4. Tabiatdan foydalanish konsepsiyani qayta qurish



Yüklə 309,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix02.04.2023
ölçüsü309,18 Kb.
#92574
1   2   3   4   5   6   7   8
Tabiatdan notog\'ri foydalanishning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari

 
 
 


24 
5. Iqtisodiy–ekologik barqaror rivojlanish 
1992 yilning 3-1 iyunida Rio-de-Janeyro shaxrida jaxon davlatlari va 
xukumatlari raxbarlari ishtirokida BMT ning atrof - muxit va rivojlanishga 
bag`ishlangan konferensiyasida shunday yakdil xulosaga kelindi: agarda 
sivilizatsiyamizning taraqqiyot xarakteri o`zgartirilmasa, uni xalokat kutmoqda.
Konferensiyada 
dunyoning 
178 
mamlakati 
raxbarlari 
qatnashdi. 
Konferensiya olamshumul axamiyatga ega bo`lgan »XXI asr uchun kun tartibi» 
nomli xujjat qabul qildi. Unda quyidagi bosh yo`nalish bayon etilgan: 
«1)qashshoqlik bilan kurash; 2) xozirgi texnosferada resurslardan foydalanishni
kamaytirish; 3) biosferaning barqarorligini saqlab qolish; )siyosiy, iqtisodiy va 
ijtimoiy soxalarda qaror qabul qilishda tabiat qonuniyatlarini xisobga olish». 
Dunyo axolisining bir qismi och-yalang`och va ovqatga to`ymaydi. 
Ma`lumotlarga qaraganda, xozirda 1,5 mlrd. tilanchi va 0,5 mlrd. och-kambag`allar 
mavjud. Ularning soni yil sayin ortib bormoqda, axoli jon boshiga xar yili 
yetishtiriladigan g`alla miqdori kamaymoqda. Darvoqe, bu misollardan shunday 
xulosa chiqarish mumkin: dunyoda nafaqat ekologik tanglik xukm surmay, 
shuningdek, axolining iqtisodiy jixatdan ta`minlanganlik darajasi xam mutlaqo 
past. 
Rio-de-Janeyrodagi konferensiyada quyidagi so`zlar bir necha bor qaytarildi: 
1)atrof - muxitga e`tibor bermagan iqtisodiy rivojlanish sayyoramizni cho`lga 
aylanishga olib keladi; 2) atrof - muxitni muxofaza qilishda iqtisodiy taraqqiyotga
e`tibor bermaslik qashshoqlikka olib keladi, shuning uchun xam ekologik-iqtisodiy 
siyosatga o`tish zarur; 3) ijtimoiy adolatsiz dunyoda ekologik xavfsizlikni 
ta`minlash mumkin emas. Bu so`zlarning ma`nosi bitta jumla «barqaror 
rivojlanish» konsepsiyasida mujassamlashtirildi. «XXI asr uchun kun tartibi» dagi 
atrof - muxit va rivojlanish Deklaratsiyasida barqaror rivojlanish shunday 
ta`riflanadi: «jaxon davlatlari atrof - muxitni saqlash va rivojlantirishda xozirgi va 
kelajak avlodning extiyojlarini qondirish majburiyatini oladilar». Shundan kelib 
chiqqan xolda konferensiya Deklaratsiyasi barqaror rivojlanishni quyidagicha 


25 
ifodaladi: «Xozirgi va istiqboldagi avlodni atrof muxitni saqlash va rivojlantirishda 
extiyojlarini qondirish barcha xududlarda bir xil darajada amalga oshirilishi 
strategiyasidan iborat». 
Mazkur konferensiya barqaror rivojlanish iqtisodiy va ekologik jixatdan 
taraqqiyot negizida amalga oshirilgandagina samarali bo`lishini aloxida uqtirdi. Bu 
tezisda katta ma`no bor, chunki agarda iqtisodiyot o`z yo`liga rivojlana bersa, 
ekologik muxit buzilish yo`nalishida taraqqiyot bosqichida orqaga qarab ketsa, 
jamiyat xalokatga yo`liqadi. Iqtisodiyot xududdagi tabiiy resurslar, mexnat 
boyligi –kadrlarga tayanadi, resurslar degradatsiyaga, atrof - muxit ifloslanishi 
natijasida mutaxassislar kasalliklarga mubtalo bo`lgan taqdirda jamiyatda qanday 
qilib iqtisodiy rivojlanish bo`lishi mumkin? Demak, ekologiya va iqtisodiyot xar 
doim bir-birini taqozo etadi, birining rivojlanishi ikkinchisini xam taraqqiyotga 
olib kelishi kerak. Bu tamoyil faqt unga to`g`ri, obyektiv va ishonchli tarzda 
qaralgandagina samarali bo`la oladi. 
Barqaror rivojlanishga erishish uchun olimlar quyidagilarni amalga 
oshirishini e`tirof etadilar: a) sayyora axolisi sonining tez fursatlarda 
barqarorlashuvi; b) iste`mol soxasida extiyojdan ortiqchasidan kechish; v) ishlab 
chiqarish soxasida xom ashyo va energiyaning o`rtacha sarfini kamaytirish; g) 
sanoat ishlab chiqarishi, energetika, qishloq xo`jaligi, transport va maishiy 
tarmoqlarni ekologiyalashtirish; d) ishlab chiqarishda qayta tiklanmaydigan 
resurslarni iloji boricha tiklanadigan boyliklar bilan almashtirishi; ye) atrof - muxit 
xolatini muttasil kuzatish; j) insoniyat oldidagi ekologik muammolarni yechish 
uchun fandan keng miqyoslarda foydalanish; z) yangi modeldagi taraqqiyot 
talablari barcha mamlakatlar tomonidan bajarilishini ta`minlash uchun ularni 
xalqaro (o`zaro kelishilgan tartib bo`yicha) va davlat (qonunchilik va iqtisodiy
mexanizmlar yordamida) yo`li bilan tartibga solish va rag`batlantirish. 
Jaxon xamjamiyati doirasida resurslardan tejab-tergab foydalanish 
texnologiyasini tatbiq etish uchun moliyaviy, moddiy va mexnat resurslarini faqat 
bitta zaxirasi mavjud – bu dunyo miqyosida qurolsizlanish, barcha mamlakatlar 
bo`yicha xamma xarbiy sarf-xarajatlarni keskin kamaytirishdir. Ma`lumotlarga 


26 
qaraganda, yiliga xarbiy xarajatlarga taxminan 1 trln. dollar sarflanadi, qo`liga 
qurol ushlagan eng navqiron 0 mln. kishi xarbiy xizmatda, xarbiy sanoat ishlab 
chiqarishida 20 mln kishi band (S.B.Shlixter,1996) . 
Barqaror rivojlanishga o`tishga ko`pincha Yerning mineral resurslari 
kamayib borayotganligi to`sqinlik qilmoqda, degan shov-shuvlar eshitilib turadi. 
Xaqiqatan xam dunyo iqtisodiyoti tabiiy resurslarni ko`plab ishlatadi va bu 
ishlatish koeffitsiyenti yildan - yilga ortib bormoqda. 1990-2010 yillar mobaynida 
dunyo axolisi 32 % ga ortishi va 7 mlrd. kishini tashkil qilishi bashorat 
qilinmoqda. Bu davrda qazilma yoqilg`iga bo`lgan talab 33 % ga ortishi, ya`ni 7,0 
mlrd m3 neft ekvivalentidan 9,3 mlrd m3 ga ko`payishi taxmin qilinmoqda
(B.N.Golubov, 1996). Jaxonda 90 % energiya iste`moli qayta tiklanmas 
xususiyatga ega mineral boyliklar xisobidan olinmoqda. Bu borada tiklanib 
turadigan energiya turlaridan foydalanish ekologik jixatdan to`g`ri va maqsadga 
muvofiqdir. Bular quyosh, daryo, shamol, dengiz to`lqinlari, suv qaytishi va 
ko`tarilishi, yer qa`ridagi termal suvlar energiyasi va b. . Bulardan foydalanish 
koeffitsiyenti xozircha ancha kichik, lekin istiqbolda ulardan foydalanish darajasi 
ortib borishi bashorat qilinmoqda. 
To`g`ri quyosh, suv, shamol energiyasi turlaridan foydalanish ayniqsa, 
beg`ubor, atrof - muxitga salbiy ta`siri juda xam kichik, uni xatto nazarda tutmasa 
xam bo`ladi, chunki ularni boshqarish inson qo`lida, eng muximi, atmosfera xavosi
va suv xavzalari ifloslanmaydi, iqtisodiyot ikki tomonlama yutadi: 1) mineral 
resurs ishlatilmaydi; 2) atrof - muxitning musaffoligini saqlash uchun sarf-
xarajatlar deyarli bo`lmaydi. 
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkin, barqaror rivojlanishga 
faqat iqtisodiy va ekologik jixatdan tabiiy resurslardan oqilona va ilmiy asoslangan 
xolda chiqindisiz texnologiya, resurslarni tejab-tergab foydalanuvchi muxandislik 
jixozlari negizida amalga oshirilganda qadamba-qadam erishib boriladi. Eng 
muximi, sanoat, transport, qishloq xo`jaligi, rekreatsiya va maishiy chiqindilar 
me`yordan oshmasligi, ikkilamchi resurslar xam to`liq qayta ishlanib, ulardan 
tayyor maxsulotlar olinishi lozim. Axolining ekologik madaniyati va savodxonligi, 


27 
iqtisodiy xisob-kitob, rentabellik, foyda va boshqa ko`rsatkichlar yuqori bo`lishi 
darkor. 
O`zbekistonda, umuman, Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish bo`yicha 
ma`lum ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada 1995 yil 10-20 sentabr kunlari
BMTning «Orol dengizi xavzasining barqaror rivojlanishi» masalalariga 
bag`ishlangan 
konferensiyasida 
Tojikiston, 
Turkmaniston, 
O`zbekiston, 
Qirg`iziston va Qozog`iston Respublikalarining prezidentlari tomonidan
imzolangan Nukus Deklaratsiyasi ular barqaror rivojlanish tamoyillariga sodiq 
ekanliklarini aniq ifodalaydi. 


28 

Yüklə 309,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin