4. Metall temir-tersaklari va ularni chiqindilarini yig‘ishni tashkil qilish



Yüklə 4,63 Mb.
səhifə7/16
tarix20.11.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#166541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Metallarresiklingi4-bob

Elektromagnit ajratishga 450 mm gacha bo‘lgan temir-tersak va chiqindilarni qirindilari solinadi. Bu jarayondan maqsad ikkilamchi xom ashyolardan ferromagnit jismlarni va temir miqdori ko‘p bo‘lgan detallarni ajratishdir. Elektromagnit ajratgichlarni juda ko‘p turlari mavjud, bular konstruksiyasini o‘ziga xosligi va ishlatish maqsadiga ko‘ra farqlanadi. Elektromagnit ajratgichni biror turi tanlanganda, materialni yirikligi, temirni ajratib olishning kerak darajasi, ishlab chiqarish unumdorligi hisobga olinadi.
Temir-tersak va chiqindilarni elektr o‘tkazuvchanliklari bo‘yicha saralash ko‘p hollarda barabanli elektrostatik saralagichlar olib boriladi (4.10-rasm). Elektrostatik saralagichlarda elektr o‘tkazuvchi zarrachalar baraban elektroddan zaryad olib, undan qochadi. Dielektriklar esa o‘z og‘irlik kuchlari hisobiga traektoriyasini o‘zgartirmasdan, barabanga yopishib pastga tushadi. Saralashda to‘siqlarni moslab, zarrachalarni ajratadi olish mumkin (4.10.(a)-rasm).
Tojli saralagichlarda o‘tkazgichlar tojli elektrodda zaryadlanib, baraban elektrodida zaryadsizlanadi va undan qochadi. Dielektriklar esa, qoldiq zaryad hisobiga baraban elektrodga yopishib olib, u bilan birga aylanadilar, yarim o‘tkazgichlar esa dielektriklar bilan o‘tkazgichlar orasida to‘planadilar (4.10.(b)-rasm).
Tojli-elektrostatik saralagichlarda zaryadlanish zaryadsizlanish jarayonida o‘ziga tortuvchi elektrod ham qatnashadi (4.10.(v)-rasm). Tojli elektroda zaryadlangan o‘tkazgich zarracha baraban elektrodida zaryadsizlanib undan qochadi va qo‘shimcha manfiy zaryadlangan elektrodga tortiladi. Bu mineralning harakatlanish traektoriyasini kengaytirishga olib keladi.



4.10-rasm. Baraban saralagichlarning sxemalari:
a) elektrostatik; b) tojli; v) tojli- elektrostatik saralagichlar;
1-bunker; 2-baraban; 3-elektrod; 4-elektrod; 5-barabanni tozalash shetkasi.


4.5. Metall temir-tersaklari va ularni chiqindilarini
qattiq muhitda boyitish, parchalash, maydalash, paketlash va briketlash
Rangli metall temir-tersaklari va chiqindilarini ajratib olishni bu usulida mayda maydalangan og‘irlashtirgich (suspenzoid) suv bilan aralashtiriladi va suspenziya (zarrali eritma) hosil bo‘ladi. Bunda xom ashyo komponentlarini kichik zichlikdagisi suzib yuradi, og‘irlari cho‘kadi. Og‘irlashtirgich sifatida ferrosilitsiy, galenit, magnetit ishlatiladi.
Og‘ir muhitda ajratishga alyuminiy va uni qotishmalarini temir-tersak va chiqindilari, qo‘rg‘oshinli akkumulyator chiqindilari solinadi. Qo‘rg‘oshinli akkumulyator chiqindilarini bunday ajratishda og‘irlashtirgich sifatida akkumulyator shlaki ishlatiladi.
Alyuminiydan tayyorlangan quyma temir-tersak va chiqindilarda engil massali, gabariti katta temir-tersaklarda, kabel va tok o‘tkazuvchilarda, elektrodvigatel korpuslarida, stator cho‘lg‘amlarida, qo‘rg‘oshinli akkumulyator qirindilari, paketlangan metallarda parchalash va maydalash jarayonlari olib boriladi.
Parchalash mahsulotlarini o‘lchamlariga qarab yirik parchalash (250-300 mm), o‘rtacha parchalash (25-30 mm) va mayda parchalash (3 mm gacha) turlariga bo‘linadi (4.11-rasm).


Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin