narsaning in’ikosi narsaning o‘ziga mos tushgan holda haqiqiy bo‘lishi mumkin
1
, deb
ta’kidlaydi.
Forobiyning bilishda va umuman hissiy idrok etishda sezgilarning roli haqidagi qarashlari
Aristotelning «sezmaydigan odam hech narsani bilmaydi va tushunmaydi», degan fikriga juda
o‘xshash. Insonning hayvondan farqi shundaki, u aql va sezgilar yordamida bilimlarni
o‘zlashtirishga qodir. «Aql kuchi» borliq narsalarining fikriy in’ikosini o‘zida gavdalantiradi.
Dunyoviy hodisalarning mohiyati va sabablarini bilgan aql osmon jismlari va ularning
shakllarini bilishga harakat qiladi. Shu oxirgi bosqichda insonga ta’sir ko‘rsatuvchi koinot aql
bilan birikadi va boqiylik xususiyatini kasb etadi. Aql dunyoning yaralish bosqichlari sifatida
inson va birinchi sabab o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi, birinchi sabab esa, o‘z
navbatida, aqlga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Harakatlanuvchi aql jon bilan ruh orqali bog‘lanadi,
jon inson tanasidan o‘rin oladi, shunday qilib, nodunyoviy hayot jihatlari insonga o‘tadi va
pirovardida inson mohiyati, bilimlari – uning aqli boqiylik xususiyatini kasb etadi.
Idrok.
Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi predmetlar, ularning xossalari va
munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi. Insonning idrok etishi
narsalar, ularning xossalari va munosabatlarini tushunish va anglab etishni o‘z ichiga oladi.
Bunda inson o‘zining har bir yangi taassurotini mavjud bilimlar tizimiga kiritadi. Sezish va idrok
etish inson tashqi dunyoga amaliy ta’sir ko‘rsatishi jarayonida, mehnatda, sezgi a’zolari faol
ishlashi natijasida amalga oshadi va rivojlanadi; masalan,harakatsiz ko‘z narsalar rangini
farqlashga qodir emas. Organizmning makroskopik, yaxlit narsalar va jarayonlar olamida mo‘ljal
olishga bo‘lgan ehtiyoji bizning sezgi a’zolarimizni shunday tashkil qilganki, biz narsalarni
yaxlit holda idrok etamiz. Aks holda hamma narsa harakatlanayotgan zarralar, molekulalar
pardasiga aylangan va biz narsalarlarning chegaralarini ko‘rmagan bo‘lur edik. Ko‘rish a’zosi
organizm hayotida muhim rol o‘ynaydigan borliqdagi yorug‘lik hodisalarini mumkin qadar
yaxshiroq aks ettirish yo‘nalishida rivojlangan. Shu sababli ko‘z tabiatda mavjud yorug‘lik
ta’sirida yorug‘likni qabul qilish, quloq – ovoz tebranishlarini farqlash uchun moslashgan va
hokazo. Sezgi a’zolarining o‘ziga xosligi, «fiziologik» idealistlar fikridan farqli, tashqi dunyoni
to‘g‘ri bilishga nafaqat monelik qilmaydi, balki, aksincha, narsalarning ob’ektiv xossalari
aniqroq va to‘liqroq aks etishini ta’minlaydi.
Xotira
o‘tmish va hozirgi zamonni birlashtiradi, ularning bir-biriga o‘tishini ta’minlaydi.
«Tovushlar va so‘zlar soni ko‘paygandan keyin, odamga uning xotirasi yordamga keladi...
Yozuv ham xotira bilan birga inson imkoniyatlarini oshiradi»
2
. Agar obrazlar miyada unga
predmet ta’sir ko‘rsatgan paytda paydo bo‘lib, bu ta’sir to‘xtaganidan keyin darhol g‘oyib
bo‘lganida, inson narsalarni har safar mutlaqo notanish narsalar sifatida qabul qilgan, u mazkur
narsalarni tanimagan, demak, ularni anglamagan bo‘lar edi. Biror narsani anglash uchun aqlning
ishlashi hozirgi holatni oldingi holat bilan taqqoslashi talab etiladi. Tashqi ta’sirlarning idrok
etilishi va ularning vaqtda saqlanishi natijasida xotirada tasavvurlar uyg‘onadi.
Dostları ilə paylaş: