2 – ish. Simoz (yopiq) to‘pgullar. Simoz (yopiq) to‘pgul. Monoxaziy: a) Egri bo’gri shoxlanish. Monoxaziyning o‘qi qoplovchi bargga nisbatan ikki tomonlama ajralib ketadi (gavzabondoshlar oilasi).
b) O‘rama. Monoxaziy o‘qi qoplovchi o‘qqa nisbatan bir chetga yo‘naladi, natijada to‘pgulning qismi spiralsimon buralgandek ko‘rinadi (oddiy lavlagi, daryo gravilati) (64 - rasm).
64 - rasm. Simoz to‘pgullar: Monoxaziy: 1-2 - o‘rama (okopnik – Symphytum peregrinum);
3-4 – ilon izi (rosyanka – Droserarotandiflora); 5 - dixaziy (zvedchatka – Stellaria nemorum); 6-7 - pleyoxaziy (molochay – Euphorbia virgata.
Dixaziy. Asosiy o‘q yakka gul bilan tugaydi, uning tagida bevosita yon o‘qlarning ayrisi hosil bo‘ladi va ularning har biri shu tizimda davom etib, yakka gul bilan tugaydi. Soxta dixotamik shoxlanish (chinniguldoshlar oilasi turlari).
Pleyoxaziy. Har bir o‘qdan gul bilan yakunlanadigan o‘suvchi shoxlarning to‘pgullar chiqadi (kartoshka, geran, molochay turlari).
Simoz to‘pguli monopodial xarakterga ega o‘qda to‘planadi. Ikkilamchi egri bo’grilik yoki ikkilamchi o‘ramalar. To‘pgulda birinchi va ikkinchi tartib gullari rivojlanadi. Bu dixaziya uchun xos, uchinchi va keyingi tartib gullari monoxazial yo‘l bilan hosil bo‘ladi.
Savollar va topshiriqlar. Qanday to‘pgullar mavjud?
Qalqon nima?
Qanday to‘pgul botrik to‘pgul deyiladi?
Botrik to‘pgullarga misol keltiring?
Astradoshlar oilasi o‘simliklarida qanday to‘pgul mavjud?