59 - rasm. Gulning tuzilishi:
1 – gulning uzunasiga kesmada; 2 -gulbandi; 3 - gulkosabarglar;
4 – tojbarglar; 5 - urug‘chi; 6 –changchi.
Kosachabarg va tojbarg birgalikda gulqo‘rg‘onni hosil qiladi. Ular changchi va urug‘chi turli ta’sirlardan himoya qiladi va changlanishda ham katta ahamiyatga ega.
Tojbarg va kosachaga ega gulqo‘rg‘on murakkab gulqo‘rg‘on deyiladi. Agar gulqo‘rg‘on faqat tojbarglardan iborat bo‘lib, rangi bir xil bo‘lsa oddiy gulqo‘rg‘on deyiladi. Bunday gulqo‘rg‘on tojbargsimon gulqo‘rg‘on deyiladi. masalan, lolalar, liliya, giatsint, marvaridgul, grechixa va boshqalar.
Agar gulqo‘rg‘on yashil rangda bo‘lib, kosacha o‘xshasa, kosachabargsimon gulqo‘rg‘on deyiladi, lavlagi, qichitqio‘t, kanop, otquloq va boshqalar. Gulqo‘rg‘oni bo‘lmagan va faqat sporofillardan iborat (androtsey, ginetsey) dan iborat gullar yalang‘och gullar yoki himoyasiz gul deyiladi (tol, oqqanot (Calla palustris), shumtol va boshqalar).
Agar gulda urug‘chi va changchi ikkalasi ham bo‘lsa, ikki jinsli gullar, agarlar ikkalasidan biri bo‘lsa ya’ni urug‘chi bo‘lsa urug‘chili gullar, changchi bo‘lsa changchili gullar deyiladi va shartli belgilar bilan belgilanadi. Ikki jinsli gullar “o” belgi bilan belgilanadi.
Agar bir jinsli gullar bitta o‘simlikda joylashsa bir uyli, ikkita o‘simlikda joylashadi. Ikki uyli o‘simliklar deyiladi. Misol: bir uyli – makkajo‘xori, qayin, olxa, eman, buk, qovoqdoshlar va boshqalar. Ikki uyli o‘simliklar – terak, tol, kanop va boshqalar. Ko‘pgina o‘simlikda – ikki jinsli o‘simliklar bilan bir qatorda bir jinsli gullar ham bo‘ladi. Ularning o‘simlik bo‘yicha tarqalishi turlicha va turli kombinatsiyalarda uchraydi. Bunday o‘simliklar ko‘p uyli o‘simliklar deyiladi: ularga zarang, shumtol, baland bo‘yli yertut (Fragana elatior), grechixa, qisqichbaqabo‘yin (Polygonum bistoria) va boshqalar. Barcha yopiq urug‘lilarning 71 – 78% i ikki jinsli gullarga ega bo‘lib, bir uyli yopiq urug‘lilar 5 – 8%, ikki uylilar 3 – 4% qolganlari – ko‘p uylidir.
Dostları ilə paylaş: |