4. Metall temir-tersaklari va ularni chiqindilarini yig‘ishni tashkil qilish



Yüklə 4,63 Mb.
səhifə8/16
tarix20.11.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#166541
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Metallarresiklingi4-bob

4.11-rasm. Parchalash apparati
Parchalash apparatlari umumiy qo‘llaniladigan va maxsus qo‘llaniladigan turlarga bo‘linadi. Birinchi turga: bolg‘ali, rotorli drobilkalar, tegirmonlar, rotor maydalagichlar va boshqalar kiradi. Ikkinchi turga: paketlarni titish, qirindi maydalaydigan apparatlar kiradi.
Paketlashdan maqsad engil massadagi, ixcham bo‘lmagan temir-tersak va chiqindilarni belgilangan massali, o‘lchamli, zichlikli paket ko‘rinishiga keltirish. Bu materiallarni metallurgik agregatlarga, pechlarga yuklash oson va metallarni isrofgarchiligi minimal darajaga kamayadi, bundan tashqari ularning tashish uchun sarflanadigan transport xarajatlarini kamaytiradi. Paketlash bo‘lak-bo‘lak temir-tersaklar, radiatorlar, trubalar, kabellar, dvigatel cho‘lg‘amlari, ishlab chiqarish chiqindilari ustida olib boriladi. (4.12- rasm.)

4.12-rasm. Paketlash dastgihi

4.13-rasm. Paketlangan mahsulot
Paketlash jarayoni quyidagi operasiyalarni o‘z ichiga oladi: temir-tersak va chiqindilarni qabul qilish va tayyorlash, pressga temir-tersak va chiqindilarni yuklash, paketlash, press kamerasidan paketni chiqarish, tayyor paketlarni itarib yuborish.
Korxonalarda qo‘llaniladigan kichik quvvatdagi B-132 paketpress mashinasida 300x400x650 mm o‘lchamli, 40-50 kg alyuminiy, 75-80 kg mis, minorali pechlar uchun 400-600 kg temir temir-tersak va chiqindilarini presslab paket holiga keltiradi.

4.14-rasm. B-132 paketlash presslash sxemasi
a-xom ashyonin yuklash; b-qopqoqni yopish;v, g-paketlash; d-paketni itarib yuborish.

B-132 paketlash pressida operasiyalarni ketma-ket bajarilishi quyidagicha amalga oshiriladi (4.14-rasm): yuklash qutisi (1) dan gidrosilindrlar yordamida xom ashyo press kamera (2) ga beriladi. Gidrosilindr (4) yordamida press-kamera qopqog‘i (3) harakatga keltirilib yopiladi. So‘ngra press-kameradan chiqib qolgan, ortishga chiqindilar, qopqog‘ni yon va old tomonlariga mustahkamlangan pichoqlar yordamida qirqib tashlanadi. Gidrosilindr shtoklariga mustaxkamlangan bo‘ylama (5) va ko‘ndalang (6) zichlash qurilmalari yordamida paketlanadi. Presslash jarayoni tugagandan so‘ng, shiber ochiladi va hosil bo‘lgan paket gidrosilindr (7) yordamida press-kameradan itarib yuboriladi.




Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin