4 sinf ona tili darslarida matn yaratish. Mundarija



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə5/6
tarix20.11.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#163526
1   2   3   4   5   6
4 SINF ONA TILI DARSLARIDA MATN YARATISH.

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA
2.2.Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida mustaqil matn yaratish .
Ko‘nikmalarining shakllanishida topshiriqli mashqlar tizimida foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday topshiriqlar o‘quv maqsadiga ko‘ra 2 turga bo‘linadi;
1. Ta’limiy mashqlar. 2. Nazorat mashqlari.
Bajarilish o‘rniga ko‘ra sinf ishlari va uy ishlari farqlanadi.
Fikr ifodalash shakliga ko‘ra og‘zaki va yozma, analitik, analitik- sintetik va sintetik mashqlar uchraydi.
Bog‘lanishli nutqni rivojlantirishga qaratilgan mashqlardagi topshiriqlar tayyor va yaratilajak matnlar ustida olib boriladigan o‘quv faoliyatini o‘z ichiga oladi.
Analitik xarakterdagi tayyor matnlar ustida ishlashda quyidagi o‘quv topshiriqlaridan foydalanish mumkin.

  • tanlangan matnga sarlavha toping.

  • kirish so‘z (asosiy qismni, xulosani)ni ixchamlang;

  • berilgan matnda mavjud bo‘lgan imloviy xatolarni to‘g‘irlang;

  • gaplarda so‘z tartibi, tinish belgilarining ishlatilishida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzating.

  • uslubiy va imloviy xatoli matnlar ustida ishlang;

  • berilgan matndan kengaytirilishi (ixchamlanishi) mumkin bo‘lgan gaplarni toping va kengaytiring (ixchamlang).

  • berilgan matndan noo‘rin ishlatilgan so‘zlar, so‘z birikmalari, sitatalarni toping va bartaraf qiling;

  • berilgan matnga mos keladigan maqol, hikmatli so‘zlar, ibora va tasviriy ifodalar toping. Ularni matn tarkibiga kiriting;

  • berilgan matn bilan tuzatilgan (kengaytirilgan) matnni qiyosiy tahlil qiling;

  • nima uchun matnda berilgan so‘zni (so‘z birikma, ibora, tasviriy ifoda) almashtirganingizni isbotlang;

  • siz kiritgan tuzatish matn uchun zarurligini isbotlang v.h. ;

O‘quvchi ongida matn ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni ona tili ta’limida o‘ta muhim va ma’suliyatli davr bo‘lib, unda o‘quvchi monologik va diologik matn turlarini o‘rganish bilan birga matn ustida ishlash mahoratini egallashga ham yo‘naltiriladi. Matn ustida ishlash, avvalo, o‘quvchidan matn va uning turlari, matn qismlarining o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash, matn tarkibi, uning qurilishi, uslubi, tili haqida muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlikni talab qiladi. Matn bilan yuzma-yuz bo‘lgan 8-9-sinf o‘quvchisi uning qaysi matn turiga kirishini qiyinchiliksiz farqlashi, matnning tarkibiy qismlari – kirish, asosiy qism, xulosaning mavjudligi, matnning qaysi sohaga, qaysi janrga mansubligini bir qarashda bilishi lozim bo‘ladi. Quyida 5-9-sinflar ona tili ta’limida o‘rganiladigan monologik matn turlari va uning xususiy jihatlarining qisqacha tasnifi keltirildi:

  1. Rivoyat matn (Sharq faylasuflarining ilmiy merosi, axloqiy tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashlar, ibora, hikmatli so‘z va maqollarning kelib chiqishi, etimologiyasi talqini v.h.);

  2. Tasviriy matn (tevarak-atrof, daraxt, bino, gulzor, maktab bog‘i, oshxonasi, rasmlar, narsa-buyumlar tasviri v.h.);

  3. Muhokama matn (ilmiy asar, badiiy kitob, shaxsning individual xususiyatlari, yurish-turishi, xulqi-odobi, muomala-madaniyati, biror sohaga qiziqishi borasida munosabat bildirish v.h.);

  4. Ilmiy – grammatik matn. Ona tili fani bo‘limlari va mavzulari, ularning ilmiy talqini, kommunikativ jadvallar tasnifi (M., olmosh va uning turlari tasnifi v.h.);

  5. Ma’rifiy matn. Mashhur shaxslar hayoti, ilmiy-ijodiy faoliyatini elektron tasvir orqali yoritish, ularning tarjimai holi, yaratgan ilmiy yangiliklari, san’at asarlari madaniy merosi haqida to‘xtalish v.h.;

  6. Ixtisodiy matn. Muayyan kasb-hunar, ilm-fan, texnikaga oid xususiy atamalar ishtirokida, ma’lum maqsad (ma’lumot, axborot, ma’ruza) aniq soha yo‘nalishida yaratilgan matn v.h.;

  7. Munoshaot matnlari: Rasmiy hujjat matnlari, Shaxsiy hujjatlar; ariza, tilxat, bildirishnoma, shartnoma, qarordan ko‘chirma, taqriz..., Davlat hujjatlari; Litsenziya, sertifikat, guvohnoma, diplom....

  8. nazmiy matnlar: Bayt, to‘rtlik, sakkizlik, she’r, tuyuq, qo‘shiq, o‘lan, doston, poema, muvashshak v.h.

O‘quvchilarni matn yaratishga tayyorlashda uyadosh va ma’nodosh so‘zlar ustida ishlash ham alohida o‘rin tutadi. Ma’nodoshlar – yaratilgan matn tilini boyitish, badiiy bo‘yoqdor so‘zlarni tanlash, ularni iboralar bilan almashtirish, ularni o‘z matnida qo‘llashning eng ishonchli va mahsuldor usuli. Uning shakl va usullari nihoyatda xilma-xil. Ularning eng keng tarqalganlarini o‘quvchilarga eslatish, mavzuga oid ijodiy va mustaqil ishlar bajarish, masalan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinflari uchun yaratilgan elektron o‘quv qo‘llanmadagi “Leksikologiya” slaydidan foydalanib, ma’nodosh va uyadosh so‘zlar mavzusiga oid nazorat testlari tuzish o‘quvchilarni mustaqil matn yaratishga tayyorlashda o‘ta foydali o‘quv topshiriqlaridan hisoblanadi.
Bunday ijodiy – amaliy ishlar, og‘zaki va yozma nutqni ma’nodosh va uyadosh so‘zlar bilan boyitishda muhim o‘rin egallaydi.
An’anaviy ta’limning kammahsul, tahliliy usullaridan voz kechib yangi, o‘quvchi – ta’lim – o‘qituvchi tizimiga o‘tish, ta’lim jarayonini ilg‘or o‘quv texnologiyasi yutuqlariga asoslangan, zamonaviy didaktik materiallar (ranli slaydlar, muayyan o‘quv dasturi kiritilgan disketlar:audio – video kasetalar v.h.) bilan qurollantirish, o‘quvchilarni jahon ta’lim standartlari talablariga mos keladigan yangi avlod darsliklari va dasturlari bilan ta’minlash – o‘quvchilarda mustaqil matn yaratish jarayonini jadallashtirish va shunday ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.

  1. topshiriq. Ekrandagi matnni diqqat bilan o‘qing. Unga sarlavha tanglang. Unda nechta qo‘shma, nechta sodda gap mavjudligini aniqlang. Matnning necha qismdan iboratligini, “oq ko‘ylakli qiz”ning kim bo‘lishi mumkinligini ayting.

Zarifa qayoqqadir ketgan, olmazorda hech kim ko‘rinmas, faqat qushlarning chug‘ur-chug‘uri eshitilar, qayerdadir, yaqinda tinmay bulbul sayrardi. Vohid har biri naq piyoladay keladigan oppoq olmalarning og‘irligidan yerga tegib qolgan daraxt shoxlarini ehtiyotlik bilan chetga sura-sura bog‘ning ichkariga qarab yurdi.
To‘satdan daraxtlardan biri qattiq silkindi, yomg‘irdek duv to‘kilgan olmalar Vohidning boshiga, yelkasiga tushdi. So‘ngra nimadir “chirs” etib singandek bo‘ldi, kimdir qulagandek tuyildi va boshini qo‘llari orasiga olib bukilib qolgan Vohidning oldida oq ko‘ylakli, nozikkina uzun bo‘yli bir qiz paydo bo‘ldi...

  1. topshiriq. Matndagi qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar, ularning o‘zaro bog‘lanish vositalarini belgilang, matnning imloviy- uslubiy nuqsonli qismini aniqlang.

  2. topshiriq. Matnni o‘z tasavvuringiz asosida davom ettiring. Xulosa qiling.

Bunday amaliy mashg‘ulotlarni ona tili darslarida mantazam, izchil pedagogik tizimda tashkil etish, o‘quvchilarning faqat o‘zigagina xos va mos bo‘lgan individual uslubni (“o‘z” uslubini) aniqlash va tanlay olishiga yordam beradi. O‘quvchining yozma nutqidagi uslubiy ravonlik va mantiqiy mukammallik darajasini oshiradi, mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantiradi, rivojlantiradi.

XULOSA


Mustaqil matn tuzish ko‘nikmalarining shakllanganlik darajasini aniqlash, matn yaratish va matn ustida ishlash bo‘yicha birlamchi (ta’lim muassasalarida mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishning mavjud holati, anketa savollariga javoblar) pedagogik ilmiy tadqiqot eksperimenti natijalarini umumlashtirish, ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, mustaqil matn yaratish masalasining umumta’lim maktablari ona tili dasturi talablariga javob berish – bermasligi, mazkur ko‘nikmaning bolalar tomonidan egallanganlik darajasi va uning amaliy tadbiqi yuzasidan o‘rganilgan ma’lumotlarga asoslangan holda quyidagi xulosaga kelindi:



  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5 – 9 – sinf o‘quvchilarining ona tili fanidan egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari, kommunikativ – uslubiy savodxonligi mustaqil, ilmiy – ijodiy va ixtisosiy matn yaratish uchun yetarli emas.

  2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida mavjud bo‘lgan ijodiy matn yaratish, matn qurilishini to‘g‘ri, ixcham, shakllantirish, fikrni badiiy bo‘yoqdor so‘zlar orqali ifodalash ko‘nikmalari DTS talablariga to‘liq javob bermaydi.

  3. O‘quvchilarda badiiy bo‘yoqdor gaplar qurish uchun zarur bo‘lgan turg‘un iboralar, maqol va hikmatli so‘zlar, tasviriy vositalar zaxirasi o‘ta nochor.

  4. O‘quvchilarning yozma ishlarida uchraydigan imloviy nuqsonlar izchil bartaraf etilgani holda gap qurilishidagi g‘alizliklar, mazmuniy, mantiqiy – uslubiy nuqsonlar ustida ishlash ona tili o‘qituvchilarining (natijada o‘quvchilarining ham) e’tiboridan chetda qolmoqda.

  5. O‘quvchilar ongida yaratilayotgan matn mazmunini, alohida ajratilgan tushunchalarni analiz va sintez qilish, jumlalar tuzish uchun

zarur bo‘lgan so‘z va so‘z birikmalarini hosil qilish, ularni qiyoslash va tanlash, usluban ravon, shaklan ixcham va mantiqan to‘g‘ri fikr ifodalash, ko‘nikmalari yetarli darajada rivojlantirilmagan.

  • umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili va o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limida hozirgi o‘zbek adabiy tili fanlarining ayni paytda juda dolzarb bo‘lib turgan o‘quvchilarda matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish masalasi – rivojlantiruvchi ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida qayta ishlanishga muhtoj.

O‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash, fikrni yozma ifodalashni faollashtirishning eng ishonchli vositasi muammoli-ijodiy (lingvopsixologik) o‘quv topshiriqlari ekanligi, ular faollik, mustaqillik, tashabbuskorlik, izlanuvchanlik kabi o‘quvchi shaxsining muhim sifatlarini jamlovchi va bir yo‘la harakatga keltiruvchi psixolingvistik xususiyatlarga ega bo‘lganligi uchun, o‘quvchi ongida mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishni ana shu bosqichli – yo‘naltiruvchi topshiriqlar asosida tashkil qilish matn yaratish amaliyotining yetakchi metodlaridan biri sifatida qaraldi...
O‘quvchining mustaqil matn yaratish faoliyatiga quyidagicha ilmiy pedagogik tasniflar berildi.
Mustaqil matn yaratish jarayoni – belgilangan maqsad, egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar, o‘z nutqiy imkoniyatlari doirasida harakatlanuvchi tasavvur, idrok, ong va tafakkurning uyg‘unlashuvidir.
Mustaqil matn – individual bilim, idrok va tafakkur mahsuli, analiz va sintez hosilasi, o‘quvchining nutqiy kashfiyotidir.
Matn – belgilangan maqsad va nutqiy imkoniyatlar asosida harakatlanayotgan xotira, idrok va tafakkur mahsulidir.
Mustaqil yaratilgan matn-nutqiy malaka, intellektual qobiliyat, ma’anviyat va tafakkur uzviyligi hosilasi, ijodiy fikr mahsulining moddiylashuvidir.
Mustaqil matn yaratish faoliyati – o‘quvchidagi kommunikativ savodxonlik, yozma fikr ifodalash qobiliyatining muayyan nutqiy – uslubiy ma’yorlar asosida voqyealanishi, in’ikosidir. U o‘quvchining ona tili fani yuzasidan egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari, til imkoniyatlaridan foydalanish darajasini aniqlashning ishonchli vositasi xisoblanadi.
Mustaqil matn – o‘quvchining til imkoniyatlaridan foydalanish darajasi, fikr ifodalashda so‘zga mas’ullik, so‘z boyligi darajasini ko‘rsatib turuvchi mazondir.

  • Mustaqil matn yaratish va matn ustida ishlashdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad o‘quvchining ona tili ta’limi jarayonida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarining amaliy tatbiqini ta’minlash, individual tafakkur mexanizmini harakatga keltirish, o‘quvchini mavzu yo‘nalishida, izchil, mantiqli, faol mushohada yuritishga, fikr mahsulini yozma ravishda to‘g‘ri, ravon ifodalashga tayyorlashdir. Shuningdek mazkur faoliyat o‘quvchilarni matn turlarini farqlash bilan o‘zaro uyg‘unlikda olib borilishi

– o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy matn yaratishga tayyorlashning ishonchli kafolatidir.
Shuningdek, mazkur lingvopsixologik faoliyat orqali o‘quvchilarda ta’limiy tafakkur operasiyalarining faollashuvi ta’minlanadi.
Til va matn
Garchi, azim daraxt bo‘lsa, til, Matn unda yetilgan hosil.
Hodisa deb qaralsa, lison Matn turur xulosa, inon,
Til – sabab deb olinsa, albat
Matn erur najot – oqibat. Til onadir, matn – zurriyot,
Muloqotni o‘rgan, ey farzand Til boylikdir, matn – ma’naviyat

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin