5-Ma’ruza
Mavzu:
Kriptografiyaning asosiy tushunchalari
Reja:
1.
Asosiy terminlar
2.
Kriptografiya bo‘limlari
3.
Kriptotizim, Kerkxofs prinsipi
4.
Kriptografiya
tarixi
5.
Kriptografik akslantirishlar
6.
Bir martali bloknot
Tayanch iboralar: kriptografiya, kriptotizim, kalit, kerkxofs prinsipi, simmetrik,
assimetrik, raqamli imzo, kodlash, shifrlash, deshifrlash, matn
Muhim
axborotni muayyan adresatga, boshqalarga bildirmasdan, uzatish
masalasini uchta usul yordamida hal etish mumkin:
-
adresatlar orasida axborotni uzatishning mutlaqo ishonchli yashirin kanalini
yaratish evaziga. Ammo, buni real sharoitlarda
amalga oshirish murakkab;
-
uzatish kanalini yoki trafikni niqoblash orqali uzatish faktining o‘zini
berkitish evaziga;
-
axborotni shunday o‘zgartirish lozimki, uni faqat qonuniy qabul qiluvchi
tiklay olishi mumkinligi evaziga.
Aynan uchinchi variant kriptografiyani o‘rganish predmetini tashkil etadi.
Hozirda kriptografiya doirasida yechiladigan masalalarga quyidagilar taalluqli:
-
axborotning konfidensialligini ta’minlash;
-
axborotning yaxlitligini ta’minlash;
-
autentifikatsiya usullarini amalga oshirish;
-
harakatni rad qila olmaslikni ta’minlash.
Konfidensiallik xususiyati simmetrik va ochiq kalitli (assimmetrik)
kriptotizimlar evaziga ta’minlanadi. Yaxlitlik xususiyati
kriptografik xesh
funksiyalar va raqamli imzolardan foydalanib amalga oshiriladi. Autentifikatsiya
qismtizimi turli kriptografik primitivlar (cryptographic primitives) asosida amalga
oshirilishi mumkin. Harakatni rad qilaolmaslik xususiyati xabar oluvchining, xabar
jo‘natuvchisining oldin jo‘natgan xabar muallifligidan tonishiga urinishidan,
himoyalanishini tavsiflaydi. Ushbu xususiyat faqat
ochiq kalitli kriptografiya
vositalari yordamida ta’minlanadi.
Kriptografiyaning yuqorida qayd etilgan masalalari qator kriptografik
primitivlardan foydalanib amalga oshiriladi:
-
simmetrik kriptotizimlar;
-
ochiq kalitli kriptotizimlar;
-
kriptografik xesh funksiyalar;
-
raqamli imzolar;
-
raqamli sertifikatlar.
Quyida keyingi bayonlarda ishlatiluvchi asosiy atamalarga oydinlik kiritiladi.
Alfavi
t deganda axborotni ifodalashda ishlatiluvchi bilgilarning chekli
to‘plami tushuniladi. Zamonaviy kriptotizimlarda ko‘pincha atigi ikkita simvoldan
(0, 1) iborat ikkili alfavit ishlatiladi.
Shuningdek, o‘ttiz oltita belgidan (harfdan)
iborat o‘zbek tili alfavitini, o‘ttiz ikkita belgidan (harfdan) iborat rus tili alfavitini,
yigirma sakkizta belgidan (harfdan) iborat lotin alfavitini, ikki yuzi ellik oltita
belgidan iborat ASSII kompyuter belgilarining alfavitini ham misol sifatida keltirish
mumkin.
Matn yoki xabar
- alfavit elementlaridan tartiblangan nabor. Ochiq matn
(plaintext) - shifrlashga atalgan dastlabki xabar. Shifrmatn (cipher text) - ochiq
matnni shifrlash natijasi.