4
1. Tabiatdan foydalanishning ekologik va iktisodiy samaradorligi.
Tabiatdan foydalanishning ekologik (tabiiy) va iqtisodiy samaradorligi
o`zaro bog`liq va bir-birlarini taqozo etishi bilan tavsiflanadi. Tabiatda
komponentlar orasida o`zaro barqaror muvozanat mavjud bo`lsa, noxush tabiiy va
antropogen jarayonlar rivojlanishi muntazam boshqarilsa, resurslardan foydalanish
oqilona amalga oshirilsa, tiklanadigan boyliklarni ularning foydalanish darajasiga
qarab sun`iy ravishda tiklash ishlari maromida bajarilsa, umuman olganda, tabiatni
muxofaza qilish va boyliklardan foydalanish ilmiy asosda boshqariladigan tabiat
majmualarida amalga oshirilsa, ekologik samaradorlikka erishiladi.
Ekologik samaradorlik. U tabiatdan foydalanish jarayonida bir qator tabiiy
va antropogen omillarning faoliyatiga bog`liq. Bu omillar tabiiy muxitning optimal
vaziyatda rivojlanishiga ta`sir etishi bilan bog`liq yoki tabiiy majmualar qanchalik
ilmiy asoslangan tarzda barqaror boshqarilsa, ular shunchalik yuqori darajada
ekologik samaradorlikka ega bo`ladi va aksincha.
Ekologik samaradorlikni ta`minlovchi tabiiy omillardan biri - tabiiy
muvozanatdir. Ekologik muvozanat mavjud bo`lgan tabiiy majmua (landshaft,
geotizim), uning tuzilmali dinamik xolati me`yoridaligi komponentlar orasida
o`zaro bog`liqlik va ta`sir tabiiy muvozanat xoldaligi, resurslar maxsuldorligining
yuqoriligi, tabiiy muxit ifloslanmaganligidan darak beradi. Darvoqe, mazkur tabiiy
majmua yuqori darajada samaradorlikda tabiat va jamiyat tizimida faoliyat
ko`rsatmoqda, deb baxolash mumkin.
Ekologik muvozanat barqaror bo`lgan xududda atrof-muxitni ifloslantiruvchi
manbalar (sanoat korxonalari, transport, qishloq xo`jalik korxonalari va b.) ta`siri
sezilmasligi mumkin, agar uzoqda joylashgan bo`lsa yoki ulardan texnogen
chiqindi chiqarish xajmi me`yordan ortmasa, binobarin, ma`lum tadbirlar
majmuasi muntazam qo`llanib borilsa, bu atrof-muxitni salbiy o`zgarishlardan
muxofaza qiladi.
Tabiiy majmualarnig barqaror xususiyatga ega bo`lishi ularning o`z-o`zini
tozalash va qayta tiklash qobiliyatlarining yuqori darajada ta`minlanganligidan
5
darak beradi. Ularda atmosfera xavosi yoki suv xavzalari orqali kelib qolgan turli
chiqindilar ma`lum muddatda tabiiy yuvilish jarayonida chetga chiqib ketadi,
landshaft majmualarida inson xo`jalik faoliyati ta`sirida o`zgarish bo`lishi ( yaylov,
o`rmon, tuproq va boshqalardagi degradatsiya xodisasi ) mumkin, lekin ma`lum
vaqtdan so`ng yana qaytadan tabiiy xoliga o`zgaradi. Bu xususiyat tabiiy
majmuaning qayta tiklash qobiliyatining nixoyatda kuchliligi bilan bog`liq.
Mazkur tabiiy xususiyatlar landshaftlar resurslarining ekologik jixatdan
tozaligini ta`minlaydi, bu borada ayniqsa, atmosfera xavosi va suv xavzalarinig
musaffoligi juda xam muxim, tuproqning texnogen chiqindilardan xoli bo`lishi
yetishtiriladigan ekin maxsulotlarini ekologik jixatdan tozaligini ta`minlaydi, bu
esa o`z navbatida inson va chorva mollarining salomatligini kafolatlaydi. Barqoror
tabiiy majmualar yaylov, tuproq, pichanzorlarning maxsuldorligi, suvning tozaligi,
yer osti suvlarining ifloslanmaganligi, o`rmonlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Tog` oldi va tog` majmualari tabiatining insonga xizmat qiluvchi
imkoniyatlari bisyor va katta saloxiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Qulay va eng
qulay rekreatsiya resurslari minglab axolini musaffo xavo, toza suv, betakror tog`
manzaralariga boy bo`lgan go`shalarda xordiq chiqarishi, sog`lig`ini tiklashini
ta`minlaydi. Ko`plab sayyoxlar tog` so`qmoqlarida yurib tabiatning
yodgorliklarini miriqib tamosha qiladilar, suv xavzalarida cho`milib, tabiat
saxovatidan baxramand bo`ladilar. Kasallikka chalinganlar buloq, yer osti suvlari,
balchiq, toza xavodan va dorivor giyoxlardan baxramand bo`lishlari bilan
betoblikni tark etadilar.
Demak, optimal maromda rivojlanayotgan tabiiy majmualar ma`lum
ekologik xususiyatlarga egaki, ular qulay tabiiy sharoit va resurslar majmuasi bilan
ma`lum darajada samaradorlikka ega. Ekologik samaradorlik landshaftning
resurslari asosida inson xo`jalik faoliyatini yuritish, rekreaksiya boyliklaridan
baxramand bo`lish, tabiatdan estetik zavq olish va boshqa jixatlarda ifodalanadi.
Ekologik samaradorlik tabiiy muxitda turli darajada mavjud bo`ladi, bu
aniq xududning tabiiy sharoiti va resurslarining xususiyatlari bilan bog`liq.
Bizningcha, tabiiy majmualarning ekologik samaradorligini quyidagi ballar
6
asosida ko`rsatishni taklif qilish mumkin, masalan: samara yo`q - 0 ball, past
samara - 1-3 ball, o`rtacha - -6 ball, yuqori –7-9 ball, eng yuqori-10-12 ball.
Nol ball, odatda, foydalanilmaydigan xududlar uchun xos, masalan kuchli
parchalangan relyef shakllari (bedlend), barxanlar, sho`rxoklar, tub jinslar ochilib
qolgan tog` yonbag`irlari, sho`r bilan qoplangan botiqlar va boshqalarni ko`rsatish
mumkin. Bu tabiat majmualarining xo`jalikda foydalanish imkoni yo`q darajada.
Ba`zi vaziyatlarda rekreatsiya obyekti sifatida foydalanish mumkin, lekin bu
kamdan - kam bo`ladi, chunki barxanlarda quyosh radiatsiyasi ko`pligi tufayli
ba`zi kasalliklarni davolash mumkin, sho`r va sho`r balchiqlar xam ba`zi xollarda
kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Agar bular e`tiborga olinmasa, ko`rsatilgan
majmualarning ekologik samaradorligi yo`q darajada.
Past samara -1-3 ball - tabiat majmuasning faqat bir komponenti resursidan
foydalanish imkoni bor, lekin u xam kambag`alligi bilan ajralib turadi. Masalan,
strukturali balandlik va platolarning yaylovlari (gektariga 0,5-1 s.), Orol
dengizining qurigan qismi yaylovlari (gektariga 0-0,5 s.) va boshq. Agarda
yaylovlar degradatsiyaga berilsa, mavjud samaradorlik yanada kamayadi va nol
ballga tushishi mumkin.
O`rtacha ekologik samara - -6 ball - tabiiy majmuaning ikki komponenti
resurslaridan foydalanish imkoni mavjud: yaylov va tuproq. Amudaryoning
cho`llashishga berilgan Orolbo`yi del`tasi asosan yaylov sifatida foydalanilmoqda,
lekin suv ko`p bo`lgan yillari qulay yerlarda kichik maydonlarda dexqonchilik
bilan xam shug`ullaniladi. Adirlarda xam asosan yaylov chorvachiligi rivojlangan
xolda, ba`zi xududlarida sug`orma dexqonchilik bilan xam shug`ullaniladi va b.
Sug`oriladigan yerlar yuqori ekologik samara - 7-9-ballga ega,chunki
sug`orma yerlarning maxsulot yetkazib berish darajasi dexqonchilikda eng katta
ko`rsatkichga mansub. Bu xususiyat, ayniqsa, meliorativ sharoitlari qulay va
tuproq unumdorligi yuqori bo`lgan yerlarda yanada yaqqolroq seziladi. Yerlarning
meliorativ sharoitlari og`ir bo`lgan voxalarda yuqori ekologik samaradorlikka
inson tomonidan boshqariladigan muxandislik tizimlari asosida erishiladi.
7
Eng yuqori ekologik samaradorlik - 10-12 ball - sug`orma yerlarda
rekreatsiya tizimlari rivojlantirilgan bo`lsa yoki maxsuldor yaylov zonasida
mavjud bo`lgan rekreatsiya boyliklaridan samarali foydalanilayotgan xududlarni
misol sifatida ko`rsatish mumkin. Bu borada Chirchiq va Qashqadaryoning o`rta
va yuqori oqimlaridagi tabiat majmualarini eng yuqori samaraga ega deb
xisoblash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |