5-mavzu: Bilish falsafasi (Gnoseologiya) reja: 1



Yüklə 210,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix21.10.2023
ölçüsü210,58 Kb.
#158940
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
5-mavzu Bilish falsafasi (Gnoseologiya) reja 1

Intuitsiya
– haqiqatni mantiqiy dalillar yordamisiz, bevosita anglab etish qobiliyatidir. U 
doim inson aqli va joni birgalikda amalga oshirgan katta ish mahsuli hisoblanadi. SHu ma’noda 
faqat iste’dodli, mehnatkash va tirishqoq odamlargina intuitiv bilishga qodir. Intuitsiya 
muammosi falsafa va tabiatshunoslik tarixida har xil, ba’zan bir-birini istisno etuvchi 
yondashuvlar, nuqtai nazarlar va tasavvurlar bilan tavsiflanadi. Antik falsafadayoq bu muammo 
atrofida keskin bahslar bo‘lgan. Ioniya falsafasi namoyandalari intuitsiyaga bevosita bilim, sezgi 
a’zolari orqali bilish shakli deb qaragan bo‘lsalar, eley maktabi vakillari, shuningdek, Levkipp va 


Demokrit bevosita bilim va sezgi a’zolari orqali bilishni rad etganlar, sezgilarni soxta deb e’lon 
qilganlar. Suqrot talqinida intuitsiya «daymoniy» yoki «predmet g‘oyasiga egalik»dir. Platon 
ham hissiy bilishni haqiqat emas deb hisoblagan. 
Hissiy, empirik va nazariy bilish birligi.
Ko‘p sonli ma’lumotlar sezgi a’zolari orqali va 
oqilona bilish nafaqat bir-biri bilan bog‘liq, balki bir-birini taqozo etishidan dalolat beradi. Inson 
ruhiyati bir-birini belgilashning ko‘p sonli zanjirlariga ega bo‘lgan murakkab tizimidir. SHu 
sababli, sezgining mazmuni nafaqat tashqi ta’sirlantiruvchi kuch, balki tafakkur, xotira, 
xayolning holati bilan ham belgilanadi. Sezish va tafakkur mumkin bo‘lgan narsalar o‘zaro 
mushtarakdir.
Bilishning empirik va nazariy darajalarini farqlash mezonlari. 
Nazariy va empirik 
narsalar va hodisalar muammosi xususida juda ko‘p metodologik adabiyotlar mavjud. Bilishning 
bu darajalarida XX asrning 30-yillarida pozitivizm ta’limotida fan tilini tahlil qilish natijasida 
empirik va nazariy atamalar ma’nosidagi farqlar aniqlangan. Bu farq tadqiqot vositalariga ham 
taalluqli. Biroq, bundan tashqari, tadqiqot predmetining xususiyati va uni o‘rganish 
metodlarining har xilligini e’tiborga olib, ilmiy bilishning ikki darajasini ham farqlash mumkin. 
Bu farqlarni mufassalroq ko‘rib chiqamiz. Nazariy va empirik tadqiqot vositalarining o‘ziga xos 
xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 210,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin