4. Metall temir-tersaklari va ularni chiqindilarini yig‘ishni tashkil qilish


-rasm. Barabansimon g‘alvirning yon va old tomondan ko‘rinishi



Yüklə 4,63 Mb.
səhifə6/16
tarix20.11.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#166541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Metallarresiklingi4-bob

4.8-rasm. Barabansimon g‘alvirning yon va old tomondan ko‘rinishi.

Tekis tebranuvchan g‘alvirlar elash mexanizmini ilgarilama-qaytar harakat qilishi bilan birga materiallarni titadigan va g‘alvirni eng pastki qismini ham aralashtiradigan, uzilib turuvchi turtki berishi natijasida ishlaydi.


G‘alvirlarning ishchi yuzalari. Galvirlarning ishchi yuzalari ularning konstruksiyalari ishlash sharoitiga bog‘liq. Ishchi yuzalari sifatida panjaralari, varaqsimon g‘alvirlar, to‘qima elaklardan foydalaniladi (4.9-rasm):



4.9-rasm. G‘alvirlarning ishchi yuzalari.

1. Panjaralar yirik va ba’zida o‘rta g‘alvirlash jarayonlarida qo‘llaniladi. Panjaralar sterjenlar va kolosniklardan yig‘iladi.


2. Varaqsimon g‘alvirlar o‘rta g‘alvirlash jarayonlarida ishlatiladi. Ular po‘latdan yasaladi va listlarga xar xil shakllar bilan shtamplanadi. Listning qalinligi 4-6 mm bo‘lib shtamplangan shakllarning o‘lchami 10 mm bo‘ladi. SHtamplangan shakllari 30-60 mmlik listlar uchun qalinligi 8-10 mm bo‘lishi kerak. So‘ngi vaqtlarda rezinali varaqsimon g‘alvirlar ishlatilmoqda . Ular ishqalanishga chidamli va shovqinni kamaytiradi.
3. Metall sim tolalaridan to‘kilgan g‘alvirlar. Ular mayda g‘alvirlash jarayonlarida qo‘llaniladi. Metall sim tolalari po‘lat, latun, mis, bronza va boshqa xil metallardan yasaladi.
4. Tajribada katta bo‘laklarni maydalaridan to‘lig‘icha (100 foizgacha) ajratib bo‘lmaydi. Elakdan o‘tmay qolgan xom ashyoda qisman bo‘lsada, mayda mahsulotlar qoladi.
Katta bo‘klarni kichiklaridan ajralganini son bo‘yicha aniqlash bilan g‘alvirlash samaradorligi belgilanadi. g‘alvirlashning asosiy ko‘rsatkichlari - ish unumdorligi va samaradorlikdir. Bu ko‘rsatkichlar doimo bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladi. Odatda g‘alvirlashning ish unumdorligi g‘alvirning kengligiga, sama-radorligi uning uzunligiga bog‘liq.
G‘alvirlash jarayonlariga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
1. Materialning namligi yuqori bo‘lganda mahsulot to‘qimalari orasiga tiqilib qoladi va materiallarning yopishqoqligi ortadi. Odatda materialning namligi 10-12 foizdan yuqori bo‘lganda bunday xol yuz beradi. Shunda g‘alvirlashning samaradorligi birdaniga pasayadi. Bunday hollarda g‘alvirlash suvli muhitda o‘tkaziladi.
2. Donador xom ashyoning geometrik shakli g‘alvirlashga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. G‘alvirlashda eng samarali mahsulotlar - aylanasimon shaklli xom ashyolar hisoblanadi. Kub va ko‘p tomonli geometrik shakldagi xom ashyo o‘rtacha, uzunroq va yassi shakldagi xom ashyolar g‘alvirlashni qiyinlashtiradi.
3. G‘alvirning ishchi yuzasining qiyalik burchagi ortishi, to‘qimalar orasidagi o‘lchamni kamaytiradi va materialning xarakat tezligi ortishi natijasida mahsulotning elanmasdan o‘tishi yuzaga keladi. Shuning uchun qiyalik burchagi eksperimentlar o‘tkazishlar natijasida belgilanadi.

Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin