Mantiqiy bilish darajasi va uning shakllari. Inson hamisha nimalar haqidadir o‘ylaydi.
O‘ysiz holat ham, psixologlar fikriga ko‘ra, amalda hech bo‘lmasa hech narsa haqida
o‘ylamaslikni o‘ylash holatidir. Bilishning dialektik yo‘li sezgi a’zolari orqali bilish, dalillarni
aniqlashdan mantiqiy tafakkur sari olib boradi. Tafakkur – bu insonning narsalar muhim
xossalari va munosabatlarini izchil, bilvosita va umumiy aks ettirishidir. Ijodiy tafakkurlash
amaliyot, fan, texnikada yangi natijalar olishga qaratiladi. Tafakkurlash muammolar qo‘yish va
ularni echishga qaratilgan faol jarayon. Tirishqoqlik –fikrlayotgan odamning muhim belgisi.
Sezgidan fikrga o‘tish zamirida bilish ob’ektining ichki va tashqi mohiyatning ifodasi, ayrim va
umumiyga bo‘linishi yotadi. Zotan, ilmiy va falsafiy bilim faqat sezgi va tasavvurlardan iborat
emas: sezgi idroki naqadar go‘zal bo‘lmasin, mazmunan qashshoqdir – u narsaning mohiyatini
yoritmaydi.
Tafakkur va borliqning birligi. Tafakkur bilan borliq o‘rtasida bir-lik mav jud. Tafakkur
va borliqning birligi zamirida mantiqiy shakllar va tafakkur qonun larini shakllantiruvchi
ijtimoiy amaliyot yotadi. Dunyo rivojlanishining ob’ektiv umumiy qonuniyatlaridan mantiqiy
qonuniyatlarning farqi shundaki, inson mantiqiy qonuniyatlarni ongli ravishda qo‘llashi mum-
kin, tabiatda esa dunyoning rivojlanish qonuniyatlari o‘ziga ongsiz tarzda yo‘l ochadi.
Tafakkurning asosiy shakllari. Tafakkur jarayonining oqilona mazmuni tarixiy
rivojlanish jarayonida yaratilgan mantiqiy shakllar qobig‘iga o‘raladi. Tafakkur o‘zining asosiy
shakllari tushunchalar, mulohazalar va xulosalar ko‘rinishida yuzaga kelgan, rivojlanmoqda va
amalga oshirilmoqda.
Tushuncha – narsalar va hodisalarning umumiy, muhim xossa va aloqalari aks etuvchi
fikr.
Tushuncha – tafakkur, tushunish faoliyatining mahsuli. Ular nafaqat narsalar va
hodisalarning umumiy jihatlarini aks ettiradi, balki ularni bir-biridan ajratadi, ular o‘rtasida
mavjud farqlarga qarab ularni guruhlaydi, tasniflaydi. Bundan tashqari, biz biror narsa haqida
tushunchaga egaekanligimizni ta’kidlar ekanmiz, bunda mazkur ob’ektning mohiyatini
tushunishimizni nazarda tutamiz. Masalan, «inson» tushunchasi nafaqat muhim umumiy, ya’ni
barcha odamlarga xos bo‘lgan jihatni, balki har qanday odamning boshqa har qanday narsalardan
farqini ham aks ettiradi, mazkur odamning mohiyatini tushunish esa, umuman insonning
mohiyati, ya’ni inson haqidagi tushunchaning mazmunini bilishni nazarda tutadi: «Inson – aql,
so‘zlashish va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan bioijtimoiy mavjudot». Sezgi, idrok va
tasavvurlardan farqli o‘laroq, tushunchalar ko‘rgazmalilik yoki hissiylikdan xolidir. Idrok
daraxtlarni, tushuncha – umuman daraxtni aks ettiradi. Tushunchaning mazmunini ko‘pincha
aniq obraz ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin emas. Inson, masalan, yaxshi odamni tasavvur
qilishi mumkin, biroq u yaxshilik, yomonlik, go‘zallik, qonun, yorug‘lik tezligi, sabab, qiymat
kabi tushunchalar va jarayonlarni sezgi obrazi ko‘rinishida tasavvur qila olmaydi. Har qanday
3
Эйнштейн А. Физика в жизни моего поколения. –М.: 1963 г. с. 89
fanning barcha tushunchalari haqida shu fikrni aytish mumkin. Ularning ob’ektiv ta’rifi
ko‘rgazmalilik chegaralaridan tashqarida bilvosita aniqlanadi.