61 - rasm. No‘xat: A – gulning umumiy ko‘rinishi; B – tojbarglar; V - androtsey;
G – urug‘chi; D – tugunchaning ko‘ndalang kesmasi; E – gul diagrammasi;
1 - gulbandi, 2 - kosachabarglar, 3 - yelkan, 4 - eshkak, 5 – tojbarglar;
6 - qayiqcha; 7 – changchi plastinkasi; 8 – changchi; 9 – changchi ipi;
10 – tuganak; 11 – stilodiy; 12 – tumshuqchalar; 13 – urug‘kurtak;
14 – o‘tkazuvchi nay boylamlari.
4 – ish. Kashtan gulining tuzilishi. Kashtan. Tojbarglari asimmetrik yoki biroz asimmetrik tojbarglar bo‘ylab bitta ham chiziq o‘tgan iloji yo‘q (orxideya, soxta kashtan va boshqalar) (62 - rasm).
62 - rasm. Kashtan guli (Kashtan – pavia – Aesculus pavia). Kosachabarglari murakkab gulqo‘rg‘on tashqi barglar aylanasini hosil qiladi, tojbarglardan kichik o‘lchami va yashil rangi bilan farq qiladi. Ba’zan shakl o‘zgarishi mumkin. Agar kosachabarglari bir – biri bilan qo‘shilib o‘smasa, kosachabarg bo‘laklari alohida qolishi mumkin. Ko‘p hollarda qo‘shilib o‘sgan kosachabarglarning yuqori qismidagi barg bo‘laklari soniga qarab kosachabarglarning soni aniqlanadi.
Agar kosacha bo‘ylab bir nechta simmetriya chizig‘ini o‘tkazish iloji bo‘lsa u to‘g‘ri yoki aktinomorf, agar faqat bitta o‘tkazilsa zigomorf gullar deyiladi. Simmetriya chizig‘i o‘tmasa bu gul asimetrik deyiladi. Kosachabargning asosiy vazifasi gul ichki qismlarini turli ta’sirlardan himoya qilish (g‘uncha davridan ochilguncha). Ko‘pchilik o‘simliklarda kosachabarg gullash davrida qoladi va keyin so‘lib, tojbarg bilan birga tushib ketadi.
Tojbarg murakkab gulqo‘rg‘onning ichki doirasini hosil qiladi va yirik o‘lchamlari va yorqin rangi bilan farq qiladi. U juda sezilarli ko‘zga tashlanadigan bo‘ladi. Tojbarglari erkin yoki qo‘shilib o‘sgan bo‘lishi mumkin.
Tojbarg orqali bir nechta chiziq o‘tkazish imkoniyati bo‘lsa, uni to‘g‘ri yoki aktinomorf (polisimmetrik) gul deyiladi. Masalan, burchoqdoshlar, chinniguldoshlar to‘g‘ri tojbargda barcha gul yaproqlari bir xil kattalik va shaklda bo‘ladi, agar ular turlicha bo‘lsa ham, to‘g‘ri navbatlashib ketadi.