qoldiq yog‘larni hosil bo‘lishini Intal (Buyukbritaniya) qurilmasi ta’minlaydi. Bu quril ma (4.2-rasm) uchta seksiyadan tashkil topgan barabanga ega; birinchi seksiyada yoqilg‘ini yoqish hisobiga qirindilar isitiladi, ikkinchisi issiqlik izolyasiyasiga (shamotli qoplama) ega, uchinchisini qoplamasi yo‘q. Shunga mos holda, qirindiga ishlov berish jarayoni uchta bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda, qirindi 400-500C haroratgacha qizdirilganda, namlik bug‘lanadi va qisman yog‘ yonadi. Ikkinchi zonada quritish jarayoni tugallanadi va uchinchi bosqichda qabul qilgich tomondan kelgan havo bilan qirindi sovitiladi.
Qirindilarni sovitishda havo qiziydi va ikkinchi qismga (bo‘lim) o‘tib, u erdagi yog‘ va suv bug‘larini birinchi qismga olib o‘tadi. Bu erga yog‘ bug‘lari qisman yonadi, aralashmani qolgan qismi oxirigacha yoqish kamerasida yonib ketadi. Qirindilarni oksidlanishini oldini olish uchun barabanni birinchi qismida tiklanuvchi atmosfera ushlab turiladi.
Dostları ilə paylaş: |