2 – ish. Olma gulining tuzilishi.
Ishning borishi. Madaniy olma. Gullari aktinomorf, osilgan gulbandlarda proterogenetik, oddiy pleyoxaziyga to‘plangan. Gipantiy osilgan, qadahsimon, pastki qismi tuguncha bilan birga o‘sgan. Kosachasi 5 ta uchburchak lansetsimon egilgan kosachabargli. Tojbarglari oq yoki qizg‘ish, oval yoki tuxumsimon kalta oyoqli yaproqlardan tuzilgan. Changchilari 20 – 30 ta uch yarusda joylashadi, iplari uzun, changdonlari yumaloq yoki ovalsimon. Ginetsey sinkarpsimon 5 ta mevabargning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Tuguncha pastki, har bir uyasida 2 ta urug‘kurtakli. Stilodiylari uzun, yarmigacha o‘zaro birga o‘sgan, yalang‘och yoki osilgan. Gul formulasi: Ca(5)Co5A∞G(5) (60 - rasm).
60 - rasm. Olma:
A – to‘pgulli kalta novdaning umumiy ko‘rinishi; B – gul uzunasiga kesmada; V – kosali ginetsey, G – tugunchaning ko‘ndalang kesmasi; D – gulning diagrammasi: 1 - gulbandi, 2 - yonbargcha, 3 - tojbarg, 4 - tojbargchalar,
5 - changchi, 6 - urug‘chi, 7 - stilodiyalar, 8 - tuguncha, 9 – tugunchani uyasi, 10 – urug‘kurtak, 11 – o‘tkazuvchi nay boylamlari.
Gulning ko‘ndalang kesimini chizish va belgilarini qo‘yish.
3 – ish. No‘xot gulining tuzilishi.
Ishning borishi. No‘xot. Guli zigomorf, 5 doirali, kosachabargli tishsimon 5 ta qo‘shilgan, kosachabargli. Tojbargi kapalakgulsimon, 5 ta erkin, bir – biridan keskin farq qiluvchi oq barg yaproqlardan iborat. Eng yuqorigi ustki toq tojbarg yelkan yoki bayroq deyiladi, ikkala yondagisi eshkak yoki qanot, 2 ta pastkisi – kemacha deyiladi. Gulda 10 ta changchi bo‘lib, ularning 9 tasi yuqori qismi qo‘shilgan o‘ninchi changchi yelkan qarshisida joylashadi va erkin ikki o‘xshash androtsey hisoblanadi (61-rasm).
Urug‘chi bitta mevabargdan hosil bo‘lgan (apokarp androtsey), ustunchasi egilgan va tumshuqchasi tukli. Gul formulasi: Ca(5)Co1+2+(2)A(9)+1G1. Gulning umumiy tuzilishini chizish va belgilash.
Dostları ilə paylaş: |