5.3. -MAVZU: PUL BOZORIDA MUVOZANAT
(2 soat)
Reja:
1. Pul tushunchasi va uning funksiyalari. Pul agregatlari.
2. Pulga talabning klassik nazariyasi.
3. Pulga talabning keynscha nazariyasi.
4. Pul taklifi. Bank multiplikatori.
5. Pul taklifining kengaytirilgan modeli pul multiplikatori.
6. Pul bozorida muvozanat.
1. Pul tushunchasi va uning funksiyalari. Pul agregatlari
Pul – iqtisodiyot sub‘ektlari mulkining bir turi bo`lib, mulkning boshqa
turlaridan ikki xususiyatiga ko`ra farq qilad:
birinchidan, pul yuqori likvidliliklar,
ya‘ni
qisqa muddatda, sezilarsiz sarf - xarajatlar bilan boshqa buyumga
ayirboshlanish
qobiliyatiga ega; ikkinchidan baholar o`zgarmas bo`lgan sharoitda
pul yoki hech
qanday daromad keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi
boshqa mulk turlarinikidan ancha kam. Shunga qaramasdan
kishilar nima uchun
mulk sifatida pulga egalik qilishga harakat qiladilar? Bu savolga javobni pulning
funksiyalaridan topamiz.
Odatda pulning uch asosiy funksiyasi mavjud deb qaraladi.
Bular :
1) to`lov vositasi (almashinuv vositasi); qiymat o`lchovi vositasi,.
Dostları ilə paylaş: