8
qadrliroq. Binobarin, kapital mablag`ni loyixalarga sarflashda ma`lum
yilgacha
uning xar yilgi qo`shimcha koeffitsiyentini keltiradigan samarasiga qo`shib
xisoblash lozim.
Afsuski, kapital mablag`larni katta miqdorda sarflash xar doim xam
iqtisodiy samaradorlikka olib kelmaydi, bunda uzoq kelajakni xisobga olib, xar bir
so`mga keladigan daromad to`g`ri xisob-kitob qilinmasligi natijasida jiddiy
xatoliklarga yo`l qo`yiladi. Buning yorqin misoli sifatida 60-80 yillarda sobiq
SSSRda yerlarni melioratsiya qilishning gigant dasturini ko`rsatib o`tish o`rinli.
Bu dasturni amalga oshirish xajmining ulkanligini shundan xam bilish
mumkinki,
barcha sarf-xarajatlar miqdorini mamlakatning oziq-ovqat va yengil sanoatga
sarflangan mablag` miqdoriga solishtirish mumkin edi. Ammo iqtisodiy samarani
noto`g`ri xisob-kitob qilinishi natijasida global melioratsiyaning samaradorligiga
erishilmadi. Umuman, olingan samara kamligi
bilan tavsiflandi va katta
miqdordagi pul mablag`lari samarasiz bo`ldi (Girusov va boshq. 1998).
Buni quyidagi misollar asosida tasdiqlash mumkin: 1960-1985 yillar
mobaynida Orol dengizi xavzasida jami sug`oriladigan yerlar maydoni 5 mln. ga
dan 7 mln. ga yetdi, ya`ni xammasi bo`lib 2 mln. ga yer o`zlashtirildi. Lekin
daryolardan olinayotgan suv miqdori jami 0, km. kubdan 85 km. kubgacha, ya`ni
ikki barvardan ko`p ortdi. Suvning minerallashuv darajasi 0,3-0,7 g. dan 1,0-2,5 g.
gacha ko`paydi, xar bir ga maydonga olinayotgan sug`orish
suvi xar ga ga
o`rtacha 8,2 ming m3 dan 12, ming m3 gacha, kollektor-zovur suvlari xajmi 5–6
km3 dan 32-3 km3 gacha ortdi. Sug`oriladigan yerlarda sho`rlangan maydonlar
50% ga ko`paydi. Sug`orma yerlarda tezkor usulda dexqonchilik qilish oqibatida
tuproq xosildoriligining kamayishi kuchaydi.
Dostları ilə paylaş: