5-Ma’ruza Mavzu: Kriptografiyaning asosiy tushunchalari Reja


Shifrlash  (encryption, enciphering)-ochiq matnni shifrmatnga o‘zgartirish  jarayoni.  Rasshifrovkalash



Yüklə 295,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix20.09.2023
ölçüsü295,98 Kb.
#146014
1   2   3   4   5
5-Mavzu.Kriptografiyaning asosiy tushunchalari

Shifrlash 
(encryption, enciphering)-ochiq matnni shifrmatnga o‘zgartirish 
jarayoni. 
Rasshifrovkalash 
(decryption, deciphering)-shifrmatnni ochiq matnga 
o‘zgartiruvchi teskari jarayon. 
Deshifrlash 
(breaking)-kalitni bilmasdan turib shifrmatn bo‘yicha ochiq 
matnni tiklash jarayoni. 
Rasshifrovkalash bilan deshifrlash orasidagi tafovutga e’tibor qarataylik: agar 
rasshifrovkalash kriptografik algoritmdan foydalanilganda standart shtatli muolaja 
hisoblansa, deshifrlash, ko‘proq kriptotahlilga taalluqli, kriptotizimni buzishdir. 
“Shifrlash” umumiy atamasi shifrlash va rasshifrovkalash jarayonini bildiradi. 
Kriptotizimlarni buzish usullari kriptotahlil (cryptanalysis)ni o‘rganish 
predmeti hisoblanadi. Kriptografiya va kriptotahlil uzviy bog‘langanliklari sababli, 
ularni ko‘pincha birgalikda yagona fan - kriptologiya (cryptology) (kryptos - mahfiy, 
logos- ilm) sifatida qabul qilinadi. 
Kriptotizim 
(cryptosystem) - ochiq matnni, har biri mos algoritm va kalit 
orqali aniqlanuvchi, shifrmatnga qaytariluvchan o‘zgartirishlar oilasi. 


Kalit
(key), yoki kriptoo‘zgaruvchi (cryptovariable) - o‘zgartirishlar oilasidan 
birini tanlashni ta’minlovchi kriptografik algoritmning qandaydir parametrlarining 
muayyan qiymati. 
Kriptotizimning “qora quti” sifatidagi ko‘rinishi 5.1 - rasmda keltirilgan. 
5.1-rasm. Kriptotizimning “qora quti”sifatidagi ko‘rinishi 
Kriptotizimni ikki tarkibli algoritm va kalitdan iborat ekanligiga asoslangan 
holda 
Kerkgoff prinsipi
ni eslatib o‘tish lozim. Ushbu prinsipga binoan faqat kalit 
sir saqlanishi, shifrlash algoritmi esa ochiq bo‘lishi lozim. Bu degani, agar niyati 
buzuq algoritmni bilgan taqdirda ham tizim obro‘sizlanmaydi. Kalitni esa 
almashtirish mumkin. Klod Shennon ushbu prinsipni “Dushman tizimni biladi” deb 
ta’riflagan. 
Aksariyat hollarda foydalanuvchilar ma’lumotni shifrlash va kodlash 
tushunchalarini bir xil deb tushunishadi. Aslida ular turlicha tushunchalardir.
Kodlash
- ma’lumotlarni osongina asliga qaytarish uchun hammaga (hattoki 
hujumchiga ham) ochiq bo‘lgan sxema yordamida ma’lumotlarni boshqa formatga 
o‘zgartirish. Kodlash ma’lumotlardan foydalanish qulayligini ta’minlash uchun 
amalga oshiriladi va hamma uchun ochiq bo‘lgan sxemalardan foydalanadi. 

Yüklə 295,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin