5-bob. Neft- gaz konlarining zahiralari va ularning energetik sharoitlari


- bob. Neft-gaz konlarini ishlatishning geologik asoslari



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə11/62
tarix16.12.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#183482
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62
5-bob kitobcha

6 - bob. Neft-gaz konlarini ishlatishning geologik asoslari


6.1. Loyihalash uchun geologik ma’lumotlar


Konni ishlash tartibi

Har bir kon maxsus ilmiy-tekshirish tashkilotlari tomonidan tuzilgan loyiha asosida ishga tushiriladi. Bu loyiha xalq xg’jaligining rivojlanishi bilan muqobil bg’lgan holda iqtisodiy taraqqiyot talablariga javob berishi lozim.


Konni ishlash tartibi deb neft, gaz, kondensat va ular bilan birga chiqadigan mahsulotlarni qazib chiqarishda bajariladigan texnologik va texnik jarayonlar majmuasiga va bu jarayonni boshqarishga aytiladi.
Qazib chiqarilishi lozim bg’lgan qatlamlarning soniga, qalinligiga, turlariga hamda joylashgan chuqurligiga, gidrodinamik xususiyatlariga qarab geologik kesma miqyosida bir va bir nechta qazib chiqarish ob’ekti ajratiladi, qazish tartibi shuni taqazo etadi.
Konda ikki va undan ortiq ob’ekt mg’ljallanadigan bg’lsa ularni qazib chiqarishning oqilona turi tuzilgan holda, konni qazib chiqarishning butunligicha oqil turini tanlash maqsadga muvofiqdir.
Qazib chiqarishning oqilona nusxasi deb, xalq xg’jaligi rejalariga javob beradigan, hamda eng kam xarajat talab qilgan holda er bag’ridan eng ko’p mahsulot chiqarilish tartibiga aytiladi. Albatta bunda tabiat va er bag’ri boyliklarini muhofazasi, tumaning sanoat va iqtisodiy xususiyatlari, qatlamning tabiiy imkoniyatlari va lozim bg’lsa sun’iy ta’sir etish usullarini qg’llash inobatga olinishi darkor.
SHuni alohida qayd etish lozimki, qirqinchi yillarning g’rtalaridan boshlab, ba’zi neft konlarida qatlamga suv haydash texnologiyasi ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Bular g’sha vaqtlarda Boshqirdiston va Tatariston neft konlari: Tg’ymaza, Romashkino, SHkapovo, Bovli va boshqalarda boshlandi (g’sha vaqtlarda Farg’ona vodiysidagi Xg’jaobod neft konining VIII gorizontida ham suv haydash qg’llangan edi), keyinchalik boshqa neft g’lkalarida ham qg’llanish kengaya boshladi. SHuni e’tiborga olish lozimki, suv haydash usuli bilan neft olinganda qazilgan umumiy quduqlar soni oddiy usuldagiga nisbatan anchagina kam bg’lib, olinadigan natija miqdori ancha ortiqligi ma’lum bg’lgan edi. Bu usul ayniqsa qovushqoqligi kam neftlarda yaxshi natija beradi. Lekin kollektorlik xossalari notekis bg’lgan va nefti ham quyuq bg’lgan hollarda ham qo’llangan usuldan olingan natija oddiy usuldagidan ikki marta ortiq bg’ladi.
Keyingi vaqtlarda dunyodagi neft qazib chiqaruvchi mamlakatlarda neft chiqarishda suv bostirishdan tashqari umuman yangi usullarni qg’llash ustida kg’plab ishlar olib borishmoqda. Bunda asosan neftni qatlam kovaklaridan yuvib chiqarish jarayoniga mos keladigan yangi fizik-kimyoviy xossalarga ega bg’lgan suyuqliklar qg’llashga harakat qilinmoqda. Ular aksariyat qimmatga tushadi, lekin qatlamda qolib ketadigan neftning miqdori anchagina kamayishi e’tiborga loyikdir.
Gaz konlarini qazib chiqarishda esa hozirgacha qatlamning g’zidagi tabiiy quvvatdan foydalanish asosiy maqsad bg’lib qolmokda. Lekin gazkondensat konlarini qazib chiqarish ishlariga alohida e’tibor berish taqozo qilinadi, chunki qatlam bosimi gazning suyuqlikka aylanish nuqtasiga tenglashgan holatda retrograd hodisasi tufayli kondensat ajralishi va u qatlamdagi quruq qumlarga singib ketishi sodir bg’lishi mumkin. Bunday holat kg’plab juda qimmatbaho mahsulot bg’lgan kondensatning yg’qolishiga sabab bg’lishi mumkin. SHuning uchun buning oldini olish hollarini iqtisodiy jihatdan asoslangan texnologiyagina hal qiladi va hamma e’tibor shunga qaratilishini taqozo etadi.
Uglevodorod konlarini qazib chiqarish tartibi asoslarini tanlashda texnologik holatni geologik nuqtai-nazardan asoslash kerak.
Buning uchun: 1) kg’p qatlamli konlarda ishlatish ob’ektlarini ajratish; 2) qatlamni tabiiy rejimda qazib chiqarish yoki unga sun’iy ta’sir etish usullari qg’llanishi lozimligini aniqlash; 3) agar unga sun’iy usul qg’llanadigan bg’lsa, qg’llaniladigan usulning oqilona namunasining tuzilishini, oluvchi va haydovchi quduqlarning joylashish g’rinlariii belgilash; 4) quduqlar zichligini belgilash; 5) ishlatish ob’ektidagi bosim gradientini belgilash; 6) qazib chiqarish jarayonini boshqarish va nazorat qilish tadbirlarining yig’indisini ma’qullash taqozo etiladi.
YUqorida keltirilgan moddalar bg’yicha ishlatish ob’ektining geologik holatini aks ettiruvchi hukmlar qabul qilnishi lozim. Bunda bir modda bg’yicha qabul qilingan holat boshqasiga aynan tg’g’ri kelmasligi mumkin, shuning uchun unday hollarda bir-biriga yaqin bg’lgan bir nechta kg’rinishlardagi holatni tavsiya etiladi. Xuddi shu maqsad uchun ham mutaxassislar gidrodinamik hisoblarni bir necha kg’rinishda ifoda etadilar va shular orasidan oqilona natija kg’rsatuvchisi joriyga qabul qilinadi. Albatta bunda yillik texnologik va iqtisodiy kg’rsatkich-lar bizga oqil nusxani tanlashda omil vazifasini g’tashi darkor.
Bunday vazifalarni bajarishda mamlakatimiz konlarini qazib chiqarish tajribasini umumlashtirgan bir qator olimlarimizning tajribasi shuni kg’rsatadiki, qazib chiqarishning texnik-iqtisodiy kg’rsatkichlariga asosiy ta’sir qiluvchi omillar ob’ektlarning geologik xususiyatlari ekanligi aniq. SHu bilan birga qazib chiqarish tartibini belgilashda qg’lga kiritilgan yutuqlar ba’zan geologik holatlarda mavjud bg’lgan kamchiliklarni ham tekislash imkonini berishi mumkin.
Ishlatish ob’ektlari va qazib chiqarishning oqilona namunalarini tuzish loyihalash iisharigacha tuzilgan xar bir uyumning geologik nusxasiga asoslanadi. Geologik nusxa esa bu sohada uyum uchun tuzilgan butun xarita va chizmalar, har xil kg’rsatkichlarni hamda ular orasidagi munosabatlarni bildiruvchi jadval va chizmalar, kg’rsatkichlardan tashkil topgan bg’ladi. Bular bilan birga uyumning xususiyatlarini kg’rsatuvchi ta’rif ham mavjud bg’lishi kerak.
CHizma ma’lumotlar orasida konning litologik - stratigrafik kesmasi, taqqoslashning mufassal sxemasi, ishlatish ob’ektining tektonik holatini kg’rsatuvchi struktura xaritasi uyumlarning chegarasi tushirilgan kollektor yuzasining xaritasi, neft-gazlar yotishini ifodalovchi ishlatish ob’ekti kesmasi, kollektorining taqsimlanish xaritasi umumiy qalinlik xaritasi, samarali qalinlik xarita va neft hamda gaz bilan shimilgan qalinlik xarita bg’lishi shartdir. Undan tanshqari suv neft va gaz-suv chegaralarini kg’rsatuvchi chizmalar, kollektorning tarqalish xaritasi, harorat xaritasi, g’tkazuvchanlik xaritasi va shu kabilar ham bg’lishi lozim.
G’ovaklik, g’tkazuvchanlik, neft-gazga tg’yinganlik kg’rsatkichlari, umumiy neft-gazga shimilganlik qalinliklar, qatlamdagi neft, gaz, kondensat va suvlarning xossalari raqam, hamda jadval kg’rinishida keltiriladi. Bularning hammasi qancha tadqiqot, nechta namuna asosida tuzilganligi albatta kg’rsatilishi shart, undan tashqari quduqlarning tadqiq soni ham shunga kiradi. Qatlamlarning notekisligi har xil ierarxik darajada: ob’ektning hamma qismi va umumiy kg’rsatkichlari g’rganilayotgan mezo, makro va meta darajalarda baholanadi.
Raqamli kg’rsatkichlarga qatlam g’tkazuvchanligining statistik qatorlari, qatlamning meta va makro xilma-xilligi, (kollektorlar bg’yicha xilma-xillik, qumlilik koeffitsienti va sh.k.) termobarik sharoitlar, qatlamdan siqib chiqarish sharoitining gidrodinamik natijalari va shu kabilar kiradi.
SHular qatori eng muhim raqamli kg’rsatkichlarga qatlamdan neft-gaz, kondensat zahiralari neftli maydon g’lchami (kengligi, uzunligi, balandligi) g’rta darajada g’lchanuvchi sof neftli, neft-suvli, gaz-neftli, neft-gazli, gaz-suvli zonalar kg’rsatiladi.
Undan tashqari neft-gazlar fizik xossalarining bosim va haroratga bog’liqligini kg’rsatuvchi chizmalar, ularni siqib chiqarishligining g’tkazuvchanlikka munosabati kabi kg’rsatkich-lar keltiriladi.
Geologik namunaning ta’rifini yozishda esa, geologik rejimlarning ta’rifi va uyumning geologo-fizik tavsilotlari, qazib chiqarish tartibini kg’rsatish uchun qabul qilingan texnologik kg’rsatkich va ulardan qutilishi mumkin bg’lgan natijalar keltiriladi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin