4. Metall temir-tersaklari va ularni chiqindilarini yig‘ishni tashkil qilish


Metall temir-tersaklari va ularni chiqindilariga



Yüklə 4,63 Mb.
səhifə3/16
tarix20.11.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#166541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Metallarresiklingi4-bob

4.2. Metall temir-tersaklari va ularni chiqindilariga
birlamchi ishlov berish
Temir-tersak va chiqindilarni birlamchi ishlov berish deyilganda ularni metallurgik qayta ishlash uchun effektiv holatga keltirish tushuniladi. Birlamchi ishlov berishga amartizatsion temir-tersaklar, zararlangan va tashishga noqulay chiqindilar tortiladi. Bu jarayon temir-tersak va chiqindilar yig‘ilgan joyda amalga oshiriladi.
Temir-tersak va chiqindilarni metallurgik jarayonlarga diqqat bilan va sifatli tayyorlash quyidagi imkoniyatlarni beradi:
1) yuqori texnika iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishiladi;
2) metallni isrof bo‘lishi minimal darajalarga kamayadi;
3) yuqilg‘i elektro-energiya, flyuslarni sarf bo‘lishi kamayadi;
4) metallurgik asbob-uskunalardan, transport vositalaridan effektiv foyda-laniladi;
5) ishlab chiqarish unumdorligi va olinayotgan metall va qotishmalarning sifati oshadi.
Metall temir-tersak va chiqindilariga birlamchi ishlov berishda quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi:
1) navlarga ajratish;
2) yirik bo‘laklarni kesish;
3) izolyasiyada tozalash;
4) paketlash;
5) briketlash;
6) parchalash;
7) maydalash;
8) quritish;
9) moydan tozalash;
10) qattiq muhitda boyitish;
11) elektromagnit ajratish;
12) qaynoq namlab bo‘laklash;
13) yog‘sizlantirish.
Qirindilar, akkumulyatorlar, elektrodvigatellar, tok o‘tkazuvchilarga birlamchi ishlov berish maxsus yo‘llarda olib boriladi.


4.3. Metall temir-tersaklari va ularni chiqindilarini
navlarga ajratish va qirqish
Bu jarayonda temir-tersak va chiqindilarni bir xil metallarga va qotishmalarga ajratiladi. Bunda ikkilamchi xom ashyoni ko‘z bilan tashqi ko‘rinishlari bo‘yicha va spektral maxsus asbob-uskunalar yordamida markalarga, ajratiladi. Ko‘rinishi bo‘yicha navlarga ajratish ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l kuchi yordamida bajariladi. Bu birlamchi ishlov berish jarayonlari ichida eng ko‘p mehnat talab qilinadiganidir.
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha navlarga ajratishda ikkilamchi xom ashyoni turli ranglaridan, turli belgilardan, nisbiy og‘irligidan, qattiqligidan, magnit xususiyatiga qarab ajratiladi. Rangi orqali temir, mis, alyuminiy va ularni qotishmalarini oson ajratish mumkin.
Bundan tashqari, rangli metallarni va qotishmalarini tashqi ko‘rinishiga qarab ajratish qiyin bo‘lgan hollarda, temir-tersaklarni tomchi yo‘li bilan tekshirish, spektral tahlil qilish va elektr asbob-uskunalar bilan ajratish mumkin. Turlarga saralashda maxsus asbob-uskunalardan: saralash stoli va konveyerdan foydalaniladi. Bo‘laklarining o‘lchamlari 250 mm dan katta bo‘lmagan xom ashyolarni navlarga ajratishda mexanizasiyalashtirilgan stollar qo‘llaniladi (4.2-rasm). U harakatlanmaydigan aylanma bortlariga quvurlar mustahkamlangan aylanuvchan disk shaklida bo‘ladi.
Qabul qilish bunkeri stolga xom ashyoni yuklanishini chegaralovchi zanjir bilan ta’minlangan. Bunkerga yuklangan aralash xom ashyo, stolni aylanishi natijasida ishchi aylana maydon bo‘yicha teng nisbatda taqsimlanadi. Saralangan material quvurlar orqali har qaysisi ma’lum bir turdagi temir-tersak va chiqindilarga mo‘ljallangan qabul qilish qutilariga tushadi. Yirik bo‘laklar tushganda bunker elektryuritma yordamida aylantiriladigan vint yordamida yuqoriga ko‘tariladi. Mexanizasiyalashtirilgan stol 6 quvurli, sig‘imi 1,9 m3 bo‘lgan qabul qilish bunkeri bilan jihozlangan. Stolni aylanish tezligi - 0,03 aylana/minutni tashkil qiladi va ishlab chiqarish unumdorligi 20 t/soatgacha bo‘ladi. Stolga 3-5 saralovchi xizmat ko‘rsatadi.


Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin