Xayol insonning muhim xossasi. Xayol kuchi tajribada (ongda) mavjud obrazlarni nafaqat qayta
chaqiradi, balki ularni bir-biri bilan bog‘laydi va shu tariqa ularni umumiy tasavvurlar darajasiga
ko‘taradi.
Empirik bilim va uning shakllari.
Empirik bilim mavjud narsaning bevosita emas, balki
bilvosita in’ikosi. Masalan, olim o‘zi ko‘rmayotgan tegishli ob’ektning
holati haqida unga
axborot berayotgan asbob ko‘rsatkichi yoki elektro-kardiogrammaning elektr chizig‘ini ko‘radi.
Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil asbob lardan foydalanish bilan bog‘liq; u
kuzatish, kuzatilayotgan narsa yoki hodisani tavsiflash,
bayonnomalar yuritish, hujjatlardan
foydalanishni
nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa manbalar bilan ishlaydi.
Xullas, bu oddiy sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir.
Kuzatish
– bilish ob’ektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash maqsadida
ataylab amalga oshiriladigan izchil idrok etishdir. Kuzatish maqsadini belgilash, uning usullarini
aniqlash, o‘rganilayotgan ob’ekt xulq-atvorini nazorat
qilishning rejasini tuzish, asboblardan
foydalanish kabilar kuzatishning muhim xususiyatlaridir. Kuzatishlarning natijalari bizga borliq
haqida ilmiy dalillar ko‘rinishida dastlabki axborot beradi.Kuzatish
bevosita yoki bilvosita,
masalan, mikroskop yordamida bo‘lishi mumkin. Hozirda elektron mikroskop yordamida
molekulalarni vizual kuzatish mumkin. Kuzatish – bu faoliyatning muayyan ob’ektlarga
qaratilgan maqsadlar va vazifalarni ta’riflashni nazarda tutadigan faoliyat shakli.
Biron-bir
narsani bilishni xohlagan har qanday odam o‘z ko‘zlarini kuzatuvchanlikka o‘rgatishi lozim.
Dostları ilə paylaş: