Qirindilarni maydalash
Temir aralashmalarini ajratib olish va o‘ram-o‘ram qirindilarni uyma massasini oshirish uchun maydalaniladi.
Mis yoki alyuminiy tarkibli qirindilarni maydalash uchun bolg‘ali parchalash mashinasi bazasida tayyorlangan qirindi parchalaydigan mashinasi ishlatiladi. Qirindi parchalaydigan agregat bolg‘ali drobilka, tashlovchi va tituvchi moslama, lentali konveyerdan tashkil topgan (4.17-rasm).
4.17-rasm. SDA–7 qirindi maydalash agregati:
1-qabul qilish bunkeri; 2-tituvchi moslama; 3-iluvchi yulduzcha; 4-lentali konveyer; 5-bolg‘ali drobilka; 6-boshoqsimon panjara; 7-bolg‘alar; 8-qopqoqlar; 9-bo‘lak-bo‘lak materiallar uchun techkalar; 10-rotor.
O‘ram-o‘ram qirindilar qabul qilish bunkeridan tituvchi moslamadan titilgandan so‘ng, ilintirib oluvchi yulduzchasi bilan agregatga tortib oladi. Bunda qirindilar qisman parchalanadi. Lentali konveyer orqali qirindilar, drobilkani yuklovchi moslamasiga tashlanadi. Bu erda aylanuvchi bolg‘alarni zarbasi natijasida qirindi maydalanadi va boshoqsimon panjara orqali lentali konveyerga tushadi.
Maydalangan qirindilarni keyingi jarayonda moydan tozalanadi va quritiladi.
4.7. Rangli metallarning va qotishmalarining qirindilarini qayta ishlashda yog‘sizlantirish va quritish
Moydan tozalash gidrokimyoviy va termik moydan tozalash yo‘llariga bo‘linadi. Gidrokimyoviy tozalash o‘z ichiga qirindilarni shnekli aralashtirgichlarda yoki sentrifugalarda issiq (60-80С) ishqorli eritmalar bilan yuvishni o‘z ichiga oladi. Ishqorli eritma bilan yuvishdan so‘ng, qirindidagi namlik va moyni miqdori 0,2 foizdan oshmaydi. Eritma turli qattiq zarralardan va yog‘dan tozalangandan so‘ng yana jarayonga qaytariladi. Yuvilgan qirindilar metallurgik qayta ishlashga yuboriladi.
Qirindilarni termik yog‘dan tozalash va quritish liniyasi quyidagi texnologik bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1) sochiluvgan va maydalangan qirindilarni qabul qilish tuguni (oziqlantirgichli qabul qilish bunkeri);
2) quritishdan oldin tashqi o‘lchamlari standartga to‘g‘ri kelmaydigan mahsulotlarni va yot jismlarni ajratish uchun qirindilarni oldindan elash tuguni;
3) barabansimon quritgichdan, vozgonlarni oxirigacha yoqib tashlash kameralaridan, hamda gaz va chang tutgichlardan tashkil topgan yog‘dan tozalash va quritish tuguni;
4) metall kuyindilarini, tuproqqa aralashgan chiqindilarni, metallik changlarni elash va nazoratchi elash tuguni;
5) elektromagnit separatsiya turguni.
Uskunaning mahsuloti, tarkibida 1,0 foizdan ko‘p bo‘lmagan namlikka, shuncha miqdorda chang va er aralashmalariga, 0,4 foizdan ko‘p bo‘lmagan moylovchi-sovituvchi suyuqliklarga ega bo‘lgan qirindilar hisoblanadi. Temirni miqdori - alyuminiyli qirindilarda 0,2 foizdan, bronzali qirindilarda 0,3 foizdan, latunli qirindilarda 0,5 foizdan oshmasligi kerak. Magnitli separatsiyalashdan chiqqan temir konsentratida rangli metallarning miqdori 5 foizdan, er chiqindilarining miqdori 10 foizdan oshmasligi kerak.
4.18-rasmda alyuminiy qirindilarini yog‘sizlantirish va quritish liniyasi ko‘rsatilgan. Qabul qilish bunkeri 5-6 t qirindini qabul qiladi, bu liniyani soatlar davomida ishlab turishini ta’minlaydi. Qirindilar oziqlantirgich orqali bunkerga tushishdan oldin, elashga uzatiladi. Yirikligi 50-100 mm bo‘lgan panjara ostiga tushgan mahsulot, elevator orqali quritish barabaniga uzatiladi. Baraban ichida joylashgan spiralsimon moslama va uning 3-5С qiyaligi hisobiga, qirindilar yuklash moslamasi tomonga (qabul qiluvchiga) suriladi va natijada, metall kuyindilarini, er chiqindilarini va 3 mm sinfli metall changlarini ajratish uchun elakka tushadi. Liniyada tebranma elaklar ishlatiladi, chunki ular yuqori FIK (foydali ish koeffitsienti) ga ega.
Elakni panjarasi ustidagi mahsuloti elevator orqali elektromagnit separatorning qabul voronkasiga etkaziladi. Elektromagnit separatorda tayyor mahsulot ko‘rinishdagi, temirdan tozalangan alyuminiy qirindisi va tarkibida temir bo‘lgan konsentrat olinadi.
Tarkibida suv bug‘i, yog‘ va chang bo‘lgan yonish gazlari quritish barabanidan ajralgach, oxirigacha yoqilib, va chang tutgich sistemasida tozalangandan so‘ng, atmosferaga yo‘naltiriladi. Oxirigacha yoqish kamerasi - bir qator qizigan olovbardosh g‘isht to‘siqlaridan tashkil topgan va ushbu g‘ishtlarida to‘siqlarida yog‘ qoldiqlari yonib tugaydi. Quritish barabanida 300-450C haroratda namlik ajralib chiqishi, hamda
Dostları ilə paylaş: |