Davlat budjeti xarajatlarining tarkibidagi ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlari
yil sayin oshib borgan. Keyingi 5 yil mobaynida jami budjet xarajatlarining tarkibida
ijtimoiy sohaga qilinayotgan xarajatlar 2012 yilda 58,3%dan 2016 yilda 58,9%
gacha o`sib borgan. Ushbu holat o`z navbatida, jahondagi barcha davlatlar orasida
eng yuqori ko`rsatkichni tashkil etadiki, o`z navbatida Respublikamizda izchil
amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarning uzoq, strategik ahamiyatga ega
ekanligidan dalolatdir. shuningdek, ushbu xarajatlarning o`sib borishi bilan birga
ular davlat budjeti xarajtlari tarkibida eng yuqori salmoqni tashkil etmoqda.
Davlat budjeti ijrosining g`aznachilik tizimini joriy etilishi natijasida keyingi
yillarda davlat budjeti pofitsit bilan ijro etilmoqda. Bunda rejalashtirilgan budjet
xarajatlarini manzilli va maqsadli sarflanishini ta‘minlanishi natijasida
xarajatlarning maksimal iqtisod qilinishi ta‘minlanmoqda.
Dostları ilə paylaş: