bilishning o‘ziga xos xususiyatlaridir. Borliqni anglab
etish usuli sifatida mif inson, jamiyat,
dunyoni modellashtiradi, tasniflaydi va talqin qiladi.
Diniy bilim
insoniyat to‘plagan tajribaga tayanib, inson hayotining muhim ko‘rinishlari,
chunonchi: oila va turmushdagi xulq-atvor, axloqiy qoidalar, mehnat, tabiat, jamiyat va davlatga
munosabatni tartibga soladi. Dinning asosiy vazifasi – inson hayoti,
tabiat va jamiyat
borlig‘ining mazmunini aniqlashdan iborat. Din universumning pirovard mazmunlari haqidagi
o‘z tasavvurini asoslab, dunyo va insoniyatning birligini tushunishga ko‘maklashadi.U inson
hayotini o‘zgartirishga qodir bo‘lgan haqiqatlar tizimidan iborat. Diniy ta’limotlarning o‘ziga
xos
xususiyati shundan iboratki, ular jamoa tajribasini ifodalaydi va shu bois nafaqat har bir
dindor odam, balki dinga sig‘inmaydiganlar uchun ham qadrlidir. Diniy ta’limotlarning vazifasi
Xudo bormi, uni qanday qilib bilish mumkin, umuman, Xudoni bilish mumkinmi,
degan
savollarga javob berishdan iborat. Din o‘z dunyoqarashini Muqaddas Kitob matnlarida,
shuningdek, diniy rasm-rusum va urf-odatlarda ifoda etadi. Diniy rasmrusumlarning bir unsuri
ramziy ahamiyatga egadir. Diniy ramzlar g‘oya va obraz muvozanatini o‘zida
mujassamlashtiradi. Meditatsiya – o‘z tafakkurini bir ob’ektga qaratish, inson e’tiborini
chalg‘ituvchi barcha begona omillarni chetga chiqarish yo‘li
bilan fikr yuritish, narsa, g‘oya,
dunyoni idrok etishdir. Dinda meditatsiya shaxsiy ongning Absolyut bilan birikuvini anglatadi.
Falsafiy bilim.
Falsafa san’at va din kabi, bilish vazifalarini echish bilangina kifoyalanmaydi.
Uning bosh vazifasi san’at va din bilan uyg‘un holda–insonning dunyoda ma’naviy mo‘ljal
olishiga ko‘maklashishdan iborat. Falsafiy bilish ayni shu maqsadga bo‘ysundirilgan.
Ilmiy bilim.
Bilishning eng oliy shakli fandir. Ayrim fanlarning vakillari fanni ta’riflar
ekanlar, uni muayyan tadqiqotlar sohasi bilan bog‘laydilar. Ilmiy bilim boshqa bilim turlaridan
o‘zining aniqligi bilan ajralib turadi. Ilmiy bilim, ma’naviy ishlab chiqarishning barcha shakllari
kabi, pirovardida inson faoliyatini tartibga solish uchun zarur. Bilishning har xil turlari bu
vazifani turlicha bajaradi va mazkur farqning tahlili ilmiy bilimning o‘ziga xos xususiyatlarini
aniqlashning birinchi va muhim sharti hisoblanadi.
Ijtimoiy bilim
, asosan, o‘zi o‘rganayotgan borliqning sifat
tomonini tavsiflashga qarab
mo‘ljal oladi. Bu erda hodisalar va jarayonlar miqdor va umumiylik nuqtai nazaridan emas, balki
sifat va xususiylik nuqtai nazaridan o‘rganiladi. SHu sababli miqdor metodlarining ulushi, bu
erda, tabiiy-matematik siklga mansub fanlarga qaraganda kamroq. Biroq, bilimning
matematikalashuvi, kompyuterlashuvi jarayonlari bu erda ham tobora kengroq tus olib
bormoqda.
Dostları ilə paylaş: