5 mavzu. Davlat budjeti, soliqlar va davlat qarzi (2 soat) Reja: Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari



Yüklə 468,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/25
tarix13.05.2023
ölçüsü468,22 Kb.
#113160
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
4 мавзу макро

5.2-MAVZU: BUDJET- SOLIQ SIYOSATI 
(2 soat) 
Reja: 
1.Budjet –soliq siyosatining mohiyati va usullari.
2.Davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan budjet multiplikatorlari.
3.Diskret va nodiskret fiskal siyosat. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi. 
4.O`zbekiston Respublikasi budjet-soliq siyosatining xususiyatlari va uni 
takomillashtirish yo`nalishlar.
 
 
Tayanch so’z va iboralar: davlat byudjeti, davlat qarzi, davlat byudjetining 
taqsimlash funktsiyasi, byudjet tizimi, davlat byudjetining xarajatlari, byudjetdan 
moliyalashtirish

1.Budjet –soliq siyosatining mohiyati va usullari. 
  
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish 
hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat vositalari qatori fiskal 
siyosat orqali ham erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, budjet-soliq siyosati deb 
ham aytiladi.
Budjet-soliq siyosati deganda noinflatsion YaIM ishlab chiqarish 
sharoitida iqtisodiyotda to`liq bandlilikni, to`lov balansining muvozanatini va 
iqtisodiy o`sishni ta‘minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini 
o`zgartirishni o`z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi.  
Iqtisodiyot turg`unlik yoki pasayish davrida bo`lgan vaziyatlarda davlat 
tomonidan rag`batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya‘ni, 
davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini 
oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o`zida olib borish 
evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo`lishi va soliqlarni 
kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o`sishiga va natijada, iqtisodiy 
salohiyatning ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank 
tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat 
xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. 
Iqtisodiyotda to`liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflatsiya kelib chiqishi 
mumkin bo`lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriksiya olib 
boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki 
soliqlarni (T) oshirish yoki bo`lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali 
iqtisodiyotning davriy o`sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda 
ushbu tadbirlar talab inflatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori 
soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning 
iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz 
foydalanish qo`shimcha turtki bo`lishi mumkin.



Yüklə 468,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin