Yuridik shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq stavksining kamayishi
natijasida 2000-2016 yillarda u bo`yicha tushumlarlarning to`g`ri soliqlar
tarkibidagi ulushi kamayishi kuzatildi va 12,5%ni tashkil qildi.
Soliq shkalalari bo`yicha soliq stavkalari kamayishiga qaramasdan jismoniy
shaxslar daromadidan olinadigan soliqlarning ko`payib borayotganligi soliq bazasi,
ya‘ni aholi daromadlari ortib borayotganligidan dalolat beradi. 2011-2016 yillarda
ijtimoiy infratuzilma solig`i ulushining ortishi hisobiga jismoniy shaxslar daromad
solig`inig to`g`ri soliqlar tushumidagi ulushi qisqardi.
To`g`ri soliqlar stavkalarining pasaytirilishiga qaramasdan soliq bazasining
kengayishi hisobiga bu soliqlar tushumining mutlaq miqdori oshib borishi, to`g`ri
soliqlardagi ulushi esa 2012-2016 yillarda deyarli barqaror bo`lib qolayotganligini
ta‘kidlash mumkin, xususan, 2016 yilda budjet daromalari tarkibida to‘g‘ri
soliqlarning ulushi 24,0 % ni tashkil etdi. Bunday baqarorlik 2012-2016 yillarda
yagona soliq to`loviga ham tegishlidir. Soliq to`lovchilar soni ortishi, soliq
bazasining kengayishi yagona soliq stavkasinig pasayishiga qaramasdan uning
mutlaq miqdori ortib borishiga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: