4.Tabiatdan foydalanish konsepsiyasini qayta qurish
Tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni optimallashtirish
masalalari naqadar murakkab va chigalligi fan va texnika yutuqlarini ishlab
chiqarishni muntazam taraqqiy qildirishga tatbiq etilishi bilan bog`liq. Inson
tabiatdan keragicha va xatto undan xam ko`p xom ashyo xamda boyliklar olishga
xarakat qiladi, lekin ularning o`rnini nima bilan to`ldirish lozimligini ko`p
xollarda xayoliga xam keltirmaydi. Boz ustiga mineral xom ashyolarni qazib olish
va ulardan zarur bo`lgan oz miqdordagi, aytaylik, metallarni ajratib olgandan so`ng
bo`sh tog` jinslarini ma`lum joylarda yig`ib qo`yaveradi, keyin ulardan sun`iy
«tog`lar» vujudga keladi. Yoki daryo suvlarini sug`orish maqsadlarida xaddan
tashqari ko`p xajmda olib, extiyojdan ortiq qismi qaytgan, sifati buzilgan suvlar
sifatida berk botiqlar va yana o`sha daryolarga qaytariladi. Binobarin, tabiatda
mavjud bo`lgan birlamchi ekologik muvozanat buziladi, yangi vaziyat tarkib
topadi. Albatta, bu jarayonda inson o`zi uchun zarur bo`lgan yutuqqa ega bo`ladi,
ya`ni tayyor maxsulot yetishtiradi, ma`lum tovarlarni ishlab chiqaradi va xokazo.
Lekin tabiiy muxit avvalgi xolatiga nisbatan jiddiy zarar ko`radi, chunki ko`p
asrlik muvozanat va vaziyat buziladi, tabiatning qulay bo`lib kelgan sharoitlari
izdan chiqadi, o`z-o`zini idora qilish xususiyatlariga ziyon yetadi. Bu insonning
xo`jalikni yuritish an`anaviy usullari bilan obyektiv ravishda mavjud bo`lgan
tabiiy muxit (biosfera) o`rtasidagi ziddiyatdir.
Aslini olganda tabiat ko`rayotgan zararning bir uchi insonga xam salbiy
ta`sir etadi. Buni, odatda, tabiatning aks ta`siri, deb xam yuritiladi. Ma`muriy-
buyruqbozlik xukm surgan tizimda paxta yakkaxokimligi sug`orma
dexqonchilikka katta ziyon yetkazdi. Surunkasiga katta maydonlarda paxta
yetishtirish tufayli yerning maxsuldorligi kamayib bordi. Chunki xar ga
maydondan eng ko`p xosil yetishtirish maqsadida tuproqqa mineral o`g`itlar (500-
600 kg gacha), xasharotlar, begona o`tlarga qarshi zaxarlilik darajasi yuqori
bo`lgan turli pestitsidlar (xar ga ga 0-50 kg gacha) xaddan tashqari ko`p va
muntazam ishlatildi. Natijada tuproqdagi gumus miqdori 0-50% ga kamaydi,
20
chuvalchang va boshqa foydali mikroorganizmlar butunlay qirildi, tuproq o`z-
o`zini tozalash va maxsuldorligini tiklash qobiliyatini yo`qotdi. Bu xususiyatlarni
sun`iy ravishda tiklab turish uchun dexqonlar yerga ko`plab mineral o`g`it va
boshqa kimyoviy ashyolar solishni kuchaytirdilar. Shu zayilda 60-80 - yillarda
paxta va boshqa ekinlardan tegishli xosil olindi, davlat rejalari bajarildi. Jamiyat bu
bilan o`z maqsadiga erishdi, lekin tabiiy muxit ulkan darajada ziyon ko`rdi.
Chunonchi, tekislikdagi voxalarda grunt suvlari satxi keskin ko`tarilib, yer
betidan uning chuqurligi 1-3 m ni tashkil qildi. Grunt suvlari minerallashganligi
tufayli tuproqda tuz to`planishi kuchaydi. Tog` oldi tuproqlari, ayniqsa och va
oddiy bo`z tuproqlar mintaqasi qashshoqlashdi, eroziya va deflyatsiyaning xarakat
maydonlari kengaydi. Voxalarda daryo va sug`orish kanallari, quduqlarning suvlari
axoli ichishi uchun mutlaqo yaroqsiz xolga keldi. Boz ustiga daryolarga
voxalarning qaytgan suvlari tashlanishi sug`orish jarayonida tuproqda tuz
to`planishini tezlashtirishdi. Orolbo`yida esa xavodan tuz yog`ila boshladi.
Bu tabiiy-iqtisodiy o`zgarishlar xo`jaliklarga, xususan, davlatga qimmatga
tushadi. Chunki yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash uchun tegishli
uzunlikdagi kollektor-zovurlar tizimini bunyod etish, mavjudlarini muntazam
tozalab, ishchi koeffitsiyentini rostlab turish taqozo etiladi. Umuman, sug`orma
irrigatsiya massivlarini barqaror boshqarish uchun murakkab sug`orish-meliorativ
tizimlarni bunyod etish, ulardan oqilona va samarali foydalanish lozim. Chunki
boshqaruv darajasi va uning sifati, muntazamligi xamda keng qamrovligi voxaning
qulay meliorativ rejimi (maromi)ni bir xil tarzda yoki sun`iy ravishdagi ekologik
muvozanat xolida saqlashga xizmat qiladi. Zotan, bu murakkab muxandislik
inshootlari va tadbirlari muayyan darajada sarf-xarajatlarni talab etadi. Agarda
sarf qilinayotgan xarajatlar yig`indisini olinayotgan daromadlar bilan solishtirilsa
buning nisbati unchalik katta ko`rsatkichdan iborat bo`lmasligi o`z-o`zidan ayon.
Bunday xolni, ayniqsa, mashina usulida sug`orish tashkil qilingan xududlarda,
masalan, Qarshi dashti, Buxoro va Qorako`l voxalari va boshqa suv nasos
stansiyalari asosida tortib olinayotgan sug`orma yerlarda paxta va ekinlar tannarxi
ancha qimmatga tushayotganligida yaqqol ko`rish mumkin.
21
Inson ishlab chiqarish jarayonida tabiiy boyliklardan foydalanishning turli
muddatlarga
mo`ljallangan
strategik
rejalariga
amal
qilmasligi
tufayli
nobudgarchilikka yo`l qo`yishi oqibatida ancha pand yeydi, lekin vaqt o`tganligi
sababli yuzaga kelgan nomaqbul xodisalar bilan murosa qilishga to`g`ri keladi.
Resurslardan oqilona foydalanmaslik va uzoqni ko`ra olmaslik, puxta xisob -
kitoblarga ega bo`lmay sodir bo`layotgan murakkab tabiiy-xo`jalik xodisalaridan
boshqa resurslar xisobiga osonlik bilan tezda qutilishga inson o`rganib qolgan. Bu
xol aslida keyinchalik boshqa xunuk bir (yoki guruxli) keng miqyosli xodisalarni
keltirib chiqarishini u to`g`ri bashorat qila olmaydi. Tabiiy xodisalarning bir-birlari
bilan uzviy bog`iqligini oldindan ko`ra olmaslik jamiyatga katta kulfatlar keltiradi,
iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazadi, axolining sog`lig`ini yomonlashtiradi.
Masalan, 70-80 - yillarda Markaziy Osiyoda ko`plab yangi yerlar
o`zlashtirilib, sug`orma dexqonchilik muomalasiga kiritildi. 1960 yilda jami
sug`oriladigan yerlar 106 ming ga ni tashkil qilgan edi. Endilikda xammasi bo`lib
7,1 mln ga dan ziyod maydonda sug`orma dexqonchilik bilan shug`ullanilmoqda.
Shuncha yerni sug`orish uchun o`lkada 105,2 km3 suv daryolardan olinmoqda,
kollektor-zovurlar oqimi esa jami 33,9 km3 ni tashkil qiladi. O`rtacha xar gektar
sug`oriladigan maydonga sarf qilinayotgan suv miqdori O`zbekistonda 1980
yildagi o`rtacha 18,7 ming m3 dan 1986 yilga kelib 13, ming m3 ga, 1996 yilda
12, ming m3 ga kamaydi. Lekin bu ko`rsatkich xali xam talabga javob bermaydi,
paxta uchun sug`orish me`yori o`rtacha 7-8 ming m3 bo`lishi amalda
tasdiqlangan.
Sug`oriladigan dexqonchilikning muttasil va keng miqyosda rivojlantirilishi
natijasida O`zbekistonda kutilmagan tabiiy-antropogen xodisalar tarkib topa
boshladi. 70-yillarda voxalarda vujudga kela boshlagan qaytgan suvlar
irrigatsiyada asosiy muammo darajasiga ko`tarildi, chunki ularning xajmi yil
sayin progressiv ravishda orta bordi. Qaytgan suvlar minerallashganligi tufayli
sug`orishda foydalanishga yaroqsiz, daryolarga yana qaytadan tashlansa, ularning
suvini ifloslaydi va sho`rligi oshishiga sabab bo`ladi, berk botiqlarga yuborilsa, suv
bug`lanishga sarf bo`lib, isrofgarchilikka yo`l qo`yiladi. Shuning uchun xam
22
qaytgan suvlar muammosi o`ta murakkab, xozirgi fan va texnika yutuqlari
doirasida bu muammoni ijobiy xal qilish mushkul. Shuni xisobga olib, Respublika
melioratsiya va suv xo`jaligi vazirligi (sobiq, xoxirgi qishloq va suv xo`jaligi
vazirligi) mutaxassislari ularning katta qismini Amudaryo va Sirdaryoga, kamroq
qismini esa berk botiqlarga tashlashga jazm qilishdi. Shu tariqa daryolar suvining
ifloslanish va minerallashuv darajalarining oshishi boshlandi, Markaziy Osiyoning
tekislik qismidagi sho`rxokli botiqlarda sho`r ko`llar tarkib topa boshladi, Turon
pasttekisligining qoq markazida joylashgan ulkan va noyob Orol dengizi quriy
boshladi. Chunki unga daryolardan suvning kelishi borgan sari kamayib bordi.
Xullas, Turon o`lkasida 60-yillardan boshlab sug`orish ishlari mislsiz katta
sur`atlarda taraqqiy qilishining ekologik oqibati shularga olib keldi. Bu xususda
so`z ketganda, shunday tang, xalokatli ekologik vaziyatlarni tarkib topishini
mutaxassislar bashorat qila olishgan edimi, degan mantiqiy savol tug`ilishi turgan
gap. Eslatib o`tish kerakki, o`sha paytlarda Orol dengizi xavzasi suv resurslari
bo`yicha ko`zga ko`ringan mutaxasssislar (V.L. Shuls, S.Y. Geller, V.N. Kunin,
L.S. Litvak va b.) Orolning qurishi o`lka uchun unchalik qo`rqinchli emas, uning
satxidan suv bug`lanishga bekorga sarf bo`lganidan ko`ra, sug`orma
dexqonchilikni rivojlantirish afzalroq, shu boisdan dengizning mavjud bo`lishi
shart emas, degan fikri asosida Orol muammosi xas-po`shlangan edi. Orolbo`yida
axolining sotsial-iqtisodiy oqibatlarga duch kelishi, sanitariya-gigiyenik
sharoitlarning og`irlashishi, turli kasalliklar va go`daklar o`limi keskin darajada
ortishi kabi masalalar bo`yicha esa ekologik va sotsial-iqtisodiy bashorat ishlab
chiqilmagandi. Amudaryo va Sirdaryoga kollektor suvlari tashlanishi natijasida
sifati keskin o`zgarishi va ichish uchun mutlaqo yaramas xolga kelishi xam
avvaldan chuqurroq xisob-kitob qilingan, ekologik ekspertiza ishlarini o`tkazish
xech kimning xayoliga xam kelmagandi.
Berk botiqlarga tashlama suvlarning yuborilishi ularda baliqchilik taraqqiy
etishiga asos bo`ladi, degan xayolda ish tutilib, katta maydonlardagi tabiiy
yaylovlar suv ostida qolib ketishi bilan xech kim qiziqmagan. Faqatgina Aydar
ko`li o`rnida xozirda 600 ming ga dan ziyod yaylov suv ostida qoldi. O`sha
23
vaqtlarda sobiq Ittifoq xukumatiga jaxon bozorlarida chaqqon bo`lgan paxta
tolasini ko`plab sotish va undan mo`may daromad olish xar qanday boshqa
yumushlardan afzalroq edi, uni maxalliy axolining ichimlik suvisiz qolishi xech
qiziqtirmagan, Orolning qurishi va uning ekologik xamda sotsial-iqtisodiy
oqibatlariga mutlaqo e`tibor bermagan.
Endilikda sayyoraviy, xududiy va maxalliy ekologik muammolar tobora
keng miqyosda shakllanayotgan bir paytda tabiatdan foydalanishning an`anaviy
usulini qayta ko`rish vaqti yetdi, deb xisoblash maqsadga muvofiq. Avvalo,
ekologik qayta qurish konsepsiyasi nimaga asoslanishi lozim? Bu borada ilmiy
asoslangan konsepsiya mavjudmi? Bizningcha, bu borada quyidagi tamoyillarga
asoslanish yuqori samara beradi.
Butun biosferani makro-geotizim deb qaralsa, uning bo`laklari (quruqliklar,
okeanlar) mezotizimlar, quruqlikning ayrim bo`laklari xududiy geotizimlar,
ularning qismlarini provinsiyali geotizim, undan so`ngra okrugli, rayonli,
landshaftli geotizimlar va xokozolarga ajratish mumkin. Binobarin, biosfera
bexisob geotizimlardan iborat, bu Yer kurasini geotizimlardan tashkil topganidan
darak beradi. Xar bir geotizim yaxlit (o`sha xududda) tabiat, axoli va xo`jalik
integratsiyasidan tashkil topgan. Boshqacha aytganda, xar bir geotizimdagi tabiiy
sharoit va resurslar, axoli va xo`jalik bir-birlariga mos keladigan xususiyatlarga
ega. Sug`oriladigan dexqonchilikning muttasil va keng miqyosda rivojlantirilishi
natijasida O`zbekistonda kutilmagan tabiiy-antropogen xodisalar tarkib topa
boshladi. 70-yillarda voxalarda vujudga kela boshlagan qaytgan suvlar
irrigatsiyada asosiy muammo darajasiga ko`tarildi, chunki ularning xajmi yil
sayin progressiv ravishda orta bordi. Qaytgan suvlar minerallashganligi tufayli
sug`orishda foydalanishga yaroqsiz, daryolarga yana qaytadan tashlansa, ularning
suvini ifloslaydi va sho`rligi oshishiga sabab bo`ladi, berk botiqlarga yuborilsa, suv
bug`lanishga sarf bo`lib, isrofgarchilikka yo`l qo`yiladi.
Dostları ilə paylaş: |