5-mavzu: Bilish falsafasi (Gnoseologiya) reja: 1



Yüklə 210,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix21.10.2023
ölçüsü210,58 Kb.
#158940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
5-mavzu Bilish falsafasi (Gnoseologiya) reja 1

Bilim shakllari
– Inson o‘zini qurshagan olamni anglab etadi, uni har xil usullar 
yordamida o‘zlashtiradi. Bu usullardan ikkita eng muhimini qayd etish mumkin. Birinchi – 
moddiytexnikaviy usul – tirikchilik vositalarini ishlab chiqarish, mehnat, amaliyot. Ikkinchi – 
ma’naviy (ideal) usul; uning doirasida sub’ekt va ob’ektning bilishga doir munosabatlari ular 
o‘rtasidagi ko‘p sonli munosabatlarning biridir. O‘z navbatida, bilish jarayoni va unda olinadigan 
bilimlar amaliyot va bilishning tarixiy rivojlanishi mobaynida tabaqalanadi va o‘zining har xil 
shakllarida mujassamlashadi. Bilishning bu shakllari, garchi o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, lekin bir-
biriga o‘xshamaydi va har bir-biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 
Kundalik amaliy bilim
. Tabiat haqida, shuningdek, odamlarning o‘zlari,ularning yashash 
sharoiti, ijtimoiy aloqalari va hokazolar to‘g‘risida elementlar bilimlar beruvchi kundalik amaliy 
bilimlar bilishning tarixan eng birinchi shakli hisoblanadi. Bilishning bu shakli kundalik hayot, 
odamlar amaliy tajribasidan kelib chiqqan. Shu asosda olingan bilimlar garchi mustahkam 
bo‘lsada, biroq tartibsiz, tarqoq xususiyatga ega bo‘ladi, ma’lumotlar, qoidalar va shu 
kabilarning oddiy majmuini tashkil etadi. Kundalik bilish sohasi juda rang-barang. U sog‘lom 
fikr, e’tiqodlar, belgialomatlar, shaxsiy tajribadan chiqarilgan dastlabki xulosalar, ularning 
an’analar, rivoyatlar, o‘gitlar va hokazolarda ifodalangan ko‘rinishlari, intuitiv ishonch, sezgilar 
va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. 
O‘yin vositasidagi bilim
nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatining ham muhim unsuri 
hisoblanadi. O‘yin jarayonida shaxs qizg‘in bilish faoliyatini amalga oshiradi, bilimlarning katta 
hajmini o‘zlashtiradi, madaniy boylik – ishga doir o‘yinlar, sport o‘yinlari, aktyorlarning 
o‘yinlari va shu kabilarni qon-qoniga singdiradi. O‘yin bolalarning qiziquvchanligini qondirish, 
ularning ma’naviy dunyosi va ma’lum bilimlari, o‘zaro til topish ko‘nikmalari va shu kabilarni 
shakllantirishda muhim ijtimoiy rol o‘ynaydi. Hozirgi zamonda o‘yin tushunchasidan 
matematika, iqtisodiyot, kibernetika va boshqa fanlarda keng foydalanilmoqda.

Yüklə 210,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin