kelganida yana oddiy matn ko‘rinishiga qaytariladi. Umumiy holda ma’lumotni
shifrlashdan asosiy maqsad (simmetrik yoki ochiq kalitli kriptografik tizimlar
asosida - farqi yo‘q) - ma’lumotni maxfiyligini qolganlardan sir tutish.
Kriptografiyaning
tarixi.
Ma’lumotlarni
shifrlashning
dastlabki
ko‘rinishlaridan ming yillar avval foydalanib kelingan. Yaqin o‘n yilliklarga qadar
foydalanilgan shifrlar klassik shifrlar deb atalgan. Kriptografiyani fan sifatida
taraqqiy etishini aksariyat adabiyotlarda bir necha davrlarga ajratib, turli
yondashuvlarga asoslanib o‘rganilgan. Masalan, ba’zi manbalarda hisoblash
qurilmalari yaratilgunga qadar foydalanilgan shifrlar - klassik shifrlar davriga
tegishli deb olingan. Undan keyingi davr esa zamonaviy shifrlar davri deb yuritiladi.
Biroq, hisoblash qurilmalari yaratilgunga qadar bo‘lgan davr juda uzoq bo‘lgani
bois, ularni ham qismdavrlarga ajratish muhim ahamiyat kasb etgan. Shuning uchun,
kriptologiyani fan sifatida shakllanishini quyidagi davrlarga ajratish mumkin:
1.
Qadimiy davr
(qadimiy davr klassik shifrlari). Ushbu davrda klassik shifrlar
asosan bir alfavitli o‘rniga qo‘yish va o‘rin almashtirish akslantirishlariga
asoslangan. Masalan, Sezar, Polibiya kvadrati usullari.
2.
O ‘rta davr
(o ‘rta davr klassik shifrlari). Ushbu davrda shifrlar asosan ko‘p
alfavitli o‘rnigaqo‘yishga asoslangan bo‘lib, ularga Vijiner, Atbash
usullarini misol sifatida keltirish mumkin. Ushbu davrdagi shifrlarning,
birinchi davr shifrlariga qaraganda, bardoshligi yuqori bo‘lgan.
3.
1 va 2 - jaxon urushlari davri
(1 va 2- jahon urushlari davridagi klassik
shifrlar). Ushbu davr kriptotizimlari asosan elektromexanikaga asoslangan
bo‘lib, radioto‘lqin orqali shifrmatnni uzatish (Morze alifbosi) amalga
oshirilgan. Mazkur davrga oid shifrlash usullariga Zimmermann
telegrammi, Enigma shifri, SIGABA mashinalarini misol sifatida keltirish
mumkin.
4.
Kompyuter davri (zamonaviy shifrlar).
Ushbu davr shifrlari hisoblash
qurilmalariga mo‘ljallangan bo‘lib, yuqori xavfsizlik darajasiga ega.
Zamonaviy shifrlarga misol sifatida DES, AES, ГОСТ P 28147-89, IDEA,
A5/1, RC4 (barchasi simmetrik) va RSA, El-Gamal (ochiq kalitli)larni
keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: